H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Download 1.94 Mb.
bet22/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

5.6. Saylov tizimi. Demokratiyaning muhim belgisi xalqning siyosiy jarayonlarda, davlat boshqaruvida bevosida yoki oʻzlari saylagan vakillari bilan ishtirok etishidir. Xalq mamlakat hayotida muhim hisoblangan biror masala yuzasidan fikrini referendumlar orqali bildirsa, davlat hokimiyati organlariga oʻz vakillarini saylovlar orqali saylaydi. Oʻzbekiston huquqiy demokratik davlat qurishni maqsad qilib olar ekan, ilgʻor demokratik davlatlar tajribasidan foydalangan holda, xalqaro huquqiy me’yorlarga mos keladigan saylov tizimini joriy qildi. Saylov tizimining huquqiy asosi sifatida 1990 yillarda saylovlar, saylov oʻtkazish tartiblari toʻgʻrisida bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida” (1991-yil 18-noyabr), “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilindi.
Saylovlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etiladi, komissiya 1998-yildan e’tiboran mustaqil muvaqqat organ sifatida faoliyat boshlagan boʻlsa, 2014-yildan esa doimiy organ sifatida tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zolari oʻz faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarda 18 yoshga toʻlgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, Oʻzbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilishi mustahkamlab qoʻyilgan. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam boʻlmagan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga toʻlganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga toʻlganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Nomzodlar siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatiladi. Siyosiy partiyalar saylov kompaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida toʻrt oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan boʻlishi kerak.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling