H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatini kuchaytirish;
- - Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekistonning chet ellardagi fuqarolariga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish.
- Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish;
- an’anaviy hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalar geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratib, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish; - Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatini kuchaytirish; - Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish; - Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekistonning chet ellardagi fuqarolariga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish. 11-BOB. HARAKATLAR STRATEGIYASIDAN – TARAQQIYOT STRATEGIYASI SARI 11.1. Siyosiy yangilanish – Yangi Oʻzbekistonning vujudga kelishi. Oʻzbekiston Respublikasida 2016-yil sentyabrda I.A.Karimov vafotidan keyin prezident almashinuvi yuz berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga binoan “Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, qonunga toʻliq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi oʻtkaziladi”50, - deb yozib qoʻyilgan edi. Oʻsha paytdagi Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini oʻzidan soqit qilib, oʻrniga Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni tavsiya qilishi natijasida, 2016-yil 8-sentyabrda Sh.M.Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi boʻldi. 2016-yil 4-dekabrdagi prezidentlik saylovi natijasiga koʻra saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Sh.M.Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi. 2021-yil 24-oktyabrda 2-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi va 6-noyabrda inauguratsiya marosimi boʻldi. Shavkat Mirziyoyev oʻzidan oldingi Prezident I.A.Karimov olib borgan siyosatdan butkul voz kechmasdan, siyosatning barcha sohalarida islohotlar va yangilanishlar qildi. Mamlakatda olib boriladigan islohotlar va davlat siyosati yoʻnalishlarining dasturi sifatida Prezidentlikka birinchi bor saylangandan keyin 2017-2021-yillarga moʻjallangan Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasini qabul qilgan boʻlsa, ikkinchi bor saylangandan keyin 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini qabul qildi. Har bir davrning oʻz taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va hayotiy tamoyillari boʻladi. Ana shunday omillar, ehtiyoj va talablarni Sh.M.Mirziyoyev toʻliq anglab ola bildi va ijtimoiy siyosiy institutlar faoliyatining aniq yoʻnalishlarini belgilab beradigan davlat dasturi - Harakatlar strategiyasini qabul qildi. 2017-yil 7-fevralda “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi. 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi oʻrta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat boʻldi. Harakatlar strategiyasi “oʻzbek modeli”ning uzviy davomi boʻlib mamlakatni yangi rivojlantirish bosqichlariga olib chiqishni maqsad qilgan edi. Zero, “Oʻzbek modeli”ning tamoyillari asosida mamlakatimizda oʻtgan asr toʻqsoninchi yillari oʻrtasidan boshlab barqaror iqtisodiy rivojlanish su’ratlari ta’minlab kelindi. Bu model hayotiyligi sababli, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida ham yalpi ichki mahsulot hajmi oʻsib bordi. Ma’lumki, har qanday taraqqiyot modeli davr talablari asosida yangi mazmun va shakl bilan toʻldirib, boyitib boriladi. Harakatlar strategiyasi ana shunday davr talablari asosida qabul qilingan milliy dastur boʻldi. Bosib oʻtilgan yoʻl va orttirilgan tajribani хolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston jamiyati oldida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarni belgilash vazifasi turgan edi. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat boʻldi. Хususan, Harakatlar strategiyasiga asosan 2017-2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalishi belgilandi: – davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; – qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; – iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; – ijtimoiy sohani rivojlantirish; – хavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. Mazkur yoʻnalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq boʻlimlardan iborat boʻldi. Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish belgilab olindi, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi tasdiqlandi. 2017-yil — Хalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili; 2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili; 2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili; 2020-yil —Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili; 2021-yil —Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb nomlandi va yil dasturlari qabul qilindi. Shavkat Mirziyoyev eng avvalo “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan konseptual gʻoyani ilgari surdi, bu hokimiyat organlarining faoliyatini jamiyatda toʻplanib qolgan muammolarga qaratilishiga olib keldi. Davlat va jamiyat boshqaruvida, sud-huquq sohasida, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada, xavfsizlikni taminlash, tashqi siyosatda koʻplab oʻzgarish va yangilanishlar qilindiki, bu Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi deb atala boshlandi. Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning besh yil davomida amalga oshirilishi Oʻzbekistonni yangiladi, bu oʻzgarishlar natijasida “Yangi Oʻzbekiston”, “Uchinchi renessans” atamalari ishlatila boshlandi. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi maʼnaviy uygʻonish jarayonlari milliy oʻzlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtaradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa ”Renessans” – uygʻonish, qayta tiklanish, yuksalish deb ataladi. Oʻzbekiston tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, bunday renessans ikki marta Birinchisi IX-XII asrlarlarda markazlashgan davlatlar vujudga kelishi natijasida va Ikkinchisi XIV-XV asrlarda markazlashgan Temuriylar davlatining vujudga kelishi hamda siyosiy, iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi natijasida yuz bergan. Bugungi kunda Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Jamiyatning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi shiddat bilan oʻzgarib, hayotda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlar shakllanmoqda. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “soʻz erkinligi”, “din va eʼtiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy koʻnikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani eʼtiborga molik. Natijada, hozirgi kundagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ta’lim sohasidagi oʻzgarishlar “Yangi Oʻzbekiston” va “Uchinchi Renessans” atamalarining ishlatilishiga sabab boʻlmoqda. Shavkat Mirziyoyev tabiri bilan aytganda: “Yangi Oʻzbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma va prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan doʻstona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat boʻlgan davlatdir”51. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling