Guruh: 20/123 Talaba: Xamidova Gulxumor
Download 178.04 Kb.
|
XAMIDOVA GULXUMOR
Farg`ona Davlat Universiteti Sirtqi Bo`limi Biologiya yo`nalishi Zoologiya fanidan tayyorlagan TAQDIMOT ISHIGuruh: 20/123Talaba: Xamidova GulxumorO`qituvchi Mamatova MatlubaMavzu: Tasmasimon chuvalchanglar sinfi
Tasmasimon chuvalchanglar(Cestoda) voyaga yetgan davrida umurtqali hayvonlar va odam ichagida parazitlik qiladi. Ularning lichinkasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar tanabo‘shlig‘i va ichki organlarida parazitlik qiladi. Tuzilishi. Tanasi ko‘pincha uzun tasmasimon bo‘lib, ko‘p sonli bo‘g‘imlar proglotidlarga bo‘lingan. Tanasining oldingi qismi kichik boshcha - skoleksni hosil qiladi. Tananing skoleksdan keyingi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan qismi bo‘yin deyiladi, undan keyinda esa proglottidlar joylashgan.Tasmasimon chuvalchanglar boshchasida yopishuv organlari bo‘ladi. Yopishuv organi monogeneyalarnikiga o‘xshash so‘rg‘ichlar tipida yoki ikkita tirqishsimon chuqurchadan iborat bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik tasmasimon chuvalchanglar boshchasining uchida har xil shakldagi ilmoqchalar ham bo‘ladi. Ba’zi turlarida ilmoqchalar xartumda joylashgan bo ‘ladi. Ba’zan xartum to‘rtta bo‘lib, juda ko‘p ilmoqlar bilan ta’minlangan.Proglottidlar uchtadan bir necha mingtagacha bo‘ladi. Oldingi, ya’ni tanasining bo‘yindan keyingi qismida joylashgan proglottidlar juda mayda yosh proglottidlardan iborat. Chuvalchang bo‘yin qismidan yangi proglottidlar hosil qilib o‘sadi. Proglottidlar tananing keyingi qismiga siljigan sayin o‘sib, yiriklashaboradi. Tasmasimon chuvalchanglarning ana shunday judako‘pbo‘g‘imlardan iborat tanasi zanjir, ya’ni strobila (ssifoid meduzalarning ssifistomalari strobilasiga o‘xshashligi uchun) deyiladi.Tasmasimon chuvalchanglar tanasining uzunligi lmm dan 10 mm gacha bo‘ladi.Tasmasimon chuvalchanglar teri-muskul xaltasi, tana qoplag‘ichi va tegumentining tuzilishi kiprikli chuvalchanglar va monogeneyalarga o‘xshash bo‘ladi. Ulardan sitoplazmatik qoplam yuzasida juda ko‘p o‘simtalar (mikrotrixiyalar) bo‘lishi bilan farq qiladi. Faqat elektron mik-roskopdako‘rinadigan mikrotrixlar oziqlanish vazifasini bajaradi. Bazal membrana ostida tashqi halqa muskullar va ichki bo‘ylama muskullar joylashgan. Ko‘pincha bu ikki qavatga uchinchi halqa muskullar qavati va orqa - qorin muskul qavati ham qo‘shiladi. Chuvalchanglar parenximasida zaxira modda glikogen to‘planadi.Download 178.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling