H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Oʻzbekistonda koʻppartiyaviylik tizimining shakllanishi va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati


Download 1.94 Mb.
bet24/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

5.8. Oʻzbekistonda koʻppartiyaviylik tizimining shakllanishi va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati.
Oʻzbekistonda koʻppartiyaviylik tizimining shakllanishi. Jamiyat fikrlar xilma xilligi taminlangan sharoitdagina rivojlanadi. Shuning uchun Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin komunistik gʻoyalardangina emas, komunistik partiya yakka hukumronligidan ham voz kechdi. Turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlari va qarashlarini ifodalagan partiyalar tashkil topdi. Koʻppartiyaviylik tizimiga oʻtildi. Koʻppartiyaviylik – jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyalarning faoliyat yuritishini bildiradi va bu holat demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovi hisoblanadi.
Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning koʻppartiyaviylik asosida oʻtkazilishidir. 1991-yilning noyabrida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunda saylovning koʻppartiyaviylik asosida oʻtkazilishi huquqiy jihatdan e’tirof etildi. Mazkur Qonunda siyosiy partiyalar mamlakat Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish huquqiga ega ekanligi bayon etildi.
1991-yil 15-fevralda “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi koʻppartiyaviylik tizimi shakllanishini huquqiy jihatlarini ta’minlab berdi. Dastlabki paydo boʻlgan partiyalardan biri - Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991-yilning 1-noyabrida boʻlib oʻtgan ta’sis qurultoyida asos solindi. Qurultoy mustaqil Oʻzbekiston tarixidagi muhim siyosiy voqea, ya’ni Oʻzbekiston XDP ta’sis etilganligini e’lon qilib, uning Dasturi va nizomini qabul qildi.
Oʻzbekiston XDP har bir oila, mehnat kishisining millati, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy ahvoli va kelib chiqishidan qatʼiy nazar, moddiy va maʼnaviy farovon hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va insoniy erkinliklarini kafolatlash, shaʼni, qadr-qimmati, tinchligini taʼminlashni oʻz vazifasi deb biladi. Partiya mamlakatimiz aholisining ijtimoiy muhofazaga muhtoj tabaqalari manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi. Oʻzbekiston XDPning oliy organi — 5 yilda 1 marta chaqiriladigan qurultoy. Oʻzbekiston XDPning markaziy nashrlari: “Oʻzbekiston ovozi“ va “Golos Uzbekistana” gazetalari, “Muloqot“ jurnali.
Yana bir partiya Vatan Taraqqiyoti Partiyasi 1992-yilda tuzilib 2000-yilgacha faoliyat yuritdi. Vatan Taraqqiyoti Partiyasi (VTP) 1992-yil mart oyida tuzilgan. Partiyaning maqsad va vazifalari: erkin bozor munosabatlari asosida Oʻzbekistonning iqtisodiy va maʼnaviy mustaqilligini rivojlantirish, demokratik jamiyat taraqqiyotini jadallashtirishga qadam-baqadam taʼsir koʻrsatish, ziyolilar, tadbirkorlar va dehqonlar manfaatini ifoda etish, xususiy mulkchilikni har tomonlama muhofaza qilishni rivojlantirish, faoliyatda hamisha amaliy tajriba hamda sogʻlom aql-idrokka tayanib ish koʻrish boʻlgan. 2000-yilda Vatan Taraqqiyoti partiyasi qarashlari juda yaqin boʻlgan “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi bilan birlashdi va “Fidokorlar“ nomi bilan atala boshladi. (2008-yil 20-iyunda Oʻzbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasining oʻzi ham Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan birlashdi).

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling