199
individual foydalanish to‘g‘risida bemor oilasi va yaqinlari
orasida insruktaj o‘tkazish.
Jamoa hamshirasi patronaji. Vrach ko‘rsatmalariga
binoan
hamshira uyida davolanadigan OITS bilan og‘rigan bemorning
uyiga borib, unga va uning oila a’zolariga parvarish xizmatlarini
o‘rgatadi. Hamshira parvarishi
psixiologik tomonga muhim
ahamiyat berib, uyda davolash kursi bilan bog‘liq yordamni
ko‘rsatadi. Mijoz va uning oilasi bilan muloqotda bo‘lganda
doimo ularga nisbatan hamdard bo‘lish, ishonchli munosabatlar
o‘rnatilishini hamshira doimo yodda tutishi kerak. davolash
natijasi ana shu omillarga bo‘g‘liq bo‘ladi. Hamshira bemorning
turmush tarzi va psixiologik holatini yaxshilab o‘rganib,
dori-
darmon bilan davolanishning aniq uslublari bo‘yicha unga
instruktaj beradi. Bunday holatlarda davolanish zarurligi,
samarasi va ta’sirlari, davolanishni olib borish uslublari va
boshqalar to‘g‘risida bir necha
marta tushuntirish muhim
hisoblanadi. Shuningdek, vrach buyurgan doridan tashqari
boshqa dorilarni parallel qabul qiladigan bemorlar ham uchraydi.
Bunday hodisalarni e’tibordan
chetda qoldirmaslik kerak, chunki
ba’zi dorilarni birga qabul qilish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: