H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
-BOB. MUSTAQIL OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz
3-BOB. MUSTAQIL OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.
3.1. Davlat suverenitetini mustahkamlash, mustaqillikning e’lon qilinishi. SSSR Prezidenti M.Gorbachyovni hokimiyatdan chetlashtirish maqsadida G.Yanaev boshchiligida Favqulodda holat Davlat Qoʻmitasi (GKChP) tuzilishi, 1991-yil 19-21-avgust kunlari Moskvada yuz bergan voqealar SSSRdagi siyosiy inqirozning eng choʻqqisi boʻldi. Favqulodda holat Davlat Qoʻmitasi (GKChP) tuzilishi davlat tontarishiga urinish edi va kuch bilan tarqalib ketayotgan SSSRni saqlab qolish maqsad qilingan edi. Biroq, RSFSR Prezidenti B.Elsin boshliq demokratik kuchlar tomonidan GKChPni bartaraf etilishi SSSR Prezidenti M.Gorbachyovning hokimiyatini qayta tikladi. Oʻz navbatida SSSR tarkibiga kiruvchi milliy respublikalarning mustaqillik uchun harakatini yanada faollashtirdi, markazdagi komunistik partiya elitasi orasida birlikning yoʻqligi SSSRning umri tugab qolganligini koʻrsatdi. I.A.Karimov favqulodda holat Davlat Qoʻmitasi faoliyatiga oʻz munosabatini bildirmagan qoʻrqoq va printsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qoʻyganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalgʻitishga va davlat toʻntarishini qoʻllab-quvvatlashga majbur qilishga urinish boʻlganini ham oshkora aytdi. I.A. Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi toʻgʻrisida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni Oʻzbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi. Mustaqillikka erishish va uni saqlab qolishda kuch ishlatar tuzilmalar ham muhim ahamiyatga ega edi. Shuning uchun 1991-yil 25-avgustda e’lon qilingan Oʻzbekiston Prezidentining maxsus farmoni bilan respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qoʻmitasi Oʻzbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olinib, respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari bevosita Oʻzbekiston prezidentiga boʻysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi qoʻmitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qoʻshinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qoʻshilmalari partiyadan butunlay holi qilindi. Shundan keyin Prezident I.A.Karimov Oliy Kengash rayosatiga Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Respublika Oliy Kengashining rayosati 1991-yil 26-avgust kuni Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi. 1991-yil 28-avgustda Oʻzbekiston Oliy Kengashining rayosati „Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991-yil 31-avgust kuni chaqirish haqida” qaror qabul qildi va sessiyada Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab qoʻyildi. 1991-yil 28-avgust kuni Oʻzbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy Nazorat komissiyasining qoʻshma plenumi boʻlib oʻtdi. Plenumda Prezident I.A.Karimovning mamlakatda 19-21-avgust kunlari sodir boʻlgan voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni toʻxtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi oʻz vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 1991-yil 31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatlari navbatdan tashqari oltinchi sessiyaga yigʻilishdi. Sessiyada Oʻzbekiston Prezidenti I.A.Karimov soʻngi paytlarda Ittifoqda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, davlat toʻntarishiga urinish va uning Oʻzbekiston xalqi taqdiriga ta’sirini tahlil qilib nutq soʻzladi. Mamlakat rahbari Islоm Karimоv oʻzining stratеgik maqsadini aniq va ravshan oʻrtaga tashladi: “Mamlakat katta falоkat yoqasiga, jar yoqasiga kеlib qоlganini koʻrib turibmiz. Хalq oʻzining ertangi kuniga ishоnchini kundan-kunga yoʻqоtyapti. Оdamlar oʻzlarining, оilasining, bоla-chaqasining tinchligiga kafоlat istaydi. Toʻkis, хоtirjam hayot talab qilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabоzlik va va’dabоzlik оstida koʻmilib kеtyapti. Oʻzbеkistоn rahbariyati hеch qachоn, qanday ittifоq boʻlmasin, kim bilan ittifоq boʻlmasin, qanday sharоit boʻlmasin, ikkinchi darajali rоlga rоzi boʻlmaydi, bunga yoʻl ham qoʻymaydi. Tеnglar ichida tеng boʻlish – хalqimizning asriy оrzusidir”1. Prezident I.A.Karimov Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik toʻgʻrisidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi. Natijada „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” Qonuni, Oliy Kengashning „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi qabul qilingan Qonun asosida “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi. Unda ozod va suveren davlat - Oʻzbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. Oʻzbekiston SSRning nomi Oʻzbekiston Respublikasi deb oʻzgartirildi. 1-sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Oʻzbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi tarixiy ahamiyatga molik muhim voqea boʻldi. Respublika xalqi va rahbariyatining say-harakatlari natijasida davlat mustaqilligi tinch yoʻl bilan demokratik asosda (parlament roziligi bilan) qoʻlga kiritildi. Mamlakatda toʻs-toʻpolonlar, urush-janjallar va qon toʻkishlarsiz, tinch yoʻl bilan mustaqillikning qoʻlga kiritilishi xalqimizning asriy orzulari bilan bogʻliq obyektiv va qonuniy jarayon edi. „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” Qonuni 17 moddadan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: „Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir”, — deb qonunlashtirib qoʻyildi. Qonunda Oʻzbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U oʻz hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qoʻyildi. Mustaqillik asoslari toʻgʻrisidagi qonunda Oʻzbekiston Respublikasi toʻla davlat hokimiyatiga ega, oʻzining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegarasi, hududi daxlsiz va boʻlinmas boʻlib, uning xalqi oʻz xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib oʻzgartirilishi mumkin emas, deb qat’iy qonunlashtirib qoʻyildi. Mazkur qonunda respublika hududidagi yеr, yеr osti boyliklari, suv va oʻrmonlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, oʻz oltin zahirasini yaratadi, deyiladi bu qonunda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasi 1991-yil 30-sentyabr kuni „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qildi. Qarorda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari mazkur qonunga zid kelgan hollarda „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunning moddalariga amal qilinsin, deb belgilab qoʻyildi. SSSR amalda parchalanishi natijasida M.S.Gorbachyov SSSR prezidenti lavozimidan 1991-yil 6-dekabr kuni iste’foga chiqishga majbur boʻldi. SSSR parchalansada uzoq yillar uning tarkibida boʻlgan milliy respublikalar oʻzaro aloqalarni birdaniga uzib keta olmas edi. Shuning uchun SSSR tarkibiga kirgan respublikalarning koʻpchiligi hamkorlikni yangi koʻrinishda tashkil qilishga intildi. Dastlab Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari (B.Elsin, L.Kravchuk, S.Shushkevich) 8-dekabrda Belaya Veja pushchasi (Belorussiya)da yigʻilib, oʻzaro bitimga asosan SSSR tugatilganligini va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tuzilganligini e’lon qilishdi. 21-dekabrda Oʻzbekiston ham bu hamdoʻstlikka a’zo boʻldi. 1991-yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida rasman tugatildi. Bu voqealar Oʻzbekiston mustaqil davlat sifatida rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Mustaqilliknining e’lon qilinishiga xalqning munosabatini bilish ham muhim ahamiyatga ega boʻldi. Shuning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrda boʻlgan VIII sessiyasi davlat mustaqilligi masalasi boʻyicha referendum oʻtkazish haqidagi masalani koʻrib chiqdi. „Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida” qaror qabul qildi. Qarorda 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha referendum oʻtkazish belgilandi. Unda „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?” Referendumda saylov roʻyxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi referendumda qoʻyilgan savolga „Ha”, ya’ni, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi. Bu mustaqillikni xalq koʻpchilik ovoz bilan qoʻllab quvvatlashini bildirar edi. 1991-yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida tashkil etilgan umumxalq saylovi bolib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga ikki nomzod — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Islom Abdugʻaniyevich Karimov hamda “Erk” Demokratik partiyasidan Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qoʻyildi. Respublikaning barcha hududlarida saylov uyushqoqlik bilan, qonunlarga qat’iy amal qilingani holda saylovchilarning yuksak faolligida oʻtdi. Saylov puxta tashkil etilgani, saylovlarning oʻtkazilishi va uning natijalarini hisoblab chiqish qonun asosida adolatli tashkil etilgani MDH mamlakatlari, shuningdek AQSh, Turkiya Malayziya va boshqa bir qator xalqaro tashkilotlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar tomonidan e’tirof etildi. Saylovlar yakuniga koʻra, 8,5 milliondan ortiq kishi yoki ovoz berishda qat-nashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1,2 million saylovchi (12,3 foiz) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Mutlaq koʻpchilik ovoz bilan I.A.Karimov Oʻzbekiston Respublikasi prezidentligiga saylandi. I.A. Karimоv siyosatining asоsiy yoʻnalishlari Prеzidеntlikka saylоv arafasida Oʻzbеkistоn fuqarоlariga murоjaatida va Oʻzbеkistоn Rеspublikasi Оliy Kеngashining navbatdan tashqari IX sеssiyasidagi ma’ruzasida oʻz ifоdasini tоpdi. Bu yoʻnalishlar Oʻzbеkistоnning rivоjlanish yoʻlini ifоdalagan quyidagi stratеgik ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar edi: Iqtisоdiy barqarоrlikni ta’minlash; Tinchlik, tоtuvlik, оsоyishtalikni saqlash, оdam oʻldirish, talоn-tоrоjlik, oʻgʻrilik, pоraхoʻrlik, chayqоvchilikning har qanday koʻrinishiga barham bеrish, qat’iy intizоmni oʻrnatish; Fuqarоlar va millatlararо tinchlikni saqlash; Tadbirkоrlikka, kоrхоna va хoʻjaliklarga iqtisоdiy erkinlik bеrish; Ma’naviyatni yuksaltirish, matbuоt erkinligi, tariхiy mеrоsni asrash; Ta’lim va tarbiyaga alоhida e’tibоr bеrish, ta’limni davlat qaramоgʻida saqlash; Хalqarо tashkilоtlarga a’zо boʻlish, хоrijiy mamlakatlar bilan hamkоrlikni yoʻlga qoʻyish; Koʻppartiyaviylik tizimiga oʻtish; Yangi bоshqaruv tizimini barpо etish, qоnun ustuvоrligini ta’minlash; Davlat siyosatida хalq nоiblariga suyanish.1 Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling