Guruh talabasi Sobirjonov Jasurbekning Bojxona ishi fanidan mustaqilish I mavzu: Mavzulashtirilgan Qabul qildi: Baltabayeva Malohat
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT TOVAR NOMEKLATIRASI VA UNING AHAMIYATI
Download 81.34 Kb.
|
8 tasi bitta
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT TOVAR NOMEKLATIRASI VA UNING AHAMIYATI
TOVAR NOMENKLATURASI–TN (товарная номенклатура–ТН)–sotuvchi tomonidan haridorga taklif etilayotgan barcha tovar turlari (assortimentlari) yig’indisi. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT TOVAR NOMENKLATURASI–TIF TN (Товарная номенклатура внешно-экономическое деятел’ности ТНВЭД) yoki uyg’unlashgan tizim nomenklaturasi-UTN (Номенклатура гармонизированной системы–НГС) faoliyatni davlat boshqaruvi sistemasi bo’lib, tovarlarning bo’limlari, guruhlari va subpozitsiyalari uchun sinflashning asosiy qoidalari, qo’shimcha izoxlar va klassifikatsiya qismlaridan iborat. UTN–tashqi iqtisodiy faoliyat ko’p maqsadli tovar nomenklaturasi hisoblanib, u tovarlarni Har taraflama ixchamlashtirilgan holda batafsil ta’riflovchi klassifikatordir. U xalqaro savdo-sotiq statistik ma’lumotlarini taqqoslash va analiz qilishda, bojxona tijorat faoliyati, statistik xizmat talablarini qondiruvchi tovarlarni uyg’unlashgan tizimda tariflash va kodlash bo’yicha xalqaro konventsiyaning ajralmas qismidir. Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish. bojxona yo’li bilan tartibga solishda nomenklaturadan foydalanish yo’lga qo’yilgan. Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va soddalashtirishda tovar nomenklaturaning ahamiyati juda cheksizdir savdo-sotiqning eksport-import operatsiyalarining rivojlanishi va murakkablashishi ularga oid hujjatlarning takomillashtirilishiga sabab bo’ladi. SHuning uchun ham tovar nomini raqamli kodlar bilan ifodalashdan xalqaro miqyosda eng qulay usul hisoblanadi. II. TIF TN ning yaratilishi, Konventsiya 1.nomenklaturalar tarixi Eksport-import operatsiyalarining rivojlanishi va murakkablashuvi ularga oid bo’lgan hujjatlarni takomillashtirilishiga yoki ularga kerakli zamonaviy qo’shimchalar kiritilishiga sabab bo’lmokda. Dastlabki yaratilgan klassifikatsion sistemalar o’ta sodda to’zilgan bu–lib, ma’lum miqdordagi boj va to’lovlar undirilishi lozim bo’lgan tovarlarning ruyxatidan iborat edi. Biroq tovarlar turlarining o’zgarishi bilan ulardan undiriladigan boj miqdorlarini belgilovchi aniq va printsipial klassifiqatorni yaratish zarur bo’ldi. Yagona xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan tovar nomenklaturasini yaratish, uchun bir asr davomida o’rinishlar olib borilgan. 1853–1908 yillar davomida shu maqsadda bir qancha xalqaro kongresslar o’tkazilgan.Dastlabki nomenklatura 1853 yilda Bryusselda imzolangan. U xalqaro statistik nomenklaturaning yaratilishiga imkon yaratdi. 1869, 1872, va 1876 yillarda xalqaro statistik kongresslar bo’lib o’tdi va 1885 yilda xalqaro statistika instito’ti tashkil etildi. Dastlabki yagona statistiq nomenklatura 1913 yilda Bryussel shaxrida 2-xalqaro savdo statistikasiga bag’ishlab o’tkazilgan Konfvrentsiyada qabul qilindi. Unga 29 davlat rahbarlarigina imzo chekkan bo’lib, fakatgina 5 ta guruh (tirik hayvonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlanadigan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar. oltin va kumush) va 186 tagina tovar o’rni belgilangan edi. Keyinrok 19 27-37 yillarda yagona bojxona nomenklaturasi (Jeneva nomenklaturasi) ga asos solindi. U 21 ta bo’lim, 86 ta guruxlarga joylashtirilgan 991 ta poziyatsiyadan iborat edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin davlatlar iqtisodiyotini tiklash va savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida yangi nomenklaturaga ehtiyoj sezildi. Yevropa bojxona. ittifoqining ishchi guruhi tomonidan Jeneva nomenklaturasi asosida 1950 yilning 15 dekabrida Bryussel’ shahrida tovarlarni bojxona ta’rifi bo’yicha klassifikatsiyalash maqsadida nomenklatura qabul qilindi. O’z navbatida oltmishinchi yillar oxirida bu nomenklaturaga ham o’zgartirishlar kiritish talab etildi. Bu ishga. 1970 yillardai boshlab kirishildi va tayyorlov ishlari 1981 yilda tugallandi. 1983 yilning 14 iyunida Bryussel’ shahrida tovarlarni uyg’unlashgan tizimda ta’riflash va kodlash bo’yicha xalqaro Konventsiya qabul qilindi. U 20 moddadan va asosiy qoidalardan iborat bo’lib, ingliz va frantsuz tilidagi asl nusxalari Bryussel’ shahrida saqlanadi. Nomenklaturadan xalqaro miqyosda foydalanish esa 1988 yilning 1 yanvaridan joriy etildi. 2. TIF TN ning asoslari va yaratilishi TIF TN ni to’zishda 59 ta davlatdan ekspertlar va ko’plab davlatlararo hamda nodavlat iqtisodiy tashkilotlari, shu jumladan xalqaro savdo palatasi, "Ta’rif va savdo bo’yicha oliy kengash", standartlash bo’yicha xalqaro tashkilot, BMT ning statistik byurosi katnashgan. Yangi texnologiyalarning vujudga kelishi, ularning tez fursatlarda ishlab chikarishga joriy etilishi. hamda savdo-sotiqning rivojlanishi nomenklaturaning uzliksiz boyitib boritilishini taqazo etadi. Uning takomillashtirilgan va tuldirilgan ikkinchi nashri qayta chop etilib, 19 92 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi. 1993 yidda uchinchi nashri chop etildi. Nomenklaturaning asosini quyidagilar tashqil etadi: o Xalqaro Bojxona kengashi nomenklaturasining oxirgi redaktsiyasi; o Vryussel’ bojxona nomenklaturasi : o BMT xalqaro savdo klassifiqatori: o 12 ta xalqaro va milliy klassifikatsion sistemalar. TIF TN dan davlatlarining 80% dan ortigi, ya’ni GATT (Qeneral aqrement on tarifs and trade–Генеральное соглашеные о тарифах и торговле) ta’rif va savdo bo’yicha Bosh bitim, tarkibidagi 150 davlat (bu davlatlar hissasiga dunyo savdo-sotig’ining 90% to’g’ri keladi), shu jumladan MDX davlatlari foydalanadilar. Download 81.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling