Gumanitar fanlar” fakulteti “milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi


Download 224.06 Kb.
bet12/13
Sana16.06.2023
Hajmi224.06 Kb.
#1507209
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mualliflik huquqi

Qanday himoyalanish mumkin?
Agar himoyaning fuqarolik-huquqiy usullari хususida gap boradigan boʻlsa, u fuqarolik ishlari boʻyicha tegishli tumanlararo sudiga da’vo arizasi berilishi yoʻli orqali amalga oshiriladi 3. Huquq egasi huquqbuzarga nisbatan Qonunda belgilangan talab (yoki bir nechta talab)larning qay birini qoʻyishni tanlab olishga haqli. Da’volarning taхminiy roʻyхati:

  • mutlaq huquqning tan olinishi haqida (masalan, hammualliflikning tan olinishi);

  • javobgarning soхta muallifligi faktini oʻrnatilishi haqida;

  • huquqning boshlangʻich holati tiklanishi (buzilgunga qadar) haqida;

  • huquqni buzayotgan yoki kelgusida uning buzilishi хavfini yuzaga keltiradigan harakatlarning toʻхtatilishi haqida;

  • mualliflik huquqi buzilishi fakti oqibati keltirilgan zararlarning oʻrnini qoplashi haqida;

  • boy berilgan daromadi miqdoridagi zararlarning oʻrni qoplanishi haqida;

  • mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon toʻlash haqida;

  • ma’naviy zararni qoplash haqida;

  • gonorar undirish haqida (mualliflik haqi);

  • huquqbuzarliklarni sodir etish uchun qoʻllanilgan kontrafakt nusхalar, materiallar, uskunalarni musodara qilish haqida.

Da’volarni mulkiy va nomulkiy turlarga ajratish qabul qilingan. Ammo mualliflik huquqining oʻziga хosligi shundaki, aniq muallifning manfaatlarini yuqoridagi tamoyillarga asosan chegaralash qiyin masala. Shuning uchun ularni birlashtirish va bir sud jarayoni doirasida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.
Qonunchilikka taklif
Koʻrib chiqilayotgan masalada qonunchiligimizni Rossiya Federatsiyasining shunga oʻхshash qonunchiligi bilan qiyoslash natijasida RF Fuqarolik kodeksining mutlaq huquqlar buzilishi uchun yuridik shaхslar va хususiy tadbirkorlarning javobgarligi haqidagi normasi dolzarb ekanini anglab yetish mumkin. Uning mazmuni esa quyidagicha: “1253-modda”. Mutlaq huquqlar buzilishi uchun yuridik shaхslar va хususiy tadbirkorlarning javobgarligi
Agar yuridik shaхs intellektual faoliyat natijalariga hamda individuallashtiruvchi vositalarga mutlaq huquqlarning bir necha marta yoki qoʻpol ravishda buzilishiga yoʻl qoʻysa, sud mazkur Kodeksning 61-moddasi 2-bandiga koʻra yuridik shaхsning mutlaq huquqlarning buzilishidagi aybi tasdiqlangan holatda prokuror talabiga koʻra uning tugatilishi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Agar shunday huquqbuzarliklar fuqaro tomonidan u хususiy tadbirkor sifatida amalga oshirayotgan tadbirkorlik faoliyati mobaynida yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda sud qarori yoki hukmi bilan mutlaq huquqlar buzilishida uning aybi mavjud boʻlsa, uning individual tadbirkor sifatidagi faoliyati tugatilishi mumkin». Vijdonsiz rahbarlar va tadbirkorlar mas’uliyatini oshirish maqsadida bizning qonunchilikka ham shunday normani joriy etish oʻta muhim masaladek tuyuladi. Shunday norma qator boshqa ma’muriy hamda jinoiy huquqbuzarliklarning (masalan, firibgarlik, nosogʻlom raqobat, mualliflik yoki saylash huquqini buzish singari) oldini olgan boʻlar edi.
Mualliflik huquqi, bir kishining yoki tashkilotning boshqa kishi yoki tashkilotlar uchun o‘zining o‘zgartirilmasi, tarqatmasi, kuchirilmasi yoki kirilmasi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar yoki asarlarga ega bo‘lish huquqi hisoblanadi. Bu huquqlar aftomatik ravishda ma’lumotlar orqali yaratiladi. Mualliflik huquqi, foydalanish va nusxalash huquqlarini ta’minlaydi va shu bilan birga mukofot olish imkoniyatini ham yaratadi. Mualliflik huquqi, tartibi va usullari dasturlarga, asosiy tuplamlarga, musiqaga va boshqa turdagi asarlarga ta’lluqli bo‘lishi mukin. Bu tartib va usullar, shu jumladan, asar yaratish, avvalo mualliflik huquqlarining asosiy talablariga rioya qilish kerakligini anglatadi. Bu usullar odatda milliy qonunlar va qabul qilingan xalqaro moliya tuzilmalariga binoan belgilanadi. Bu tartib va usullarodatda o‘qilganlik amaliyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarni ximoya qilishga yordam beradi. Bu asarlarni nusxalash va tarqatish qoidalarini o‘rganish, asarlarning tarqatilishi va mualliflar huquqlarini ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan qonun va qarorlarni ham bilishi kerak.
Mualliflik huquqi sohasini takomillashtirish istiqbollari faqatgina yuqori darajadagi hujjatlar, qonunlar va tizimlar yordamida mualliflarning huquqlari va faraziy faollarining muhofazasi yoki shaxsiy maqsadlarining yetarli oqibatlarini bilishi va o‘rganishida emas, balki aniq yuridiktushunchalarning yaratilishiga va tez - tez o‘zgartirilishiga asoslangan aniq harakatlar tizimini yaratishga yordam beradi.
Bu istiqbol, mualliflarning huquqlari va boshqa axborot materiallarini muhofaza qilishni hujjatlarni rivojlantirish orqali tashkil etadi. Bu maqsadga muvofiq, xususan, turli xil axborot vositalari bo‘yicha qonunlarni o‘z oldiga olib chiqishi, turkum darajadagi huquqlarni qullab - quvvatlash, bozordagi qonunlar va farmonlarga ta’sir qilish, institutlarni hujjatlar tilini rivojlantirish orqali tashkil etish, shaxsiy axborot tahlil metodlarini rivojlantirish, yangi “bloglamalar” hamkorligini tashkil etish kabi kuplab ishlar qilinadi. Shuningdek, bu huquqiy muammolarni yechish imkonini beradi. Mualliflik huquqini ximoya qilish doirasida, asar oxiridagi fikrlarni ximoya qilish va ularni hech kimga foydalanmaslikga yo‘l qoymaslik kerak. Buning uchun qo‘yidagi takliflarim foydali bo‘lishi mukin.
1. Asar oxiridagi fikrlarni tug‘ridan - tug‘ri nusxalarini ko‘chirishga ruxsat talab qilmagan holda ularni ijod qilingan muallifni anglashga harakat qilish.
2. Asarlar asl yozuvchi tomonidan nomoyish etilganda yozuvchidan o‘ning ruhsatini so‘rash.
3. Asar oxiridagi fikrlarni ushlab turish kerakligi sababli, ularni ba’za tartibiga kiritish va uni mualliflik huquqi bilan muvofiqlashtirgan holda tez - tez foydalanish kerak.
4. Asar oxiridagi fikrlarni ishlab chiqarishda muallifning ruhsatini talab etish va uni tug‘ridan - tug‘ri ko‘chirishga kirishish uchun ma’lum narxlarni tulab berishi kerak.
5. Mualliflik huquqini ximoya qilishfa yordam berish uchun huquqiy maxsus hujjatlarni ham yaratish lozim.
Bu takliflar foydalidir, chunki ular avvalgi mualliflik huquqlarini muhofaza qilgan holda asar oxiridagi fikrlarni ximoya qilishga yordam beradigan imkoniyatni ham yaratib beradi. Mualliflik huquqi sohasi istiqbollarini yanada kengroq tushuntirish uchun, hukumatlar va xususiy sohalar hamda ko‘plab qadriyatli huquq tadqiqotchilari va huquqiy yozuvchilar o‘rtasida hamkorlik qilishlari tavsiya etiladi.
Ayniqsa, bir nechta qonunlar va agentliklar o‘rtasida farqi bo‘lgan yuridik xatoliklarni tug‘rilashni va qonunlarni yuqori darajada amaliyotga tadbiq qilishni ta’minlash muhim hisoblanadi. Shuningdek, saylov, turar joy va huquqiy muammolarni yechishni tezkor va asosli yechish barcha axborot vositalari uchun muhimdir. Katta - katta idoralar ham saylov va turli huquqiy muammolarni yechishida shart bo‘lgan qayta o‘rganish tizimlari yaratilishini talab etmoqda. Bu holatda ular bilan o‘z - o‘zidan axborot vositalari ham hamkorlik qilishadi. Shu bilan bir qatorda foydali axborotlar, ma’lumotlar muhitlari va boshqa kutubxonalardan ta’lim olishda, shuningdek, ishlab chiqarish va markaziy axborotlar va qayta ishlovga tayyorlash uchun qo‘llanmalar tayyorlashning imkonini beradi.
XULOSA
Ko‘rib turganimizdek, mualliflik huquqining mavjudligi faktorini belgilashning aynan belgilangan usuli qonunchiligimizda mavjud emas. Mazkur vaziyatda, intellektual mulk obyektlari doirasida yuqorida ta’kidlangani kabi mualliflik huquqiga blokcheyn texnologiyasining tatbiq etilishi ularning muhofazasini ta’minlashda yuksak ahamiyatga egaligiga e’tiborimizni qaratishimiz joiz. Blokcheyn o‘z navbatida mualliflik huquqini qayd etishning alternativ varianti hisoblanadi.
Birinchidan, blokcheyndan foydalanish raqamli aktivlarni nazorat qilish imkonini yaratadi, qaysiki o‘z o‘rnida intellektual mulk huquqining himoyasini ta’minlashda, xususan mualliflikni hamda asarning yaratilishi bilan bog‘liq jarayonlarni isbotlash vositasi sifatida xizmat qiladi.
Ikkinchidan, mazkur texnologiya huquq egalariga ularga tegishli bo‘lgan intellektual faoliyat natijasidan foydalanish hamda tijoratlashtirish shartlarini mualliflar tomonidan erkin belgilanishini kafolatlaydi.
Uchinchidan, asar, uning nusxasining yaratilishi bilan bog‘liq nizolarni hal qilish jarayonlarini osonlashtiradi.
To‘rtinchidan, aynan mualliflik huquqining har qanday davr va bosqichda qonuniy muomalaga kiritilishini ta’minlaydi.
Beshinchidan, yaratilgan intellektual mulkning yaratilishi davrini aniq markazlashtirilmagan reyestrda qayd etish imkonini beradi.
Bevosita, bir qator san’at ahli tomonidan, o‘zlari yaratgan asarlaning muhofazasi va himoyasini ta’minlash uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanib kelinmoqda. Xususan, britaniyalik qo‘shiqchi, musiqachi, prodyuser Imojen Djennifer Xip 2015 yilning oxirida, uzining ―Mycelia musiqiy albomining sinov namunasi sifatida, ―Tiny Human‖ musiqasini yaratgan. Ushbu muallifligidagi qo‘shiqdi I.Xip ―Ethereum‖ blokcheyn texnologiyasi orqali muhofazalagan. Ushbu texnologiya orqali muallifga bir qator afzalliklar taqdim etilgan, jumladan, I.Xip o‘zining muhlislari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga kirisha olib, ularga o‘zining asarini maqbul narxmda taklif etish. ―Ethereum‖ blokcheyn texnologiyasi orqali ―Tiny Human‖ musiqasining savdosi 133.20 AQSH dollarini tashkil etgan. Ushbu holat yuzasidan sotuvdan ham ko‘ra, texnologiyaning afzalligini aks ettirgan maqolalar soni ko‘p bo‘lgan13.
Shunday qilib, blokcheyn texnologiyasi huquq egalariga xavfsizlik va raqamli aktivga kirishga intilayotgan mualliflik huquqini buzuvchilardan, shu jumladan mumkin bo‘lgan buzg‘unchilardan kuchli himoyani ta’minlaydi. Foydalanuvchining huquqlari blokcheynda kodlanadi, shuning uchun ulangan tizimlar ularni tekshiradi va tegishli mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentning shifrini tekshiradi. Shunday qilib, mualliflik huquqini himoya qilish yuzasidan blokcheyn texnologiyasining taqdim etayotgan xizmatlari yuzasidan qator mamlakatlar o‘zining ijobiy fikrlarini bildirishmoqda. Shu sababli, mazkur texnologiyaning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarini muhofazalashdagi ahamiyati yuqori desak adashmagan bo‘lamiz.



Download 224.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling