Guliston davlat
Download 72.35 Kb.
|
portal.guldu.uz-Ona tili o`qitish metodikasi (sillabus) 2-kurs 2021-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar
- Fan/modul kodi O‘quv yili 2021-2022 Semestr
- Ta’lim tili O’zbek Haftadagi dars soatlari
- Mustaqil ta’lim (soat) Jami yuklama (soat)
- I. Fanning mazmuni
“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”kafedrasi mudiri_______________ B.X.Raximov Pedagogika fakulteti dekani: ________________________________ J.K.Komilov O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: _______________________ I.Xudoyberdiyev
I. Fanning mazmuni Fanni o'qitishdan maqsad – talabalarni boshlang‘ich sinflarda ona tili fanining mazmuni va vazifalari, o‘qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka va kompetensiyalarni shakllantirish hamda amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi - talablarini nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, davlat ta’lim standarti o‘quv dasturi, maktab darsliklarining mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich ta’limda o‘qitishning zamonaviy ilg‘or metod hamda usullarini o‘rgatish vazifalarini bajaradi. Dastur ona tili o‘qitish mctodikasining tarixi va rivojlanishi, ona tili ta’limi sohasini tashkil etish shakllari va mazmuni, o‘qitish usullari kabi masalalami qamrab olgan. Metodika fanini o‘rganish talabalarni kichik yoshdagi bolalami o‘qitish va tarbiyalashga doir masalalami mustaqil va ongli hal etishga tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotini mustaqil o‘rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlarni o‘qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar bilan qurollantiradi. “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2- kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan gumanitar fanlar turkumiga kiradi va “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ham o‘qitiladi. Ona tili o‘qitish metodikasi fanini puxta o‘zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan birga, talabalaming pedagogik amaliyoti davrida va universitetni bitirgandan keyingi ishlarda ko‘nikma sifatida xizmat qiladi. Download 72.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling