H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet32/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Klimakterik davr – ayollar reproduktiv sistemasi funksiyasi-
ning so‘nib borish davri hisoblanib „klimaks“ termini o‘rniga
qu yidagi terminlar qo‘llanilishi qabul qilingan.
Menopauza oldi davri – 45 yoshdan menopauzagacha.
Menopauza davri – menopauza oldi davri bilan menopau-
zadan keyingi 2 yil.
Menopauzadan keyingi davr. Jahon Sog‘liqni Saqlash
Tashkiloti­tasnifi­bo‘yicha­70–74­yosh­keksalik,­75–89­yosh­
qarilik, 90 yoshdan oshgan kishilar uzoq yashayotgan kishilar
hisoblanadi.
Хotin-qizlar­salomatligini­saqlash­va­tiklash­maqsadida­
1991-yil 23-noyabrda O‘zSSVning 154-sonli „Tug‘uruq
yoshidagi ayollarni sog‘lomlashtirish“ buyrug‘i ishlab chiqildi
va hayotga tatbiq qilindi. Buning shiori „Kasal ona tug‘masligi
kerak, tug‘ilgan bola o‘lmasligi kerak“dir.
4.6. Ayol hayoti davrlarida salomatlikni muhofaza qilish
Homiladorlik – bu har bir ayol kutadigan va hayajonlana-
digan holat. Birinchidan, homilador bo‘lishi bilan ayolda bir
nechta savollar tug‘ilishi mumkun va hamshira ushbu savollar-
ga javob berishi lozim.
Ikkinchidan, homiladorlik davrida bir nechta kichik muom-
malar tug‘ilishi mumkin, lekin bu holatlar bezovta bo‘ladigan
belgilar deb hisoblanmasdan, ayolga biror noqulaylik keltirishi
mumkinligi ni bilish:
uyqu bosishi;
– ishtaha oshishi, o‘tkir va sho‘r ta’mli ovqatlarni iste’mol
qi lishni xohlash;
– ertalab ko‘ngil aynishi;


71
–­kayfiyat­o‘zgarishi;


– ushbu holatlarda ayolga tez-tez, kam-kam ovqatlanish,
tinch lanish haqida ma’lumot bering va tushuntirish ishlarini olib
boring.
–­homilador­ayolda­xavfli­belgilar­kuzatilganda­tezda­tibbi-
yot xodimiga murojaat qilishi lozimligini tushuntiring.
Homiladorlikda uchraydigan xavfli belgilar
Homiladorlikning­I­uch­oylik­davrida­uchraydigan­xavfli­
belgilar:
– ko‘p takrorlanuvchi qayt qilish;
– nafas olishning qiyinlashishi;
– terida sariq rangli alomatlarning paydo bo‘lishi;
– terining qichishishi;
– haroratning ko‘tarilishi;
– qorin pastida og‘riq;
– qindan qonli ajralma kelishi.
Homiladorlikning II va III uch oylik davrlarida uchraydigan
xavfl­i­belgilar:
– homila qimirlashining tezlashishi, sekinlashishi yoki butun-
lay yo‘qolishi;
– oyoqlar yoki butun tananing to‘satdan shishishi;
– bosh og‘rig‘i, ko‘rish qobiliyatining buzilishi, ko‘z oldining
qorong‘ilashishi yoki dog‘lar uchgandek va chaqnagandek bo‘lib
ko‘rinishi;
– qaltirash, varaja va tana haroratining 38 °C va undan ortiq
bo‘lishi;
– oshqozon sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi va qusishning
paydo bo‘lishi;
– hushdan ketish;


72
tutqanoq, talvasa tutishi;


– nafas olishning qiyinlashishi;
– siydikning kamayishi;
– haddan tashqari ko‘p uxlash yoki uxlolmaslik;
– qindan suvli, yiringli, qonli ajralmalarning kelishi.
Har­bir­tashrifda­homiladorlarda­uchraydigan­xavfli­belgilar-
ning bor yoki yo‘qligini bo‘lajak onadan so‘rang. Agar xavf
bo‘lsa, ayolni iloji boricha tezroq tibbiy yordam olishini
ta’minlang.
Ayollarni­tasniflashning­an’anaviy­usullari,­kam­xavfli,­
o‘rta­xavfli,­yuqori­xavfli­mezonlari­bo‘yicha­homiladorlik­
va tug‘u ruq asoratlarini oldindan bilish isbotlangan. Yuqori
darajada xavf so luvchi homiladorlik nima?
Mutaxassis yordamiga muhtoj bo‘lgan homiladorlikdir.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling