H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Mustaqil Oʻzbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.A. Kirimovning tarixiy xizmatlari
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
3.3. Mustaqil Oʻzbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.A. Kirimovning tarixiy xizmatlari.
Islom Abdugʻaniyevich Karimov – Davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti. U 1938-yil 30-yanvarda Samarqandda tugʻilgan. Oliy ta’limni Oʻrta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xoʻjaligi institutida olgan. 1960-yildan “Tashselmash” zavodida avval master yordamchisi, soʻng master, texnolog, 1961-yildan Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida avval muhandis, soʻngra yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966 –1983-yillarda Oʻzbekiston Davlat Plan qoʻmitasida fan va yangi texnikani joriy etish boʻlimining bosh mutaxassisligidan respublika Davlat Plan qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston Moliya Vaziri, 1986-yilda Oʻzbekiston Ministrlar Soveti Raisining oʻrinbosari — Respublika Davlat Plan qoʻmitasining Raisi. 1986-yil dekabridan Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimlarida faoliyat koʻrsatdi. 1989-yil iyunida Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi, 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 1991-yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida tashkil etilgan umumxalq saylovida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda umumxalq Referendumida I.A.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi. Muqobillik va demokratik tamoyllar asosida oʻtkazilgan ushbu saylovda Islom Abdugʻaniyevich Karimov yana Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. Islom Abdugʻaniyevich Karimov 25 yil davomida Mustaqil Oʻzbekistonni boshqardi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyoti, huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllanishi strategiyasini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlarga a’zo boʻlishi va dunyo davlatlari bilan teng huquqlar asosida hamkorlik qilishdagi yetakchiligi xalqaro maydonda obroʻ qozonshiga olib keldi. Islom Karimov Iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib, siyosiy mustaqillikni ta’minlash mumkin emas, degan fikr tarafdori edi. U bozor iqtisodiyotiga oʻtishning besh tamoyilini, rivojlanishning oʻzbek modelini, iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy oʻzgarishlarning dasturini ishlab chiqdi. I.A.Karimov tashabbusi bilan Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun yangi boʻlgan neft, kimyo, avtomobil sanoati, qishloq xoʻjaligi va temiryoʻl mashinasozligi, farmatsevtika, elektrotexnika, toʻqimachilik sanoati, zamonaviy qurilish materiallari sanoati tarmoqlariga asos solindi. Oʻzbekiston iqtisodiyoti yillar davomida barqaror iqtisodiy oʻsish darajasiga erishdi. I.A. Karimov siyosati tufayli qishloq xoʻjaligida tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Qishloq xoʻjaligida yangi turdagi xoʻjalik yurutuvchilar fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa xoʻjaliklari tashkil qilindi. Paxta dalalari qisqartirilib donli ekin maydonlari koʻpaytirildi, poliz mahsulotlari, mevalar etishtirish oshdi. Chorvachilikning Oʻzbekistonda nisbatan kam rivojlangan parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik kabi tarmoqlarini rivojlantirish davlat tominidan qoʻllab quvvatlandi. Natijada ichki iste’mol bozori ehtiyojini qondirish bilan birga qoʻshni mamlakatlarga bu mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatini yaratdi. Bu bir tomondan mamlakat oziq ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan valyuta tushumini oshirib qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchilarni iqtisodiy ragʻbatlantirdi. Qishloq joylarda namunaviy uy-joylarning qurilishi qishloqlar qiyofasini oʻzgarishiga, qishloq aholisining turmush darajasi yaxshilanishiga xizmat qildi. Islom Karimov mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishga alohida e’tibor qaratdi. Qurolli kuchlarning isloh qilinishi ularning jangovar qobiliyatini va qudratini oshirishni ta’minladi. Oʻzbekiston mustaqilligini, uning hududiy yahlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilishga qodir boʻlgan zamonaviy armiya shakllandi. U tashqi siyosatda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va vujudga kelgan qarama-qarshilik va mojarolarni faqatgina tinch, siyosiy yoʻl bilan hal etishga asoslangan tichlikparvar siyosat tarafdori edi. Oʻzbekistonning dunyo davlatlari bilan teng huquqlar asosida hamkorlik qilishi uchun harakat qildi. Oʻzbekiston Respublikasining tichlikparvarlikka asoslangan tashqi siyosat konsepsiyasini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Mindaqada va dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashga katta hissa qoʻshdi. Jahondagi oʻzgarishlar va Oʻzbekiston rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqib ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirdi, kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qildi. Sobiq sovet davrida toptalgan milliy-ma’naviy qadriyatlarni qayta tikladi, Vatanimiz tarixini xolisona oʻrganish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimiz, bebaho tarixiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga koʻtardi. Prezident I.A.Karimov Oʻzbekistonda davlat tuzumini mustahkamlashda, mamlakatning iqtisodiy, madaniy rivojlanishida, Respublikaning ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda jonbozlik koʻrsatgani uchun “Oʻzbekiston Qahramoni” faxriy unvoni (1994-yil), “Mustaqillik” (1996-yil), “Amir Temur” (1998-yil) ordenlari bilan taqdirlangan. I.A.Karimov xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun bir qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. U Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1994-yil), nufuzli xalqaro Akademiyalarning faxriy a’zosi. Respublikamizda I.A.Karimov asarlarining 23 jildlik toʻplami nashr qilingan. Eng muhim asarlari ingliz, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi oʻnlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda bir necha bor nashr qilingan. Islom Abdugʻaniyevich Karimov hayotini umrining soʻngi kunlarigacha Oʻzbekiston va uning xalqiga xizmat qilishga bagʻishladi. 2016-yil 2-sentyabrda ogʻir kasallikdan soʻng vafot yetdi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling