O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kafedra : Menejment va marketing
Fan :
Ish yuritish etikasi
Topshiriq 2
Guruh :
BUE001-2
Bajardi :
Bahriyev Shohzod
Tekshirdi :
Nosirova Zulfiya
Toshkent – 2022
Personalni boshqarish yoki
personal menejmenti deyilganda ham alohida menejerlar,
ham umuman boshqaruv butun
apparatining faoliyat turlari, eng avvalo boshqaruv
faoliyati tizimi tushuniladi.
Korxona mehnat
bozorida ishchi kuchi qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq insonlar
bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Shu sababli personalni boshqaruv funkdiyasining ikki
sohasi mavjuddir:
1.Insonlarga rahbarlik qilish (etakchilik).
2.Tahliliy ish. Bu hisob-kitob va tahliliy ishlar (personalga bo’lgan ehtiyojni hisoblash,
uning qiymatini aniqlash va tahlil etish, shtatlar jadvalini tuzish), shuningdek, personalga
qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Personalni boshqarish vazifalar ko’lami va ular ijrosi muddatiga muvofiq quyidagi uch
darajada amalga oshiriladi:
1.Tezkor daraja. U bevosita personal mehnat faoliyati va personalni boshqarishning
tegishli ta’sir ko’rsatuvchi sohasiniqa,mrab oladi. Ya’ni
bu darajada personalni
boshqarishning barcha funktsiyalari - xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil etishdan
ular uchun sarf-xarajatlar qiymatini aniqlashgacha bo’lgan funktsiyalar hamda personalga
rahbarlik amalga oshiriladi.