H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Oʻzbekistonning oʻziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlari
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
4.2. Oʻzbekistonning oʻziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlari.
Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oʻzbekistonning mustaqil taraqqiyot yoʻlini ishlab chiqishda, sobiq sovet tuzumidan meros boʻlib qolgan tajribadan saboq chiqardi. U Oʻzbekistonning rivojlanish yoʻlini ishlab chiqishda avvalo respublikaning oʻziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini hisobga oldi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat. Birinchidan, oʻzbek xalqi azaldan jamoa boʻlib, uyushib yashashga odatlangan, toʻyda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga koʻmaklashgan. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik koʻrsatish, millatidan qat’iy nazar odamlarga xayrixohlik, oʻzgalarga yordam tuygʻusi oʻzbek xalqiga tarixan xosdir. Ikkinchidan, Oʻzbekiston aholisi va mehnat resurslari yildan yilga oʻsib boruvchi mintaqa hisoblanadi. 1991-yilda mamlakat aholisining 60 foizidan koʻprogʻi qishloq joylarida istiqomat qilgan va ularning asosiy qismi dehqonchilik sohasida ishlagan. Uchinchidan, Oʻzbekiston oʻz taraqqiyot yoʻlini ishlab chiqishda uning qulay geografik-siyosiy imkoniyati hisobga olindi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani yoʻlga qoʻyishga kirishildi. Toʻrtinchidan, Oʻzbekistonning bozor munosabatlariga oʻtishida ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligini ham koʻrsatib berildi. Shoʻrolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tushunchasi, ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan fikr shakllanib, boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan, mulkka egalik tuygʻusidan uzoqlashgan edi. Beshinchidan, mustaqil Oʻzbekiston siyosatini belgilashda islom diniga munosabatni tubdan oʻzgartirish lozim edi. Oltinchidan, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini himoya qilish va ta’minlash imkonini beradigan boy moddiy-ma’naviy hamda ishlab chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi hamma gap ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanishda edi. Ushbu xulosalar I.Karimov tomonidan muntazam toʻldirilib, qadam-baqadam yangi qoida va yoʻl-yoʻriqlar bilan boyitib borildi. Uning nutqlari, intervyulari, asarlarida Oʻzbekiston taraqqiyotining ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan oʻrganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma’naviy poklanishining asosiy yoʻl-yoʻriqlari yangicha mushohada va yondashuvlar bilan yangilab borildi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling