H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statsionar
- IV bob
- 4.1. Sog‘lom oila tushunchasi Sog‘lom oila
Tayanch so‘z va iboralar
1. Sanologiya – salomatlik haqida ta’limot 2. Salomatlik determinanti–xavfliomil 3. Dispanserizatsiya – kasalliklarni aniqlash va tashxis qo‘yish 4. Konsultativ markaz – maslahat markazi 5. QVP – qishloq vrachlik punkti 6. Kardiologiya – yurak kasalliklarini o‘rganuvchi fan 7. Onkologiya – o‘sma kasalliklarini o‘rganuvchi fan 8. Statsionar – shifoxona bo‘limlarida yotib davolanadigan tibbiyot muassasalari. Savollar 1. Salomatlik ko‘rsatkichi nima? 2. Salomatlik determinantlari necha guruhga bo‘linadi? 3. Dispanserizatsiyaning vazifasi nima? 4. Aholini dispanser ro‘yxatiga olish muassasalarining necha turi mavjud? 5. Oilaviy hamshiraning vazifalari nimalardan iborat? 6. Oilaviy hamshiraning afzalliklari nimalardan iborat? 62
OILA SALOMATLIGI VA HAMSHIRALIK PARVARISHI. HAMSHIRANING ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISHDAGI FAOLIYATI Reja 1. Sog‘lom oila tushunchasi. 2. Oila salomatligini mustahkamlashda hamshiraning maq sad va vazifalari. 3. Oilada hamshiralik jarayonini amalga oshirishda qo‘llani ladigan nazariyalar. 4. Onalik va bolalikni muhofaza qilish. 5. Bolalikning turli davrlaridagi xususiyatlari, balog‘atga yet magan qizlar, ayollar organizmida rivojlanish davridagi o‘zgarishlar va ularning salomatligiga ta’sir etuvchi omillar. 6. Jamoadagi ayol hayoti davrlarida salomatlikni muho- faza qilish. 7. Reproduktiv salomatlik haqida tushuncha. 4.1. Sog‘lom oila tushunchasi Sog‘lom oila butun jamiyatning sihat-salomatligini belg- ilaydi. Sog‘lom oila – bu jamiyatimizning jismoniy sog‘lom, ma’naviy boy va barkamol farzandlar tarbiyalanadigan o‘zagidir. Aholi salomatligini yaxshilashda, onalar va bolalar o‘limini kamaytirishgaerishishdademografikholatnimuvofiqlashtirish muhimdir.Demografikholatnimuvofiqlashtirishikkimaqsad- ni – bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ular o‘limini kamay- tirishni nazarda tutadi. 63
sida olib borilayotgan targ‘ibot ishlaridan maqsad tug‘ilishni cheklash emas, balki tug‘ishdagi oraliq muddatini uzaytirib, sog‘lom avlodni dunyoga keltirishdir. Onalar sog‘lig‘ini yaxshilash, ona va bolalar o‘limini kamaytirishdan iboratdir. demografik holatni muvofiqlashtirishning asosiy maqsadi oilada farzandlar sonini ko‘paytirish emas, balki uning sifatini yaxshilashdir. O‘tkazilgan tadqiqotlarga qaraganda aholining 60 %ioiladao‘rtacha1–2tafarzandbo‘lishinimaqsadgamuvofiq debhisoblaydi.Respublikadaolibborilayotgandemografik siyosat o‘ziga quyidagilarni qamrab oladi: – oila, oilaviy munosabatlar, oilada sog‘lom turmush tar- zini targ‘ib qilish, yoshlar tafakkurini, dunyoqarashini shu yo‘nalishda shakllantirish; – yosh kelin-kuyovlarning bir-birini tushunishi, tinch va moddiy jihatdan ta’minlangan oilada ertangi kunga ishonch bilan ke lajak avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish mas’uliyatini anglab yetishi; – erkaklarning farzandlari va ayollari sog‘lom bo‘lishi uchun farzand ko‘rish oralig‘i 3 – 4 yil bo‘lishini, gap uning kelajakda- gi nasli, avlodning salomatligi haqida borayotganligini anglatish; – oila qurayotgan yoshlar faqat oila oldidagina emas, bal- ki kelajak avlod va millatning sog‘lom bo‘lishi uchun javobgar ekanliklarini anglab yetishlari; – ma’naviy barkamol farzandlarni voyaga yetkazishda ota- ona larning sanitariya-gigiyena jihatdan yetarli bilimga ega bo‘lishlariga erishish; – ayollar maslahatxonalarini zamonaviy uskunalar bilan jihoz lash va bu yerda, tug‘ish oraliq muddatini saqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy kontraseptivlarning ayol organizmi- dagi boshqa kasalliklarni davolovchi xususiyati haqida tashviqot ishlarini olib bo rish; 64
o‘tka zish. Respublika Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ma’naviy barkamol, axloqiy pok yoshlarni tarbiyalash, makta- blarda turli jinsiy yuqumli kasalliklar, jinsiy munosabat, nikoh- oila munosabatlari haqida tarbiyaviy va tashviqot ishlarini olib borish; –demografikmuammolar–onavabolasalomatliginimuho- faza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, ekologik sharoit- larni yaxshilash, oila turmush madaniyatini oshirish kabi vazi- falarni yechishdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasida qu yi dagilar nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar deb ko‘r- satilgan: – loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida; – nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindosh- lar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlik- ka olinganlar o‘rtasida; – loaqal bittasi ruhiy kasalligi yoki zaifligi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida. Hozirda respublikamizda nikohlarni birmuncha yosharishi kuzatilmoqda. qizlarning oilaviy hayotga jismonan, ma’nan va ruhan, reproduktiv va jinsiy hayot madaniyatiga tayyor bo‘lmagan holda erta turmushga chiqishlari quyidagi oqibat- larga olib kelmoqda: – yosh oilalar orasida ajralishlarning ko‘payishi, statistik ma’lumotlarga qaraganda ajralishlar aynan yoshlar oila qurgan- dan boshlab 5 yil davomida ro‘y berishi; – tug‘ish vaqtidagi murakkabliklar, tug‘ish va homiladorlik o‘rtasidagi oraliq vaqtning qisqarishi; 65
lar o‘rtasida o‘limning ko‘payishi. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling