Guruh talabasi ahmadova durdonaxon
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
3 FALSAFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa chiqarish
qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan
tafakkur shakliga aytiladi.Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak. Xulosa chiqarish - tafakkurning asosiy mantikiy shakllaridan biri. Unda mantiqning maʼlum qoidalari yordamida bir yoki bir necha hukmdan yangi hukm chiqariladi. Xulosa chiqarish chin asoslarga tayansa va toʻgʻri mantikiy kridalardan foydalansa , u vaqtda chiqarilgan xulosa ham chin boʻladi. Bu prinsipga amal qilmaslik Xulosa chiqarishda xatoga olib keladi. Masalan, "hamma mustaqil davlatlar BMT ga aʼzo" va "Oʻzbekiston mustaqil davlat" degan chin asoslardan mantikiy qoidalarga rioya qilingan holda "Oʻzbekiston BMT ga aʼzo" degan toʻgʻri xul osa kelib chiqadi. Voqelikni bilish jarayonida yangi bilimlarni hosil qilishning — Xulosa chiqarishning turli usullari mavjud. Asoslarining soniga koʻra, bevosita va bavosita Xulosa chiqarish, xulosaning chinlik darajasiga koʻra, zaruriy va ehtimoliy Xulosa chiqarish, fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra, deduktiv, induktiv va analogiya kabi turlarga boʻlinadi. Xulosa chiqarishni fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra turlarga ajratish nisbatan mukammalroq boʻlib, u Xulosa chiqarishni boshqa turlari haqida ham maʼlumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv Xulosa chiqarish zaruriy Xulosa chiqarish deb , induktiv Xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy Xulosa chiqarish deb karalishi, bevosita Xulosa chiqarish esa deduktiv Xulosa chiqarishning bir turi sifatida oʻrganilishi mumkin. Xulosa chiqarish nazariyasining yaratilishi va uni rivojlantirishda Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, F. Bekon, M.I.Karinskiy, L.V.Rutkovskiy va boshqa mantiqshunos olimlarning xizmati katta. Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Download 5.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling