Guruh: 620-19 guruh Bajardi: Bekmuratov B


Download 198.41 Kb.
bet4/5
Sana19.10.2023
Hajmi198.41 Kb.
#1709469
1   2   3   4   5

Shaklning uchta asosiy holati bo‘lishi mumkin: uchta koordinata uzunligining nisbatan teng bo‘lishi bilan xususiyatlanadigan hajmiy ko‘rinish; bitta o‘lchami ikkita boshqasiga bo‘ysunadigan yassilik ko‘rinishi; o‘lchamlardan biri katta bo‘ladigan chiziqli ko‘rinish. Yo‘lda yuradiganlar uchun yo‘l qoplamasi yassi ko‘ringani bilan yo‘l chiziqli ko‘rinish hisoblanadi. Unda yana xizmat ko‘rsatadigan binolar, xizmat ko‘rsatish tizimi imoratlari yoki kesishgan yo‘lni baland ko‘tarilgan joylar shaklidagi hajmiy ko‘rinishlar ham bo‘ladi.

Shakllarning o‘lchami inson bilan buyumlarga (misol uchun, yo‘l belgilari, avtomobillarga) nisbatan olib qaraladi, butun qismga nisbati ko‘riladi. Albatta, har doim ham buyumning o‘lchami uning kattaligini bildirmaydi. O‘lchami bir-biriga teng shakllar ichida hajmiy ko‘rinishidagilarning og‘irligi ko‘proq, chiziq ko‘rinishidagilarniki esa kamroq bo‘ladi.

Balandlik (o‘rmon, uylar) chegarasining qatnov qism kengligiga nisbati bilan qatnov qismining ochiq joy (ko‘cha) kengliga nisbati me’morchilikda ko‘p ishlatiladigan «oltin kesma» qoidasiga, ya’ni maxraji 0,618 bo‘lgan geometrik o‘sishga to‘g‘ri keladi.

Balandlik (o‘rmon, uylar) chegarasining qatnov qism kengligiga nisbati bilan qatnov qismining ochiq joy (ko‘cha) kengliga nisbati me’morchilikda ko‘p ishlatiladigan «oltin kesma» qoidasiga, ya’ni maxraji 0,618 bo‘lgan geometrik o‘sishga to‘g‘ri keladi.

Bu qoidani, albatta, haddidan oshirmay ishlatish kerak. «Oltin kesma» qoidasiga to‘g‘ri kelishi uchun yo‘lni boshidan oxirigacha yaxlit dahlizga aylantirib qo‘yish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi; lekin yo‘ldagi ko‘rinadigan makonning o‘rtacha balandligi har bitta me’moriy havzada aynan shunday bo‘lishga harakat qilish kerak.

Yo‘ldan qaraganda borliqdagi nigoh qamraydigan hajm mukammal hajmga yaqinlashishi uchun ko‘ndalang profildagi o‘lchamlarning me’moriy nisbati to‘g‘ri bo‘lishi («oltin kesma» qoidasiga amal qilish) kerak.

Ba’zi me’moriy havzalardagi me’moriy ko‘rinishlar sifatiga miqdoriy baho berish uchun yo‘l ko‘rinishi hajmining haqiqiy va istalgan makondagi hajmi nisbati ko‘rsatgichlarini ishlatish mumkin. Nazariy jihatdan yo‘lning ko‘rinadigan qismi ko‘rsatgichi birga qancha yaqin bo‘lsa shuncha yaxshi bo‘ladi. Tasma juda tor qamrab olinadigan yo‘llarda bu ko‘rsatgich birdan katta, chetdan chegaralanishi kam bo‘ladigan keng yo‘llarda esa «K» hajm ko‘rsatgichi birdan kam bo‘ladi.


Download 198.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling