tarbiyaviy:o‘quvchilarni xalqimiz o‘tmishiga, ajdodlarimiz yaratgan merosga hurmat ruhida tarbiyalash; TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; TK4: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; TK6:kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni lug‘at boyligini oshirish;
TK2:media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish;
FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay olish, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana olish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, ta’limiy o‘yin, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Husnixat daqiqa:
Vatanning chin, haqiqiy farzandi bo‘l!
|
Uyga berilgan vazifa sharti asosida tekshiriladi.
“So‘z tuz” ta’limiy o‘yin. Skanerdan o‘quvchilar so‘zlarni topib, daftarlariga yozadilar.
R
|
U
|
Ch
|
K
|
A
|
E
|
D
|
N
|
S
|
G
|
I
|
Q
|
O
|
A
|
D
|
A
|
F
|
T
|
A
|
R
|
R
|
G
|
U
|
B
|
O
|
L
|
P
|
S
|
K
|
E
|
D
|
B
|
A
|
F
|
L
|
Y
|
J
|
Ch
|
Z
|
M
|
A
|
I
|
O‘
|
Ch
|
I
|
R
|
G‘
|
I
|
K
|
L
|
D
|
Z
|
G‘
|
I
|
Ch
|
U
|
|
Yozgan so‘zlaringizga so‘roq bering.
So‘zlarni bir so‘z bilan atash mumkinmi?
So‘zlarni ko‘plik shaklida o‘qing.
Shu so‘zlarni qatnashtirib, bitta gap tuzing.
Gaplarning bosh bo‘laklarini topib, tegishlicha chizing.
III. Mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
149-mashq matnini o‘quvchilar o‘qiydilar. Yozilishi qiyin so‘zlar aniqlanadi. So‘zlarni og‘zaki ravishda tovush-harf tomonidan tahlil qiladilar.
Matndagi otlarni so‘roqlar yordamida aniqlang.
Matndagi otlarni ma’nosiga ko‘ra necha guruhga ajratish mumkin?
1-topshiriq.
149-mashq. Ekranda mashq matni namoyish etiladi. Matn ostida shaxs, narsa va joy nomlarini bildirgan so‘zlarni ajratish uchun maxsus joy beriladi. Matnni o‘qib. Otlarni aniqlab, ularni ma’nosiga ko‘ra guruhlaydilar.
|
150-mashq. O‘quvchilar matnni o‘qiydilar. Yozuvda xatoga yo‘l qo‘yadigan so‘zlarni aniqlaydilar.
Matn kim haqida ekan?
Mahmudjon qayerga bordi?
Uni ammasi nima bilan mehmon qildi?
Nima uchun Mahmudjonning uyqusi kelmadi?
Mahmudjon to‘g‘ri ish qildimi?
Matndan shaxs otlarini so‘roq yordamida toping.
Narsa otlarini ham topib, ustun qilib yozing. O‘quvchilar shaxs, narsa, joy nomlarini 3 guruhga ajratib ustun shaklida mustaqil yozadilar.
2-topshiriq.
Ekranda she’r matni ostida matndan birlik va ko‘plikdagi otlarni ajratishlari uchun maxsus joy ajratiladi. O‘quvchilar o‘qib, so‘roqlar yordamida birlik va ko‘plikdagi otlarni aniqlaydilar.
|
151-mashq. O‘quvchilar matnni o‘qib, sarlavha qo‘yadilar.
Matn nima haqida ekan?
Matnda ma’nosiga ko‘ra qanday otlar berilgan?
Qushlar nomini bildirgan otlar soniga ko‘ra qannday otlar?
Amudaryo so‘zi ko‘plikda qo‘llanishi mumkinmi?
Yana qanday otlarga –lar qo‘shimchasi qo‘shilmaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |