Agar x²=d tenglamaning o’ng qismi nolga teng bo’lsa, u holda x²=0
tenglama bitta ildizga ega: x=0. x²=0 tenglamani x*x=0 ko’rinishda
yozish mumkin bo’lganligi uchun ba’zan x²=0 tenglama ikkita o’zaro teng
ildizga ega deyiladi:
𝑥
1,2
= 0.
Agar d
< 0 bo’lsa, u holda x²=d tenglama haqiqiy ildizga ega bo’lmaydi,
chunki haqiqiy sonning kvadrati manfiy son bo’lishi mumkin emas.
Masalan, x²=-25 tenglama haqiqiy ildizlarga ega emas.
IV. O’tilgan mavzuni yanada mustahkamlash uchun o’quvchilarga
qo’shimcha ma’lumotlardan iborat taqdimot qilish
Mavzuni mustahkamlash uchun
" O’ylang texnikasi "
metodi
dan foydalanish
Ushbu texnika birgalikdagi faoliyat bо‘lib, talabalarni matn ustida
fikrlash, о‘z g‘oyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida
muayyan shaklda ifodalashga yо‘naltiradi.
«О‘ylang-Juftlikda ishlang-Fikr almashing» texnikasidan foydalangan
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. О‘qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin о‘ylab chiqish, sо‘ng
qisqa javoblar yozish tartibida.
2. Talabalar juftliklarga bо‘linib, biri biri bilan fikr almashadilar va
ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni
ishlab chiqishga harakat
qiladi.
3. О‘qituvchi bir necha juftliklarga о‘ttiz sekund davomida
auditoriyaga о‘z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi.
Quyidagi о‘quv topshiriqlarini bajarish uchun 3 guruhga bо‘lining:
1. Mustaqil xohlagan shaklda «hamkorlikdagi о‘qish», «о‘zaro о‘qish»,
«birgalikda о‘qish»
tushunchalariga, sizning fikringiz bо‘yicha, munosib
tavsif va belgilarni yozing.
2. Guruhda birgalikda yozilganni
muhokama qiling va ushbu
tushunchalarni birga taqqoslab tahlil qilishga harakat qiling (grafik tashkil
etuvchilaridan foydalanishingiz mumkin).
3. Siz uchun uchta о‘qish texnikasidan qaysi biri ma’qul? О‘z
javobingizni asoslab bering.
Ushbu mavzu bо‘yicha guruh bilimini aks etadigan kо‘rgazmali
taqdimotni tayyorlang.
Boshqa guruhlar a’zolarining bilimini
tekshirish uchun savollarni
tayyorlang.
1.Kvadrat tenglama deb nimaga aytiladi?
2.Kvadrat tenglamaning nechta ildizi bo`ladi?
V. Darsni yakunlash:
a) o`quvchilarni baholash
b) uy vazifasi berish 297- misol