Gumanitar 110000 Pedagogika
Kafedra mudiri: __________ Amirsaidova SH.M
Download 0.75 Mb.
|
13501 инклюзив таълим 2014
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanni о‘qitishdan maqsadi va vazifalari Fanning ukitishdan maqsad
- Fanni о‘zlashtirishga qо‘yiladigan talablar
Kafedra mudiri: __________ Amirsaidova SH.M.
Fanning ishchi о‘quv dasturi “Defektologiya” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2014 yil 27 iyundagi 10-sonli bayonnoma). Fakultet kengashi raisi: __________ Nurmuxamedova L.SH. Kelishildi: О‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i ______________Piroxunova P Ishchi о‘quv fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining kengashida kо‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. 2014- yil «___» _____________ dagi ___ - sonli majlis bayoni. Kirish Ushbu ishchi о‘quv fan dasturi talabalar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, mazkur dasturda bakalavr talabalar imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim ya’ni umumta’lim tizimida о‘qitishning strategiyasi, asosiy ehtiyojlari,tamoyillari, talablari va uni mohiyatini tо‘g‘ri anglab oladilar. Fanni о‘qitishdan maqsadi va vazifalari Fanning ukitishdan maqsad - talabalarda alohida yordamga muxtoj bulgan va soglom bolalar о‘rtasidagi tusikni bartaraf etish, maxsus ta’limga muxtoj bolalar va о‘smirlar extiyojini kondirish va ijtimoiy xayotga moslashiga yo’naltirilgan hamda umumta’lim jarayoniga tо‘laqonli jalb qilish, qо‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimi bilan tanishtirish bо‘yicha bilim, malaka va kо‘nikmalarni shakllantirishdir. Fanining vazifasi - talabalarga inklyuziv ta’lim fani nazariyasi hamda uni tashkil etish va amaliyotga joriy qilishni о‘rgatishdan iborat. Fanni о‘zlashtirishga qо‘yiladigan talablar Inklyuziv ta’lim о‘quv fanini о‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar doirasida bakalavr talaba: - xalq ta’lim tizimida inklyuziv ta’limga bо‘lgan extiyoj, inklyuziv ta’lim va xalqaro xuquqlar, inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish borasidagi xuquqiy meyoriy hujjatlar, inklyuziv ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlash siyosatini bilishi kerak; -Ma’ruzalarda bakalavr talabalar bolalar huqulari tо‘g‘risidagi konvensiya, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiya, Ta’lim tо‘g‘risidagi qonun, Ta’lim hamma uchun reja harakat dasturi, Inklyuziv ta’lim konsepsiyasi hamda bir qator qonun va meyoriy hujjatlar bilan va inklyuziv ta’lim siyosatint bilishi; -alohida yordamga muxtoj bolalarni о‘z sog‘lom tengdoshlari bilan umumta’lim tizimida ta’lim olish jarayoni va tamoyillarini tahlil etish va baholash; - inklyuziv ta’lim jarayonida nogiron bolalarni о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; - inklyuziv ta’lim bо‘yicha о‘quv-uslubiy materallarni ishlab chiqish; - inklyuziv ta’limni joriy qilishda jaxon tajribasini о‘rganish; - inklyuziv ta’limda yangi pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalarini qо‘llash; - inklyuziv ta’lim zamonaviy yutuqlarini tahlil etish kо‘nikmasiga ega bо‘lish;. - maxsus yordamga muhtoj bо‘lgan bolalarni izlab topish va yordam berish; - inklyuziv ta’limni tashkil etish va olib borish; - inklyuziv ta’lim bо‘yicha о‘quv reja va dasturlarni bola imkoniyatiga moslashtirish; - bolani qiziqtirish, iqtidorini hisobga olish; - bolalarni imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda yuqori darajali о‘qitishni tashkil etish malakasiga ega bо‘lish lozim. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling