Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Markaziy Osiyo aholisining geografik va demografik xususiyatlari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- QADR-QIMMATIM, TAYaNChIM VA IFTIXORIMSAN, MUSTAQIL O’ZBEKISTON!
3.5. Markaziy Osiyo aholisining geografik va demografik xususiyatlari Qadimiy turkiy qabilalar–antik davr va ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo tekisliklarida ko‘chmanchilik bilan hayot kechirgan qabilalar. Bu erda o‘ziga xos qabilalar ittifoqi shaklangan. Qabilalar ittifoqi–O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hududida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan birlashgan ko‘chmanchilik bilan hayot kechiruvchi qabilalar bo‘lgan. 5 QADR-QIMMATIM, TAYaNChIM VA IFTIXORIMSAN, MUSTAQIL O’ZBEKISTON! O‘zbekistonning 22 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lida turli sohalarda qo‘lga kiritgan yutuq va natijalari, mamlakatimizning salohiyati va qudrati, tub islohotlarning mohiyati va ahamiyatini aholining keng qatlamlariga etkazish, joylarda tashkiliy-amaliy, ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan uslubiy qo’llanma. ―Ma‘naviyat‖ nashriyoti. Toshkent – 2013. 87 Dunyo aholisining geografik va demografik xususiyatlari haqida so‘z borar ekan Markaziy Osiyo hududiga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Chunki, 20 asrning so‘nggi yillarida ro‘y bergan ijtiomiy va siyosiy o‘zgarishlar Markaziy Osiyo davlatlari aholisining hayotida tub burilishlar yasadi va bu hududdagi mamlakatlarning demografik taraqqiyotiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatmay qolmadi. Binobarin Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy shakllanishidan tortib bugungi kundagi vaziyatini etnogeografik va demogeografik tahlil qilish orqali mintaqa aholisining bugungi va kelajakdagi rivojlanishi haqida xulosalar chiqarish mumkin. Markaziy Osiyo respublikalarining mustaqillikka erishishi bu hududdagi xalqlarning milliy shakllanish jarayonini tezlashtirib, yangi ijtimoiy va siyosiy munosabatlarning vujudga keltirmoqda. Xalqlarning sobiq Ittifoq davridagi unutilib ketayozgan milliy– etnik qadriyatlari qayta tiklanmoqda. Mintaqa aholisining bugungi kundagi geografik va demografik xususiyatlarini tahlil qilish xalqlarning tarixiy shakllanish jarayonlarini o‘rganishdan boshlanishi kerak. Markaziy Osiyo xalqlari etnik jihatdan yaqinligi va tarixiy taqdirlarining mushtarakligi natijasida iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy taraqqiyotda umumiylikka egadirlar. Uzoq davom etgan etnik jarayonlar, aholining juda ko‘p migratsion harakati, mintaqa hududiga kirib kelgan boshqa xalqlarning aralashuvi natijasida mintaqa hududida yirik etnoslar shakllandi. Tub joy millatlar bo‘lgan o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam sonli uyg‘urlar shuningdek sobiq Ittifoq davrida ko‘plab ko‘chib kelgan tatarlar oltoy til oilasidagi turk til guruhiga mansubdirlar. Sobiq Ittifoq davrida hududga ko‘p millatlar jumladan ruslar, ukrainlar, beloruslar, tatarlar, nemislar va armanlar ko‘plab ko‘chib kelishdi va hatto ayrim hududlar aholisining salmoqli qismini tashkil etishgan. Shuningdek hududda doimiy istiqomat qiluvchi, kam sonli boshqa millat vakillaridan arablar, eronlar, kurdlar, belujlar, uyg‘urlar, dunganlar, koreyslar va b. mavjud. Turk tili guruhiga mansub aholi mintaqada 70% ni tashkil etadi. Sobiq Ittifoq davrida asosiy millatlarning istiqomat hududlari asosida milliy respublikalar tashkil etildi va bu respublikalar 1991 yilda mustaqillikka erishganlaridan keyin ham o‘z nomlarini saqlab qoldilar. Chunki respublikalarning nomlanishi tarixiy haqiqatga mos edi. Respublikalar aholisini tashkil etgan xalqlarning tarixiy shakllanish hududlari ham respublikalar chegaralariga deyarli mos keladi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling