Guruh : bue001-2 Bajardi : Bahriyev Shohzod Tekshirdi : Nosirova Zulfiya Toshkent – 2022
Personalni markazlashtirilgan holda
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalarining ozaro aloqadorligi Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish vazifalari
Personalni markazlashtirilgan holda boshqarish alohida funktsiya hisoblanib, alohida
bo’limlar tomonidan bajariladi. Personalni markazlashtirilmagan holda boshqarish barcha bo’linmalar (bo’limlar, sexlar, xizmatlar, laboratoriyalar, sho’balar) rahbarlari faoliyatidir. Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalarining o'zaro aloqadorligi Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish vazifalari Personalni boshqarish vazifalari Ishlab chiqarishning maqsadlari Boshqaruv maqsadlari Ishlab chiqarish faoliyati Boshqaruv faoliyati Faoliyatining moddiy ne’matga aylanishi hisobga olish Insonlarni boshqarish orqali moddiy ne’mat hosil qilishga hissa qo’shishini nazarda tutish Texnologik va boshqa me’yorlangan moddiy buyum jarayonlariga muvofiq ko’zlagan va qat’iy belgilab qo’yilgan faolyat orqali amaliy natijalariga erishish Rahbarlar faoliyati natijalari ko’zlangan, lekin qat’iy belgilab qo’yilmagan faoliyat turlarining mahsuli sifatida Boshqaruv vazifalari atrof-muhit omillari bilan bir qatorda personalni boshqarishning muayyan chegaralarini tashkil etadi. Personal bilan hamkorlik xodimlarni izlash va ularni korxonadagi ish joylariga taqsimlashdan boshlanadi. Bu ko’pgina tashqi va ichki ijtimoiy, ma’naviy, texnik-texnologik, iqtisodiy omillar bilan bog’liqdir: - mehnat munosabatlarining huquqiy shartlari va me’yorlari; - korxona va uning sheriklarining ijtimoiy tarkibi; - ishlab chiqarishni tashkil etish va uning texnologiyasi; - logistika; - xo’jalik faoliyati tamoyillari, ishchanlik faolligi konsepsiyasi, tadbirkorlikka munosabat; - korxona bo’linmalarining tadbirkorlik faoliyati, ular mustaqilligining darajasi; - korxonani boshqarishning tashkiliy tuzilmasi. Mehnat jarayoniningsamaradorligi turli sharoitlarga bog’liq holda uning qatnashchilari faolligi bilan belgilanadi. Bu sharoitlarni bilish xodimlar ishchanlik faolligiga ta’sir o’tkazish imkonini beradi. Mehnat munosabatlari quyidagi omillarga bog’liqdir: - shaxsning amaliy sifatlari; - shaxsning ahvoli (uning maqsadlari, psixofiziologik qobiliyati, ma’naviy xislatlari, ziyoliligi); - xodimlar malakasi; - xodimning korxonadagi vaziyatdan hamda korxonani rivojlantirish istiqbolidan xabardorligi; - mehnatga haq to’lash miqdori, mukofot va imtiyozlar, ish haqi oshish istiqbollari; - mehnat tarkibi va taqsimoti; - mehnatning tashkil etilishi va mehnat sharoitlarining yaxshilanishi; - xodimlarning ishlab chiqarishdagi shaxsiy maqsadlari, ijtimoiy muhit; - xodimlar va rahbarlar, jamoa a’zolari o’rtasidagi munosabatlar; - boshqaruv uslubi. Mazkur omillar har bir korxonaning o’ziga xos xususiyatlariga qarab yaxlit tizimni tashkil etadi. Personalni samarali boshqarish ana shu omillarni bilish va shu orqali korxonadagi tabiiy jarayonlarni rivojlantirishga, xodimlar salohiyatini korxona maqsadlariga yo’naltirishga bog’liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida personalni boshqarish vazifalariga ikkinchi darajali masala sifatida qarash barham topdi. Hozirgi vaqtda har bir xo’jalik rahbari bu vazifalarni hal etishdan manfaatdordir. Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti ma’muriy buyruqbozlik tizimidan farqli ravishda personalni boshqarishga yanada qat’iyatliroq yondashuvni talab etadi. Bu, eng avvalo, har bir korxona o’z personalining bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tavakkalchilik asosida faoliyat yuritishlari bilan izohlanadi. Ana shunday vaziyatda personalni boshqarish xizmati xodimlarining mulk egalari oldidagi mas’uliyati keskin ortadi. Raqobatga asoslangan bozor munosabatlariga o’tish boshqaruv tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirishni, qat’iy ierarxiyaga asoslangan tarkibiy tuzilmalarni egiluvchan, moslashuvchan, tadbirkorlikning muayyan turlariga ixtisoslashgan bo’linmalarga aylantirishni hayotiy zaruratga aylantiradi. Tashkilot rahbar va xodimlarining imidjini tahlil qilish. Imij – (ing. imij – qiyofa, tasvir) odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy ob’ektga nisbatan yuzaga keluvchi, idrok etilayotgan ob’ekt haqidagi axborotni o’zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz. Zamonaviy rahbar imijini yaratish – bu uning yuzi, kiyinishi, qalbi, sog’lom fikri, muomala madaniyati, boshqaruvchilik san’atini mukammal egallovchi shaxs, kompetentlik: bilimi, tafakkuri, kasbiy mahorati, farosati, kamtar, xushmuomalali kabi insoniy fazilatlar, go’zallik, axloqiylik, o’git va ibrat, ustoz va shogird an’analariga tayangan holda insonning nufuzini ko’tarish, obro’yini oshirish, hurmatga sazovor bo’lishdir. Vositalari: verbal, kinetik, vizual. Rahbar imijini taqdim etish – birinchi ta’surot qoldirish. Menkonsepsiyasi, qabul qilish. Vositalari: muloqot o’rnatish, tabassum qilish, qo’l siqib ko’rishish, ismi sharifi bilan chaqirish, vizitkalar bilan almashish, do’stona munosabat o’rnatishda xajviyadan foydalanish, ko’z qarashlarda so’zlarni ifoda etish. Ko’zlar inson qalbining ko’zgusi hisoblanadi. Qat’iy, o’ziga ishonch qarashlar – qat’iyatli imij sanaladi. Atrofdagilarga innovatsiyani olib kirish. Imijni boshqarish – vaqtdan unumli foydalanish, yozma ish yuritish, qattiq ruhiy holat, hayajonni boshqarish. Vositalari: sog’lom turmush tarzini ta’minlash (uyda, ishda), uy, ishxona, farzand tarbiyasi, xizmat safarlari orasidagi tenglikni saqlash, ong ostida omadni dasturlash (programmalashtirish), his-hayajonni oldini olishda o’z vaqtida muammolarni hal qilish, hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, mehnat unumdorligini oshirish, o’ziga hamda atrofdagilarga real yondashuv, uyishxonada emotsional his-hayajonni bartaraf etishda madaniyatni rivojlantirish, innovatsiyani pozitiv qabul qilish, turli his- hayajonni bartaraf etish monitoringini olib borish, g’oyalar yo’nalishlarini o’zgartirish ya’ni ba’zan biz “ovuntirish” usuli ham deyishimiz mumkin. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling