Guruh : bue001-2 Bajardi : Bahriyev Shohzod Tekshirdi : Nosirova Zulfiya Toshkent – 2022


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana11.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1259343
1   2   3   4   5   6   7
2.Taktik daraja. Bu personal bilan ishlash personal umumiy menejmentiga taalluqli 
ekanligini anglatadi. 
3.Strategik daraja. U personalni boshqarishni ishlab chiqarish menejmenti bilan uzviy 
bog’liqligini ko’rsatadi. Strategik daraja raqobat kurashiga tayyorlikni oshirish, korxona 
ishlab chiqarish strategiyasini qo’llab-quvvatlash, ishchi kuchi tashqi bozorini prognoz 
qilish maqsadlariga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Personalni boshqarish asosiy tushunchalari va ularning mohiyati quyidagilardan 
iboratdir: 
Kadrlar siyosati - personal bilan ishlash tamoyillari, maq-sadlari va strategiyasi. 
Korxonada xodimlar bilan ishlash bo’yicha barcha tadbirlar shu maqsadga yo’naltiriladi. 
Personal - korxona xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat ko’rsatuvchi 
kichik personal.


Personalga ega bo’lish - korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog’liq barcha 
jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga kirishishlariga 
tayyorlash.
Personalni rejalashtirish - personal bilan ish olib borish barcha yo’nalishlarini belgilab 
olish. Personalni rivojlantirish - personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu 
ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, 
xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish. 
Personalni bo’shatish - shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo’shatish 
bilan bog’liq barcha tadbirlar.
Personalni baholash - korxona yoki uning bo’linmasi ishlab chiqarish pirovard yoki 
oraliq natijalariga alohida xodimlarning hissalarini aniqlash.
Personal ish sifatini baholash - xodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga loyiqlik 
darajasini aniklash. Personalga rahbarlik - personalni bevosita rahbarlar - bo’lim 
rahbarlari tomonidan boshqarish.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling