H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Erkin va maxsus iqtisodiy zonalar yaratilishi hamda ularning ahamiyati


Download 1.94 Mb.
bet37/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

6.5.Erkin va maxsus iqtisodiy zonalar yaratilishi hamda ularning ahamiyati. Erkin iqtisodiy zona - bu muayyan mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti boʻlgan maxsus ajratilgan hudud hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonuni 1996-yilda qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi bunyod etildi. 2013-yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida”gi va “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilindi. Mazkur farmonlar raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, bu borada qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga, ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilishi koʻzda tutilgan. Iqtisodiy zonalar kiritiladigan investitsiya miqdoridan kelib chiqqan holda 3 yildan 7 yilgacha muddatga bojxona va soliq toʻlovlaridan ozod etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil oktyabrdagi “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2017-yil “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilindi. “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari muvaffaqiyatli rivojlanib bormoqda. Farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm”, “Parkent-farm” singari 7 ta yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda. Prezidentning 2016-yildagi farmoniga koʻra “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ular bundan buyon “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb yuritiladigan boʻldi. 2021-yil aprel holatiga koʻra Oʻzbekistonda 23 ta erkin iqtisodiy va 348 ta kichik sanoat zonasi faoliyat yuritgan.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling