H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Bolalikning turli davrlaridagi xususiyatlari


Download 485.49 Kb.
bet30/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

4.5. Bolalikning turli davrlaridagi xususiyatlari
balog‘atga yetmagan qizlar va ayollar organizmida 
rivojlanish davridagi o‘zgarishlar va ularning 
salomatligiga ta’sir etuvchi omillar

Хotin-qizlar­ salomatligini­ saqlash­ ayol­ umri­ davrlariga­


bog‘liq holda alohida ahamiyatga ega. Ayol umri ruhiy va jis-
moniy o‘zgarishlarga qarab bir necha davrlarga bo‘linadi:
Ona qornidagi davr. Bu davrda homilaning paydo bo‘lishi,
rivojlanishi va shakllanish jarayoni platsentadan keluvchi


68
gormonlar ta’sirida amalga oshadi. Embrional rivojlanishning


3–4-haftasida jinsiy bezlar, 6–8-haftasida jinsiy a’zolar
rivojlanadi. Homila ona qornida rivojlanishining har haftasida
reproduktiv sistemaning muhim jarayonlari amalga oshadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri. Bu davr chaqaloq
tug‘il gan dan boshlab 4 haftani yoki 28 kunni o‘z ichiga oladi.
Bola tug‘il gan da uning jinsi tashqi jinsiy a’zolar tuzilishiga
qarab belgilanadi. Chunki bu davrda boshqa jinsiy belgilar
rivojlanmagan bo‘ladi.
Bolalik davri tug‘ilgandan boshlab 8 yoshgacha davom eta-
di.­Organizm­asta-sekin­fiziologik­va­jinsiy­jihatdan­rivojlanib­
bo radi.
Bolaning mukammal rivojlanib borishi uchun uni 3–4
yoshligidanoq ma’lum tartib va gigiyena qoidalariga o‘rgatib
borish zarur. qiz bolalar o‘z to‘shagida uxlashi, zarur shaxsiy
gigiyena vositalari bilan ta’minlanishi, bolalar kiyimlari katta-
larnikidan alohida yuvilishi kerak. Hayotining birinchi yilida
pamperslar faqat sayr va tungi uyqu vaqtidagina qo‘llanilishi
mumkin. qiz bola tashqi jinsiy a’zolari shilliq qavati haddan
tashqari nozik bo‘lib, u turli yuvish vositalari va sintetik mato-
larga sezgir bo‘ladi. Shuning uchun ham tashqi jinsiy a’zolarda
qizarish paydo bo‘lsa yoki turli ajralmalar kelgan taqdirda bola-
lar ginekologiga murojaat qilish kerak.
Bolalarni har kuni yuvinib, ozoda yurishga, bir kunda 2 marta
tish yuvish, 4–5 marta siydik qopini bo‘shatish, har bir hojatdan
so‘ng va ovqatdan oldin qo‘llarini yuvish, agar uyda uy hay-
vonlari boqilsa, bolalarni ehtiyotlash maqsadida ularni parazit-
lardan tozalash, hayvonlar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga
o‘rgatish lozim.
4–5 yoshdan boshlab tashqi jinsiy a’zolar parvarishiga alohi-
da e’tibor berish zarur. Har gal ich bo‘shatilgandan so‘ng max-
sus salfetkada artish, har kuni ich kiyimini almashtirish kerak.


69
Bolaning dam olishi va foydali mehnat bilan shug‘ullanishi


uchun qulay sharoit yaratish, darmondorilarga boy, quvvatli
ovqat lanishni, 10 soatlik osoyishta uyqu, toza havoda bo‘lishni
ta’minlash lozim.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling