H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy asoratlar
- Tashqi qoplamlar infeksiyasi
- Asosiy teri qoplami infeksiyalarining klinik simptomlari
Asosiy klinik tekshiruvlar
Toshmali tif qo‘zg‘atuvchisi - provacheka rikketsiya (Rickeciya provazekki) faqat hujayralar ichida ko‘payadigan bakteriyalar turidir. Rekketsiyaning tirik yoki oiik holatidan qat’i nazar genning aplikatsiyasi asosida diagnostika o‘tkazish mumkin. Rekketsiyani hatto u infeksiya qobiliyatini yo‘qotgan paytida ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari, bit ham toshmali tif tekshiruvining obyekti hisoblanadi. Bunday bakteriyalar yuqori yuqumlilikxususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli material va instrumentlr bilan ish olib borganda xavfsizlik choralarga qat’iy rioya qilish kerak. Asosiy asoratlar Kishi bir marta bu kasallik bilan kasallangandan keyin unda uzoq vaqt davomida yuqori chidamli immunitet hosil bo‘ladi. Shu bilan birga, kishida yashirin infeksiya rivojlanishi va kasallik bir necha yildan keyin qaytalanishi mumkin. Bunday holatlarda immun tizimi faoliyatining susayishi ortiqcha stress, yetarlicha ovqatlanmaslik natijasida yuzaga keladi. Tashqi qoplamlar infeksiyasi Tashqi qoplamlar infeksiyasi holatida teri shikastlanishi, tilinishi va yaralanishi orqali organizmga kirib kasallikni qo‘zg‘atadi. Natijada o‘tkir yallig‘lanish organizm ahvolini og‘irlashtiradi. Kuydirgi, qutirish, qoqshol va shu kabi kasalliklar bu guruhni tashkil qiladi. 195
Yuqumli kasalliklar bilan zararlangan hayvonlar talaganda qo‘1-oyoq yaralariga qo‘zg‘atuvchi tushish oqibatida kishi kasallik yuqtiradi. Terida kuydirgi kasalligining ko‘rinishi: tashuvchilar o‘txo‘r hayvonlar teri yarasida qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan bevosita infeksiyalardir. Inkubatsion davr (bir necha soatdan bir haftagacha) o‘lgandan so‘ng zararlangan terida to‘q qizil dog‘ paydo bo‘ladi. Kevin bu dog‘ papulaga o‘tadi, undan pufak, pustula, yara hosil bo‘ladi. quturish simptomlari: hayvonlar (asosan, itlar) tishlaganda, ularning so‘laklari orqali qutirish kasalligi yuqadi. Inkubatsion davri 20 kunga yaqin muddatni qamrab oladi. Biroq ayrim holatlarda kasallik bir hafta ichida avjiga chiqishi mumkin. Hatto yara tuzalib ketganda ham og‘riq, qichish davom etadi. Bezovtalanish, uyqusizlik dastlabki simptomlardan hisoblanadi. Vaqt o‘tib bemorning asabiylashishi kuchayadi, unda ko‘rish va eshitish bilan bog‘liq gallyutsinatsiya kuzatiladi. Bemor suv ichkisi kelganda uning nafas olish mushaklari taranglashib tortilib qoladi. Shu holatdan kelib chiqib bemorda gidrofobiya (suvdan qo‘rqish) kasalligi rivojlangan, degan taxminlar mavjud. Oz vaqtida davolash choralari amalga oshirilmasa, simptomlar kuchayib boradi, natijada qo‘l-oyoqlar, til, yuz shol holatiga keladi va bemor jon beradi. Yuqorida keltirilgan teri infeksiyalarining oqibati salbiy natija bilan tugaydi. Teri shakli ko‘rinishidagi kuydirgi kasalligining dastlabki bosqichida davolash kursi olib borilganda kasallik asoratsiz davolanadi. Biroq qutirish kasalligi simptomlari yuzaga kelganda bemorni qutqarib qolish imkoni boimaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling