219
doskaning poldan balandligi 0,7-0,8 m bo‘ladi. Maktab va
bo‘g‘cha yoshdagi bolalar uchun tayyorlangan mebellar yengil
taxtalardan tayyorlanib, rangli bo‘yoqqa bo‘yaladi. O‘yinchoqlar
saqlanadiganshkaflar,kiyimshkaflaribolalarbo‘yichamos
bo‘lishi kerak. Maktab jihozlaridan
gigiyenik talablarga rioya
qilgan holda foydalanish to‘g‘ri jismoniy rivojlanishga va
ko‘rish faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Partaning stoli va
kursisi birlashgan bo‘lib, stolning qiyaligi 12
gradusdan kam
bo‘lmasligi kerak.
Partaning stoli tagiga kursi biroz kirib turishi zarur. Shunda
bola to‘g‘ri o‘tiradi.(4-rasm).
220
4-rasm. O‘quvchining partada to‘g‘ri o‘tirish holati
A) yonidan ko‘rinishi B) old tomondan ko‘rinishi
O‘quvchilarning partasi stol va stuldan iborat bo‘lib, 1 yoki
2 kishilik bo‘ladi. Ularning hammasi taxtadan yasaladi.
Stulning balandligi bolaning boldir qismiga teng bo‘lishi
kerak. Agar kursi baland bo‘lsa, bolaning oyog‘i osilib, songa
ko‘p og‘irlik tushadi.Agar kursi past bo‘lsa,
oyoqlar kursi
ostiga ko‘tarilib, son va tizza oralig‘ida uchburchak hosil
qiladi, oyoq qon tomirlarida qon almashinishi qiyinlashadi.
Agar kursining kengligi son uzunligining 2/3 yoki 3/4 qismiga
to‘g‘ri kelsa, o‘quvchi kamroq charchaydi. Har bir kursining
maxsus suyanchig‘i bo‘lishi kerak.bular qo‘shimcha tayanch
bo‘lib hisoblanadi.
Jihoz differensiyasi deb, stol cheti bilan
kursi orasidagi masofaga aytiladi. differensiyaning 0+2 sm ga
o‘zgarishi o‘quvchining holatiga ta’sir etmaydi. differensiyaning
ko‘pligi yozish davrida o‘quvchiga o‘ng yelkasini ko‘tarishga
majbur qiladi va umurtqa pog‘onasining
qiyshayishiga olib
221
keladi.differensiyaning kamligi esa bolaning bukchayishiga,
ko‘z faoliyatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Stoldan kursigacha
bo‘lgan gorizantal masofa kursining distansiyasi deb ataladi.
Agar kursi stolga yaqin kirib tursa,
bu kursining manfiy
distansiyasi deb atalib, o‘tirishga qulay hisoblanadi. Kursi
suyanchig‘ining masofasi oshib ketsa, o‘quvchi qulay o‘tira
olmaydi (5-rasm).
5-rasm. Juda baland (a) juda past (b) stulda o‘tirganda
Do'stlaringiz bilan baham: