Guruh: 620-19 guruh Bajardi: Bekmuratov B


Har bitta arxitektura ob’ekti, shu jumladan, avtomobil yo‘lidagi har bitta arxitektura ob’ekti ikkita vazifani – g‘oyaviy badiiy va hayotiy-amaliy vazifani bajarishi kerak


Download 198.41 Kb.
bet3/5
Sana19.10.2023
Hajmi198.41 Kb.
#1709469
1   2   3   4   5

Har bitta arxitektura ob’ekti, shu jumladan, avtomobil yo‘lidagi har bitta arxitektura ob’ekti ikkita vazifanig‘oyaviy badiiy va hayotiy-amaliy vazifani bajarishi kerak.

Yo‘l arxitekturasi masalasida ko‘proq makonda yo‘l o‘tkazish ya’ni «atrof manzarani hisobga olib yo‘lning makonda ravon bo‘lishini ta’minlash» usullari ko‘proq ma’lum. To‘g‘ri chiziq uzunligining chegarasi, uning ko‘rinarli bo‘lish bilan bog‘liqligi belgilangan, egri chiziqlar radiusi me’yorlab qo‘yilgan, rejadagi burilish burchaklari va yo‘lning uzun qismi o‘rtacha egriligi darajasi ham belgilab qo‘yilgan.

Kompozitsiya deganda hamma elementlari bir-biriga bog‘langan va uyg‘un birlikni tashkil etadigan yaxlit asarni hosil qilish tushuniladi. Kompozitsiyaning asosi ob’ektning vazifasi va konstruksiyasiga mos hajm va borliqdagi tuzilishi bilan tektonikasidan iborat bo‘ladi.

Kompozitsiya deganda hamma elementlari bir-biriga bog‘langan va uyg‘un birlikni tashkil etadigan yaxlit asarni hosil qilish tushuniladi. Kompozitsiyaning asosi ob’ektning vazifasi va konstruksiyasiga mos hajm va borliqdagi tuzilishi bilan tektonikasidan iborat bo‘ladi.

Asosiy kompozitsiyaning vositalari miqyos, ohang, kontrast, nozik farq, simmetriya va asimmetriya kompozitsiyaning o‘lchamga muvofiq va uyg‘un bo‘lishini ta’minlaydi.

Miqyos – yo‘l barcha ko‘rinishlarining yo‘l bo‘yidagi manzaraga muvofiq bo‘lishi, avtomobil o‘lchamining yo‘l elementlariga, insonning esa «kichik» arxitektura ko‘rinishlari elementlariga muvofiq bo‘lishini bildiradi.

Shaklning uchta asosiy holati bo‘lishi mumkin: uchta koordinata uzunligining nisbatan teng bo‘lishi bilan xususiyatlanadigan hajmiy ko‘rinish; bitta o‘lchami ikkita boshqasiga bo‘ysunadigan yassilik ko‘rinishi; o‘lchamlardan biri katta bo‘ladigan chiziqli ko‘rinish. Yo‘lda yuradiganlar uchun yo‘l qoplamasi yassi ko‘ringani bilan yo‘l chiziqli ko‘rinish hisoblanadi. Unda yana xizmat ko‘rsatadigan binolar, xizmat ko‘rsatish tizimi imoratlari yoki kesishgan yo‘lni baland ko‘tarilgan joylar shaklidagi hajmiy ko‘rinishlar ham bo‘ladi.


Download 198.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling