Guruh talabasi Sobirjonov Jasurbekning Bojxona ishi fanidan mustaqilish I mavzu: Mavzulashtirilgan Qabul qildi: Baltabayeva Malohat


TIF VA UNI TARTIBGA SOLISHDA BOJXONA O’RGANLARINING AHAMIYATI


Download 81.34 Kb.
bet5/7
Sana31.03.2023
Hajmi81.34 Kb.
#1311972
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 tasi bitta

TIF VA UNI TARTIBGA SOLISHDA BOJXONA O’RGANLARINING AHAMIYATI
Bojxona nazorati shakli sifatida tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin TIF ishtirokchisi faoliyatini baholash hamda ularning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keyingi hisobini tekshirishni nazarda tutuvchi bojxona auditini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining (keyingi oʻrinlarda – nazorat organlari) tifni notarif tartibga solish choralarini qoʻllash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Tovarlar importi va eksporti tuzilmasi hamda dinamikasining chuqur holatiy tahlilini, shuningdek, import hajmi ham jismoniy, ham qiymatiy oʻsishining sabablari tahlilini amalga oshirish;
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari boʻyicha manfaatdor idoralar bilan hamkorlik oʻrnatish.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; nazorat qiluvchi organlar tomonidan TIFni amalga oshirishda ruxsatnoma va boshqa tusdagi hujjatlar olinishi lozim boʻlgan hamda litsenziyalanadigan va kvotalanadigan tovarlarga nisbatan notarif tartibga solish choralari qoʻllashni muvofiqlashtirish; nazorat qiluvchi organlarning tovarlarni olib kirish va (yoki) olib chiqishda ular tomonidan taqiqlarni qoʻllash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimini qoʻllash va takomillashtirish uslubiyatlarini ishlab chiqish;
intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish;
eksport nazorati obyektlarining bojxona rasmiylashtiruvi ustidan nazorat qilish uslubiyatini ishlab chiqish va joriy etish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018 yil 11 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni vakillari, hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, viloyatlar hokimlari, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralar rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishildi.
“O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyili izchil hayotga tatbiq etilishi mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratish, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosidagi aloqalarni mustahkamlash imkonini berdi. Shu asosda suvdan oqilona foydalanish, chegara, transport qatnovini qayta tiklash va kengaytirish kabi ko‘plab nozik masalalarga yechim topildi.
Rossiya va boshqa MDH mamlakatlari, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Yevropa va Osiyodagi bir qator davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YeXHT, ShHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. Toshkent shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ofisi qayta ish boshladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiyalari banki bilan hamkorlikni yangicha asosda yo‘lga qo‘yildi.
2017 yilda 200 dan ortiq xalqaro shartnomalar, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida qiymati qariyb 60 milliard AQSh dollariga teng kelishuv va bitimlar imzolandi.
Bunday salmoqli ishlarda Tashqi ishlar vazirligi ham muhim o‘rin tutgani ta’kidlandi.



Download 81.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling