H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


-yil 25-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi” qabul qilindi


Download 1.94 Mb.
bet23/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

2019-yil 25-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi” qabul qilindi. Kodeks Prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, mahalliy kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish tartibini belgilab berdi. Ilgari mazkur saylovlarni oʻtkazish tartibi alohida-alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solingan bolsa, saylov kodeksining qabul qilinishi bu saylovlarni oʻtkazish tartibini yagona qonun hujjati bilan tartibga solishini ta’minlab berdi.
2021-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilar edi, 2021-yil 8-fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan bu saylovlar oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladigan boʻldi.
5.7. Oʻz-oʻzini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi oʻrni.
Fuqarolik jamiyatining muhim xususiyati oʻzini oʻzi boshqaruv organlari va jamoat birlashmalarining boʻlishidir. Fuqarolik jamiyati institutlari fuqarolarni qiziqishi, manfaatlari, huquqlarini birgalikda himoya qilish va roʻyobga chiqarish maqsadida tashkil topadi. Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining eng koʻp tarqalgan shakli mahallalardir. Oʻzbekiston fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilib olar ekan, asrlar davomida shakllangan mahallalar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish instituti sifatida qayta shakllantirildi. Mahallalar va Fuqarolar yigʻinlari davlat va aholi oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin vazifasini bajaradi. Davlat tomonidan ehtiyojmand aholiga ijtimoiy yordam, subsidiyalar mahalla orqali etkazib beriladi yoki aholi muammolarni hokimiyat organlariga mahalla orqali etkazish mexanizmlari mavjud. Konstitutsiyaning 105-moddasiga koʻra, “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻlib, ular raisni (oqsoqolni) saylaydi”16. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) uch yilga saylanadi.
1999-yil “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”, 2004-yilda esa “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. 2017-yilda Oʻzbekiston Prezidenti “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Shunday qilib fuqarolar yigʻini ma’lum muddatda toʻplanib ish yuritadigan oʻzini oʻzi boshqarish vositasi boʻlsa, rais, uning maslahatchilari doimiy faoliyat koʻrsatuvchi tuzilmadir. Prezidentning 2017-yildagi farmoni asosida fuqarolar yigʻinlarining uyushmasi sifatida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilishi belgilandi. Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar boʻyicha rais oʻrinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha rais oʻrinbosarlari lavozimlari joriy etildi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari – yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etildi.



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling