H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


-BOB: “OʻZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” OʻQUV KURSINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI


Download 1.94 Mb.
bet3/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

1-BOB: “OʻZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” OʻQUV KURSINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI


1.1. “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” kursining predmeti.
XX asrning oxirgi oʻn yilligida sobiq Ittifoq parchalanib ketishi natijasida dunyo xaritasida 15 ta mustaqil davlat vujudga keldi. Tarixiy nuqtaiy nazardan bu davlatlar yangi, mustaqil rivojlanish yoʻliga qadam qoʻydi. Shu yosh mustaqil davlatlar qatorida Oʻzbekiston uchun ham tarixiy burilish davri, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi. Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi uch ming yillik tarixga ega, oʻz navbatida mustaqillik davri alohida davr hisoblanadi. Chunki shu davrda dunyo xaritasida mustaqil, tenglar ichida teng, oʻz kelajagini, taqdirini oʻzi belgilovchi, zamonaviy boshqaruvga ega boʻlgan davlat vujudga keldi. Bu oʻquv kursida oʻzbek xalqi uchun davlat mustaqilligining qadri, ahamiyati, mustaqil rivojlanish yoʻlida davlatimizda olib borilayotgan siyosat, xalqimiz farovonligi yoʻlidagi islohotlar, milliy ma’naviy tiklanish, jahon xalqlari bilan olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi aloqalar haqida bilimlar beriladi.
Oʻquv kursining predmeti deyilganda unda qanday mavzular oʻrganilishi, e’tibor nimalarga qaratilishi tushiniladi. “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” oʻquv kursining predmetini Oʻzbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalardagi islohotlar hamda ularning bosqichlari, Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasi, xalqaro munosabatlar, xavfsizlikni ta’minlash, millatlararo hamjihatlik va mamlakatimizda olib borilayotgan diniy siyosat, tinchliksevar tashqi siyosat va albatta Qoraqalpogʻiston Respublikasining mustaqillik yillaridagi rivojlanish jarayonlari kabi masalalar tashkil etadi. Shuningdek, mamlakatimizda kimyo sanoati, oziq ovqat, vinochilik sanoatlarining rivojlanishi va bu sohalarni rivojlantirish borasidagi davlat dasturlarining bajarilishiga ham ahamiyat berilgan.
Milliy oʻzlikni anglash milliy tarixni xolisona oʻrganish, milliy tarixiy xotirani tiklash va uni yosh avlod ongida shakllantirish bilan boʻgʻliq. Milliy oʻzlikni anglagan millat a’zosi oʻz millati, davlatchiligi uchun nima foydali nima zararli ekanligi anglab etadi. Shaxsiy manfaatlari bilan umumjamiyat manfaatlarini uygʻun koʻrishga harakat qiladi. Ruhiyatida vatanparvarlik, milliy ruhiyat, vatani oldida ma’suliyat, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik jarayonlariga daxldorlik hissi shakllanadi. Bir soʻz bilan aytganda vatanga sadoqatli faol fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi. Tarixiy xotira xazinasi millat taraqqiyotiga yordam beradigan milliy ongning samarali kuchi sifatida ona tiliga, turmush tarziga, urf-odatlari va madaniyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni talab qiladi. Bu shunchaki ma’naviy merosni saqlab qolish uchun tarixiy qadriyatlarni jalb qilish emas, balki ma’naviy tiklanish yoʻlini boshlash uchun xalq oʻzining koʻp asrlik tarixiga, ming yillik madaniy tajribasiga, buyuk ajdodlari merosiga murojaat qilishi va Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga qanday ma’naviy-axloqiy boyliklar bilan kirishi kerakligini anglatadi. Bularning barchasi I.Karimov tomonidan tarixiy xotiraga berilgan mazkur ta’rifda oʻz ifodasini topgan: “Tarixiy xotira – bu umr mazmunini, avlodlar oʻrtasidagi vorislik tuygʻusini, ularning bir-biriga daxldor ekanligini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bogʻlanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun toʻgʻri yoʻl tanlash, ota-bobolarimizning ruhi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an’analarimizni toptashga yoʻl qoʻymaslik, ularni koʻz qorachigʻidek asrash demakdir”2.
Koʻpgina mutaxassislarning fikriga koʻra, Oʻzbekistonning zamonaviy tarixi 1989-yildan boshlanadi. Mazkur sana bilan bogʻliq voqealar - sovet totalitar tuzumining soʻnggi oʻn yilligidan boshlab chuqur inqiroz pallasiga kirganligi, xususan, oʻsha davrdagi voqealar rivoji respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlariga zidligi bilan xarakterlanadi. Shunday murakkab tarixiy davrda Oʻzbekiston siyosiy hayotida yangi yetakchi - Islom Abdugʻaniyevich Karimov paydo boʻldi. Uning oqilona siyosati tufayli respublikaning manfaatlari himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy inqirozdan, ichki va tashqi mojarolardan qutqarish mumkin boʻldi. I.A.Karimov davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagan kundan boshlab, milliy mustaqillik gʻoyasini ilgari surdi va nihoyat, 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi.
Suveren davlat sifatida Oʻzbekistonning eng yangi tarixi butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga toʻgʻri keladi va shuning uchun ham u zamonamizning global voqealari bilan bevosita bogʻliq holda oʻrganiladi.
Tarixdan ma’lumki, koʻplab xalqlarning mustaqillikka erishishi, ularning nafaqat yangi shakllangan davlatlari tarkibini, balki xalqaro maqomini ham oʻzgartirgan va bu “eng yangi tarix” tushunchasini belgilashda muhim omillardan biri boʻlgan. Bu oʻrinda yangi tarixiy davrni bir voqea sodir boʻlgan sana bilan emas (juda katta miqyosda boʻlsa ham), balki jamiyatning turli sohalaridagi sifat oʻzgarishini koʻrsatadigan hodisa va jarayonlarning umumiy miqyosi doirasida aniqlash kerak.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekistonni mustaqil rivojlanishining mohiyati, mazmuni va ahamiyatini baholab, mamlakat eng yangi tarixini quyidagi bosqichlarga boʻlish mumkin.
Birinchi bosqich: 1989-yildan 1991-yilgacha. Bu bosqich - yangi rahbarning siyosat maydonida paydo boʻlishi, milliy istiqlol gʻoyasining pishib etilishi, Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi, SSSRdagi inqiroz va uning parchalanib ketishi natijasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishdagi sa’y-harakatlar bilan tavsiflanadi.
Ikkinchi bosqich: 1991-2000-yillar. Bu - ustuvor islohotlar hamda oʻzgarishlar orqali milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish va ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri. Tarixan qisqa vaqt ichida “taraqqiyotning oʻzbek modeli” ni tanlab olish natijasida milliy davlat shakllanishi uchun ishonchli qonunchilik va huquqiy asos yaratildi. Davlat boshqaruvining yangi tuzilmalari yuzaga keldi, jamoat va fuqarolik institutlarining asoslari barpo etila boshlandi, bozor iqtisodiyotiga oʻtish amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich: 2001-2010-yillar. Bu bosqichda - mamlakatni faol demokratik yangilash va modernizatsiya qilish boshlandi. Bu davrning asosiy vazifasi kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich oʻtish edi. Shu negizda siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydigan, fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy faolligini oshiradigan, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan mustaqil sud tizimini mustahkamlash jarayonlari davom etdi.
Toʻrtinchi bosqich: 2010-2016-yillar. Bu bosqichda demokratik islohotlar chuqurlashtirildi va modernizatsiya qilish jarayoni davom etdi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, saylov qonunchiligini rivojlantirish, sud-huquq tizimini isloh qilish, axborot sohasida soʻz erkinligini ta’minlash, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish boʻyicha islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash bilan tavsiflanadi.
Oʻzbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi 2017-yildan boshlandi va bugungi kunlargacha davom etadi. Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida islohotlar olib borildi, 2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida koʻzlangan maqsadlarga erishishga intilmoqda. Bu rivojlanish dasturlari Oʻzbekistonni har tomonlama yangilash va rivojlantirish maqsadlarida amalga oshirilmoqda. Bu hujjatlar mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish boʻyicha yangi islohotlarni aks ettiradi, davlat va jamiyat rivojlanishini modernizatsiya qilishni ifodalaydi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling