Guruh: 1a-21 Met Bajardi Risqulov Sardorbek Qabul qildi
Download 43.14 Kb.
|
Elektromagnitlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transformator
Elektr dvigatel — elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi mashina. Isteʼmol qiladigan tok turiga koʻra, oʻzgarmas tok va oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatellariga boʻlinadi. Oʻzgarmas tok E. dlarida valning aylanishlar chastotasi (soni)ni ravon rostlab turish mumkin. Shuning uchun valning aylanishlar chastotasini teztez oʻzgartirib turish lozim boʻlgan hollarda shunday dvigatellar ishlatiladi. Oʻzgarmas tok E.d, uch xil sxemali: parallel uygʻonishli, ketmaket uygʻonishli va aradash uygonishli qilib ishlab chiqarildi (rasmga q.). Oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatel jumlasiga asinxron elektr dvigatel, sinxron va kollektorli dvigatellar (qarang Kollektorli mashina) kiradi. Asinxron Elektr dvigatel eng koʻp ishlatiladi. Sinxron Elektr dvigatelda valning aylanishlar chastotasi isteʼmol qilinadigan tokning chastotasiga qatiy bogʻliq boʻladi. Bunday dvigatellar eng quvvatli elektr yuritmalarda ishlatiladi. Elektr dvigatellar ochiq, berk va germetik turlarga boʻlinadi. Portlashga xavfsiz Elektr dvigatellar ham bor. Bunday dvigatelning ichida gaz portlaganda alanga tashqariga chiqmaydi. Elektr dvigatellar uyroʻzgʻorda, sanoat va transportda keng miqyosda ishlatiladi.
Transformator (lotincha: transformo — oʻzgartiraman) — bu pas kuchlanishni yuqori kuchlanishga yuqori kuchlanish pas kuchlanishga aylantirib beruvchi elektro statik apparat(chastotasini o'zgartirmagan holda). Texnikada —. energiya yoki obʼyektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va boshqalar)ni oʻzgartirish uchun moʻljallangan qurilma. Elektr T., gidrotransformator, fototransformator, OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) T.i va boshqa xillargaboʻlinadi. Elektr T. oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish) uchun moʻljallanadi. Uning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanadi. U bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi chulgʻam va asosan berk tipdagi ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich) dan iborat. Barcha chulgʻamlar ferromagnit oʻzakka oʻraladi va birbiriga induktiv bogʻlangan boʻladi. Birlamchi chulgam uchlari (T. kirishi) oʻzgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T. chiqishi) isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr T.ni birinchi marta P. N. Yablochkov 1876-yil elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M. O. DolivoDobrovolskiy 1890-yil uch fazali elektr T.ni yaratgan. Keyinchalik boshqa olim va ixtirochilar T. ni takomillashtirish, quvvati va f.i.k.ni oshirish, izolyatsiyani yaxshilash, ixchamlashtirish va boshqalarga doyr ishlar olib borishgan. Radiokarnay — reproduktor nutq, musiqa va boshqa tovushlarni balandlatib eshittiradigan elektroakustik yoki mexanik qurilma. Tovush chastotali elektr toki yoki kuchlanishni mexanik vosita (diffuzor, diafragma va boshqalar) yordamida tovush tebranishlariga aylantirib beradi. Radiokarnayning elektrodinamik, ruporli, pyezoelektr, kondensatorli, elektromagnitli va pnevmatik xillari bor. Radioeshittirish tarmoqlari, tovush kuchaytirish tizimlari va boshqa sohalarda elektrodinamik radiokarnay (nominal quvvati 0,1 — 100 va chastotalar polosasi 50—12000 gs), bir nechta diffuzorli radiokarnaydan iborat tovush karnaylari (nominal quvvati — 100 va gacha, chastotalar polosasi — 100—800 gs), elektrodinamik va ruporli radiokarnaydan iborat agregatlar keng qoʻllaniladi. Download 43.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling