66
II bosqich – oila muammolarini o‘rganish va bemor shikoyat-
ini aniqlash, hamshira tahlilini o‘tkazish.
III bosqich – hamshira yordamini va parvarish rejasini tuzish.
IV bosqich – rejani amaliyotda qo‘llash.
V bosqich – bajarilgan ishlarni tahlil qilish va natijani oila
a’zolariga ma’lum qilish.
Oilaviy hamshiralar uchun bu 5 ta bosqichni qamrab olgan
„Oila a’zolarining oilada muntazam nazorati“
standart jurnali
amalga joriy etiladi.
Jurnalda oila a’zolarining ism-sharifi, tug‘ilgan yili va
sanasi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda
hamshiraning tibbiy xulosasi,
bemorning qon bosimi, pulsi, tana harorati va shikoyati
haqidagi ma’lumotlar qayd etilishi lozim. Eng asosiysisi, shu
oilada qanday
muammolar mavjud, yoki masalan, bemor qon
bosimining oshishiga qanday muammolar sabab bo‘ldi va
birinchi navbatda bemorni qon bosimi
oshmasligi uchun mavjud
muammoniqandaybartarafetishkerakligihaqidahamshirafikr
yuritishi kerak. Bemorga ko‘rsatiladigan yordam rejasi asosida
amalga oshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan yordam natijasi ushbu
jurnalda o‘z aksini topishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: