Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

2.8. Aholining demografik tarkibi 
 
Aholi soni-ma‘lum hudud yoki aholi guruhidagi kishilarning miqdoriy 
ifodasidir. Demografiyada aholi soni, eng umumiy va asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, aniq 
bir davrdagi aholi miqdorini anglatadi. Statistik manbalarda aholi soni ma‘lum bir 
chisloga (1-yanvar, 1 iyul yoki 31 dekabr) keltiriladi. Masalan, O‘zbekeiston aholisi 
1991 yil 1 yanvarda 20708,2 mingni, 2012 yil 1 iyulda esa 29735,7 mingni tashkil 
etdi. Bu ko‘rsatkichlarni butun yil uchun qabul qilib bo‘lmaydi, chunki yil davomida, 
ya‘ni 1 yanvardan 31 dekabrga qadar aholi soni tug‘ilish va o‘lim hisobiga muntazam 
o‘zgarib turadi. 
Har bir hudud aholi sonini o‘rganganda, uni doimiy (shu hududda doimiy 
ro‘yxatga olingan) va mavjud real (tekshirilayotgan davrda shu hududda ma‘lum 
muddat yashayotgan) aholiga ajratiladi. 


67 
Demografik tadqiqotlar olib borishda nazariy aholi soni, hamda mavjud, real 
aholi sonidan foydalaniladi. Nazariy aholi soni o‘zgarmas-stabil, aholi sonidir. Stabil-
doimiy, o‘zgarmas degan ma‘noni bildiradi. Aholi takror barpo bo‘lishining maxsus 
koeffisientlarini hisoblaganda stabil aholi sonidan foydalaniladi, turli demografik 
modellarni tuzganda nazariy aholidan foydalaniladi, ya‘ni, o‘rganilayotgan davr aholi 
soni o‘zgarmas deb qabul qilinadi. 
Real, mavjud aholi soni ma‘lum bir ma‘muriy hududning, davlatning o‘rganilayotgan 
davrdagi mavjud aholi sonidir. Masalan, O‘zbekiston davlatining aholi soni, Farg‘ona 
vodiysining aholi soni va h.k. Demografik koeffisientlarni hisoblaganda odatda 
o‘rtacha yillik aholi sonidan foydalaniladi. Chunki demografik jarayon butun yil 
davomiga ya‘ni 1 yanvardan 30 dekabrga qadar bo‘lgan muddatga hisoblanadi. Aholi 
soni esa yuqorida qayd etilgandek yil boshiga-1 yanvarga olinadi. Ma‘lum kalendar 
yilga o‘rtacha yillik aholi soni hisoblash uchun shu, kalendar yilining boshidagi va 
keyingi kalendar yilning boshidagi aholi soni qo‘shilib ikkiga bo‘linadi va 
o‘rganilayotgan yil uchun o‘rtacha aholi soni aniqlanadi. Buning uchun 2011 yil 1 
yanvardagi va 2012 yil 1 yanvardagi aholi sonlarini qo‘shib ikkiga bo‘linadi. 
Masalan, 2011 yil uchun ma‘lumot olmoqchi bo‘lsak, quyidagi hisobni amalga 
oshirishimiz lozim: 
2
:
2012
2011
2011
S
S
S


Aholi soni haqidagi aniq ma‘lumotlar aholi ro‘yxati o‘tkazish yo‘li bilan 
to‘planadi. Aholi ro‘yxatlari orasidagi davr uchun, esa har yilgi tug‘ilish, o‘lim va 
migratsiya jarayonlarini e‘tiborga olgan holda aholi soni maxsus uslublar yordamida 
hisoblanadi. Demografik jarayonlarni o‘rganishda aholining yosh-jinsiy, nikoh va 
oilaviy tarkibi muhim omil hisoblanadi. 
Aholining jinsiy tarkibi nikohga kirish va aholining oilaviy tarkibining 
shakllanishida asosiy demografik zamindir. Demografiyada jinslar munosabatini 
aniqlashda ikki xil ko‘rsatkich qo‘llaniladi:
1. Jami aholi tarkibida jinslar salmog‘i foiz hisobida. Masalan, 2000 yil 
O‘zbekistonda jami aholi 24582,8 ming kishini tashkil etadi. Ulardan erkaklar 
12232,7 va ayollar 12350,1. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida jami aholi tarkibida 
erkaklar 49,8 foizni, ayollar esa 50,2 foizni tashkil etishini aniqlash mumkin. Aholi 
jinsiy tarkibini o‘rganishda aniq ko‘rsatkich har 1000ta erkaklarga nisbatan ayollar 
soni, yoki har 1000 ta ayollarga nisbatan erkaklar soni ifodasidir. Ushbu ko‘rsatkich 
orqali ma‘lum hudud jami aholisining va aholi yosh guruhlari (0-9, 10-19, 20-29...) 
jinsiy tarkibi o‘rganiladi. Misol tariqasida, yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan 
foydalanib, erkaklar sonini ayollar soniga bo‘lamiz va natijani 1000 ga ko‘paytiriladi. 
2000 yilda O‘zbekistonda har 1000 ta ayolga 991 erkak to‘g‘ri kelar ekan, yoki 
erkaklar ayollardan kamroq ekan. Ana shunday uslub bilan alohida yosh guruhlari 
uchun ham ayollar va erkaklar nisbati aniqlanadi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling