Guruh talabasi  ahmadova durdonaxon


 Isbotlash va uning strukturasi, isbotlash turlari


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/28
Sana31.01.2024
Hajmi5.03 Kb.
#1818685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
3 FALSAFA

2. Isbotlash va uning strukturasi, isbotlash turlari. 
Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo’llayotgan bilimlarning qay 
darajada chin bo’lishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to’g’ri aks ettirishiga 
bog’liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko’rsatadi, 
bilishda ko’p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun xam bilish jarayonida xar bir 
fikrni to’g’ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan ko’rsata olish, xato fikrlarni 
esa rad qila bilish muxim axamiyatga ega.
Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni xodisaning (faktning) o’zi bilan solishtirish 
mumkin. Lekin ko’p xollarda bilish jarayonida natijalarining chinligi ularni ilgari vujudga 
kelgan bilimlar bilan bog’lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli 
isbotlashdir. 
Isbotlash bir xukmning chinligini u bilan bog’langan boshqa chin xukmlar yordamida 
asoslashdan iborat bo’lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil 
topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli-demonstratsiya. 
Tezis-chinligi asoslanishi lozim bo’lgan xukm, u isbotlashning 
markaziy figurasi 
xisoblanadi
; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko’rsatishga qaratiladi. Tezis bir 
muloxazaning o’zidan, yoki muloxazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni 
umumlashtirish natijalaridan yoki xodisalarning sababini ko’rsatuvchi muloxazalardan va 
shu kabilardan iborat bo’ladi. 


Argumentlar-tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan xukmlar. Argumentlar bo’lib 
faktlarni qayd qiluvchi xukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar xamda boshqa 
empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, 
albatta, o’zaro boG’langan va tezisning moxiyatiga aloqador bo’lishi lozim. 
Ta’riflar xam chin xukmlar bo’lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, 
«xarakat - bu xar qanday o’zgarishdan iborat» degan ta’rif-chin xukmdir. 
Aksiomalar chinligi o’z-o’zidan ravshan bo’lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. 
Inson tajribasida ko’p martalab takrorlanganligi uchun xam ularni isbotlash zarur emas. 
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo’ladi, ularni xech ikkilanmasdan 
argument qilib olish mumkin. 
Isbotlash usuli-demonstratsiya tezis bilan argumentlar o’rtasidagi mantiqiy aloqadan 
iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo’ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida 
mantiqan keltirib chiqariladi. 
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda 
tezisning chinligi to’G’ridan-to’G’ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo’lgan 
xukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko’p xollarda yakka xodisani ifoda qilib keladi va 
ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan qonundan, 
argument sifatida foydalanilib
, uning 
chinligi asoslanadi. Masalan «O’zbekiston - mustaqil davlatdir» degan xukm (tezis) ning 
chinligi «O’zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof 
etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi. 
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo’lgan xukmning (antitezisning) 
xatoligini ko’rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo’lishiga 
qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apogogik isbotlashda tezis 
(a) va antitezis () o’rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan «Materiya xarakatsiz 
mavjud emas» degan xukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo’lgan «Materiya 
xarakatsiz 
mavjud» 
degan 
xukm 
olinadi. 
Apogogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va 
undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so’ngra bu natijalarning xatoligi 
ko’rsatiladi (3-bosqich) va demak tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya 
xarakatsiz mavjud» degan xukm chin bo’lsa «Modiy predmetlar strukturasiz mavjud» 
degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) xam chin bo’ladi. Bizga ma’lumki, moddiy 
predmetlar strukturasiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o’zaro aloqasisiz) 
mavjud emas. demak «Materiya xarakatsiz mavjud» degan fikr xato, shu tariqa «Materiya 
xarakatsiz mavjud emas» degan fikrning chinligi asoslanadi. 
Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi xukmning (kuchli diz’yunksiyaning) bir a’zosi 
bo’lib, uning chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko’rsatish orqali 
asoslanadi. Masalan «jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan» degan fikr tekshirilib, 
«Jinoyatni V shaxs xam, S shaxs xam sodir etmaganligi aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni 
A shaxs sodir qilgan» degan xukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash 
ayiruvchi-qat’iy sillogizmning inkor etib-tasdiqlovchi modusi bo’yicha qurilgan: 


Barcha muqobil variantlar to’liq olingandagina xulosa chin bo’ladi, ya’ni tezis isbotlanadi. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling