Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Masalan, 20 asrning 70 yillarida taxminan, Sobiq ittifoq hududida
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltoy oilasi
- Kavkaz oilasi
- Ural oilasi: 5 mln kishi
- 2. Xalqlarni
- 3. Xalqlarni
- 4. Xalqlarni
Masalan, 20 asrning 70 yillarida taxminan, Sobiq ittifoq hududida
yashovchi xalqlar faqat to’rtta oilaga mansub bo’lgan: Hind-Evropa oilasi: Slavyan guruhi-178,8 mln kishi: Ruslar-129,1, Ukrainlar-40,7, Beloruslar-9,0. Baltika (letto-litva) guruhi-4,0 mln kishi: Latishlar- 1,4, Litvaliklar-2,7. Eron guruhi-2,7 mln kishi: Tojiklar-2,1, Osetinlar-500 ming, Kurdlar-90 ming. Roman guruhi- Moldavanlar-2,7. Oltoy oilasi: Turkiy guruhi:O‘zbeklar-9,2, Qozoqlar-5,3, Turkmanlar-1,5, Qirg‘izlar-1,5, Qoraqalpoqlar-240 ming, Uyg‘urlar-173 ming, Oltoyliklar-60 ming, Xakaslar-70 ming, Shorlar-20 ming, Tuvaliklar-140 ming, Yakutlar-300 ming, Ozarbayjonlar-4,4 mln kishi, Qorachaylar-100 ming, Balkarlar-60 ming, Kumiklar- 200 ming, No‘g‘aylar-50 ming, Tatarlar-5,9 mln kishi, Boshqirdlar-1,3 mln, CHuvashlar-1,7 mln. Mongol guruhi-450 ming: Buryatlar-300 ming, Qalmoqlar-140 ming. Tunguska-manjuriya guruhi-45 ming: Evenklar, Nanaylar, Ulchi, Oroch, Udegeylar va boshqa mayda xalqlar. Kavkaz oilasi: Kartvel guruhi: Gruzinlar-3,2 mln, Abxaz-adigey guruhi: jami 600 ming atrofida. Abxazlar-80 ming, Kabardinlar-300 ming, Cherkeslar-40 ming, Adigeylar-100 ming. Chechen-dog’iston guruhi: 2 mln kishidan ortiq: Chechenlar- 600 ming, Ingushlar-160 ming, Avarlar-400 ming, Darg‘inlar-230 ming, Lezginlar- 320 ming. Ural oilasi: 5 mln kishi: Fin guruhi:Estonlar-1 mln kishi, Karellar-150 ming, Komi va komi-permyaklar-500 ming, Udmurtlar-700 ming, Marilar-600 ming, Mordvalar-1,3 mln kishi, Saamilar 2 ming va boshqala. Ugor guruhi:xantilar, mansilar-30 ming kishi. Samodiylar guruhi-nenetslar, selkunlar-35 ming kishi. 2. Xalqlarni hududiy joylashuviga ko‘ra guruhlashtirish. Har bir xalq o‘zining etnik hududiga ega bo‘ladi, ana shu hududda u moddiy va ma‘naviy madaniyatini yaratadi, tabiatdan foydalanishning o‘ziga xos usullarini ishlab chiqadi va h.k. Hududiy jihatdan yaqin bo‘lgan va uzoq davrlar mobaynida bir-biri bilan mustahkam aloqa qilib yashagan xalqlarda xo‘jalik yuritish shakllari, turmush, madaniyat va din odatda bir-biriga o‘xshash va ayrim hollarda bir xil bo‘ladi. Mana shu belgi va xususiyatlari jihatdan o‘xshash bo‘lgan hududlar–tarixiy-etnografik oblastlar (viloyatlar) deb ataladi. Ular bir necha hududlardan iborat: 1. Evropa; 2. Osiyo; 3. Lotin Amerikasi; 4. Okeaniya. 3. Xalqlarni ijtimoiy – xo‘jalik jihatdan guruhlashtirish. ko‘proq tarixiy xarakterga ega. Chunki, bu tipga kiruvchi «dehqon xalqlar», «chorvador xalqlar», «ovchi xalqlar» tushunchalari asosan o‘tmish davrlarga xos bo‘lib, hozir o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. 4. Xalqlarni lingvistik guruhlashtirish. Xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo‘lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa, o‘z navbatida tarmoqlarga ajratiladi. Ling6stik guruhlashtirish – xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo‘lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa o‘z navbatida guruhlarga yoki tarmoqlarga ajratiladi. Dunyo xalqlariga 92 e‘tibor bersak, ular o‘ziga xos til oila va guruhlarga bo’lingan: Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling