H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Qishloq xoʻjaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yoʻnalishlari


Download 1.94 Mb.
bet36/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

6.4. Qishloq xoʻjaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yoʻnalishlari. Oʻzbekistonda paxtachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida yiliga 2 mln. tonna paxta tolasi etishtirilsa, uning 1,4 mln. tonnasi oʻzbek paxtasi tolasidir. Oʻzbekiston paxta tolasi etishtirish, undan tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilish boʻyicha etakchi oʻrinda turadi.
Respublikamizda paxta hosildorligi va sifatini yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda qator suv omborlari va sun’iy kanallar qurilmoqda, yerning meleorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Suv tanqisligi hisobga olinib, 1998-yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tomchilatib sugʻorish usulidan foydalanilmoqda.
Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtani erta ekish, qisqa muddatlarda undirib olish, yuqori hosil etishtirishga mustahkam zamin yaratdi. Paxta ekiladigan yerlar qisqartirilishiga qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln. tonnadan ortiq paxta xomashyosi tayyorlanmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston kanop, tamaki etishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi oʻrinlarda turadi.
Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishish vazifasi qoʻyildi. Ekin ekiladigan maydonlarda tarkibiy oʻzgarishlar qilinib, xoʻjaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil boʻldilar. Sugʻoriladigan yerlarda gʻalla ekish kengaydi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmogʻi 1991-yilda 18,8 %ni tashkil etgan boʻlsa, 1998-yilda 36 %ga oʻsdi, natijada gʻalla etishtirish sezilarli darajada oshdi. Agar 1991-yilda 1,9 mln tonna don, shu jumladan 600 ming tonna bugʻdoy etishtirilgan boʻlsa, 2002-yilda 5,4 mln tonnaga yaqin don, shu jumladan 5,0 mln tonnadan ortiq bugʻdoy, 2007-yilda 6,25 mln tonna gʻalla etishtirildi. Sugʻoriladigan yerlarda oʻrtacha hosildorlik gektariga 48,0 sentnerni tashkil etdi. Andijon viloyatida esa rekord natijaga erishildi — har gektardan 75 sentnerdan ortiq xirmon koʻtarildi.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbir tufayli tom ma’noda mamlakatimizning gʻalla mustaqilligiga erishildi, mamlakatimiz va xalqimizni oʻz gʻallamiz, oʻzimizning nonimiz bilan ta’minlashdek tarixiy vazifa bajarildi. Bu yutuq qishloq hayotini yangilash, amalga oshirilayotgan agrar islohotlarning natijasidir.
Qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash mazkur soha tarmoqlarining samaradorligini oshirishga yordam bermoqda. 2010-yili Oʻzbekiston Birinchi Prezidentining tashabbusi bilan Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelingan, intensiv texnologiyalar asosida parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxoʻri, gilos, shaftoli koʻchatlari, asosan Toshkent va Samarqand viloyatlarining fermer xoʻjaliklari maydonlariga ekildi. Bunday bogʻlarni yildan yilga kengaytirish, ularni dehqon fermer xoʻjaliklarida barpo etish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 2017-yil holatiga koʻra, Respublikamiz hududida jami 5,5 ming gektardan ortiq maydonda mana shunday intensiv bogʻlar barpo qilingan. Hozirda etishtirilayotgan mevalar, nafaqat qoʻshni mamlakatlarga, balki Yevropa mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda.
Respublikamizda un va un mahsulotlari, goʻsht va sut mahsulotlari, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish izchil oʻsib bormoqda. Shuningdek, sabzavot, meva, uzum etishtirish boʻyicha ham katta yutuqlarga erishilmoqda yiliga 5 mln. tonnaga yaqin sabzavot – meva mahsulotlari etishtiriladi.
Oʻzbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xoʻjaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xoʻjaliklari jamoa, shirkat xoʻjaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xoʻjaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari tashkil etila boshladi.
Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martda “Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 1994-yil 23 fevralda “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xoʻjaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi, 1995-yil 24-martdagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab – quvvatlash chora – tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlarga koʻra, 1995-yilda jamoa xoʻjaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan goʻsht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi.
Chorvachilik sohasi bilan bir qatorda parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, pillachilik ham rivojlanmoqda. 2020-yilga kelib chorvachilik fermer xoʻjaliklari soni 6820 taga yetdi31.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling