198
boshlangandan bir haftadan 2-3 oygacha uning simptomlari asta-
sekin susayib boradi. Bugingi kunda VICHga qarshi samarali
dorilar ishlab chiqarilgan va kompleks
dori terapiya asosida
kasallik ko‘rsatkichlarini juda pasaytirishga erishildi. Natijada
SPIdning tez rivojlanishi sezilarli darajada sekinlashdi. Shunday
qilib, orttirilgan kasallik bilan ham parallel uzoq umr ko‘rish
imkonini bo‘ladi. Parvarish vazifalari
sifatida quyidagilar
ajratiladi:
a) shartli-patogen infeksiya paytida kerak bo‘lgan jismoniy
parvarish. Bu parvarishning vazifasi infeksiya tufayli yuzaga
kelgan og‘riqni yo‘qotish va infeksiya
belgilarini bartaraf etish;
b) psixologik parvarishda davolash rejasida va o‘z-o‘zini
parvarish qilishga nisbatan ijobiy munosat rag‘batlantiriladi;
c) VICHga qarshi dorilar qabul qilishda qo‘llab-quvvatlash,
dorilarni to‘g‘ri qabul qilishdan, davolash kursini hayot tarzi deb
tan olishdan va bir vaqtda kechayotgan ta’sirlarni bartaraf etish;
d) bemorga taalluqli bo‘lgan ijtimoiy resurslar va shu
kabilardan foydalanishda uni qo‘llab-quvvatlash.
Do'stlaringiz bilan baham: