151
qodir», deb uning rolini oshirib ko‘rsatadi.
Pessimistlar esa boshqa -
antisentizm va texnofobiya g‘oyalarining tarafdoridir. Bu g‘oyalar fan -
texnika taraqqiyotining insonlar hayotidagi rolini qora bo‘yoqlar
bilan
tasvirlashadi: fan va texnika muammolarini hal etish o‘rniga, uni
chuqurlashtiradi, deb hisoblashadi. Ammo aniq yo‘lni nazarimizda ana shu
yondashuvlar emas, murasasozlik ta’minlashi lozim.
Turmushning muqarrar
qarama-qarshiliklari borasida to‘g‘ri yo‘l tutuvchi realistlar ana shu
yondashuvga amal qiladilar: ular imtiyozlardan
eng yuksak samaradorlikka
erishganlari holda, muammolarni yumshatishga harakat qiladilar.
Har holda ongli hukumat rahbarlari fanning gullab-yashnashi, taraqqiyoti
haqida g‘amxo‘rlik qiladilar. «Fan – ajoyib dori, ammo bu dori o‘zi
saqlanadigan idish yaxshi bo‘lmaganligi sababli tez buziladi», deb ta’kidlagan
edi uzoqni ko‘ra biladigan faylasuflardan biri – Monten.
Do'stlaringiz bilan baham: