Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


-jadval. Bolalar sportining rivojlanishi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
11-jadval. Bolalar sportining rivojlanishi 
 
Ko’rsatkichlar 
1990 yil 2000 yil 
2010 yil 
2012 yil 
Bolalar sporti maskanlari soni 
1825 
2783 
5980 
6190 
 


84 
12-jadval. Oliy ta’limning rivojlanish ko’rsatkichlari 
 
Ko’rsatkichlar 
1990-1991 
o’quv yili 
2000-2001 
o’quv yili 
2010-2011 
o’quv yili 
2012-2013 
o’quv yili 
Oliy o‘quv yurtlari soni 
37 
60 
66 
66 
Xorijiy oliy o‘quv yurtlari 
filiallari 
– 



Shu bilan birga, amaldagi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar 
tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
doirasida amalga oshirilayotgan ta‘lim tizimidagi o‘zgarishlarning mantiqiy davomi 
sifatida tubdan isloh qilishning ob‘ektiv zarurati bugungi kunda yaqqol namoyon 
bo‘ldi. Ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning amaldagi ikki bosqichli tizimi 
(fan nomzodi va fan doktori) rivojlangan demokratik davlatlarda qabul qilingan oliy 
malakali ilmiy kadrlar tayyorlashning zamonaviy, xalqaro tan olingan talablariga mos 
kelmaydi.
Bugungi kunda amal qilayotgan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog 
kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi ta‘lim jarayoni bakalavriat va magistratura 
standartlariga o‘tkazilganidan so‘ng nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish 
mohiyatan ortiqcha ekanini ko‘rsatmoqda hamda fan doktori ilmiy darajasini olish 
uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri dissertatsiya himoya qilishni nazarda tutadigan oliy o‘quv 
yurtidan keyingi ta‘limning bir bosqichli tizimini joriy qilish zarurligini taqozo etdi.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda attestatsiyadan 
o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 
ustuvor vazifalarini va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va 
demokratik islohotlarni, ilg‘or jahon tajribasi va ilmiy kadrlarni attestatsiyadan 
o‘tkazishning xalqaro standartlarini hisobga olgan holda, oliy o‘quv yurtidan keyingi 
ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish maqsadida 2012 yil 24 iyulda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining ―Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar 
tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish 
to‘g‘risida‖gi Farmoni qabul qilindi.
Prezident Farmoniga ko‘ra, 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab, umumiy qabul 
qilingan xalqaro talab va standartlarga muvofiq, dissertatsiya himoya qilish va fan 
doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘limning bir 
bosqichli tizimi joriy qilindi. Shuningdek, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar instituti 
bekor qilinib, unda ta‘lim olayotgan shaxslar, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim 
tizimining yangi talablariga muvofiq, attestatsiyadan o‘tkazilib, dissertatsiya 
tadqiqotlari mavzulari tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar 
institutiga o‘tkazildi. 
2012 yil 16-17 fevral kunlari Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferentsiya 
uzluksiz ta‘lim va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini 
yaratishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganishga bag‘ishlandi. Unda Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturiga muvofiq, ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish natijasida mamlakatimiz 
tanlagan taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ning ajralmas tarkibiy qismi ekani alohida 
ta‘kidlandi. Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, uzluksiz ta‘limni isloh 


85 
qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular 
AQSh, Frantsiya, Germaniya va Yaponiya mamlakatlarining modellaridir. Ular 
garchi umumiy qoida va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin 
mazkur mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy holati, milliy 
xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib farqlanadi. 
Masalan, Yaponiya ta‘lim tizimida oila omiliga katta e‘tibor berilgan.
AQSh va Frantsiyada esa mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda pullik 
maktablar joriy etilgan. Lekin ayrim mamlakatlarda o‘zini oqlagan va samara bergan 
modellarni o‘zga davlatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab yoki tatbiq etib bo‘lmaydi. 
Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib, milliy 
hamda yurtimizga xos bo‘lgan xususiyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar 
tayyorlash tizimining yangi modeli ishlab chiqildi. Kadrlar tayyorlash milliy 
modelining asosiy tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, ilm-fan 
va ishlab chiqarish tizimlarining yaxlit ma‘rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-ma‘naviy 
mushtarakligidan tashkil topgan. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling