H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Fan hozirgi zamon ishlab chiqarishining asosiy omili sifatida
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Fan hozirgi zamon ishlab chiqarishining asosiy omili sifatida
Ma’lumki, fan-tartibga solingan ob’ektiv nazariy bilimlardir. Hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlari oqimida uning uch asosiy yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ana shu uch yo‘nalish quyidagilardan iborat: muhim tadqiqotlar; amaliy tadqiqotlar; ilmiy - tadqiqot tajriba-konstruktorlik izlanishlari. Muhim ilmiy tadqiqotlar – bu yangi asos soluvchi bilimlarni olish hamda o‘rganilayotgan hodisalarning qonuniyatlarini aniqlash maqsadida predmetni chuqur va har tomonlama tadqiq etishdir. O‘z navbatida amaliy tadqiqotlar deganda muayyan amaliy vazifalarni hal etish uchun jiddiy fanlar yutuqlaridan foydalaniladigan tadqiqotlar tushuniladi. Masalan, aynan atomlarni fizik jihatdan jiddiy tadqiq etishga asoslanib amaliyotchi olimlar atom energetikasini yaratishdi. Nihoyat, ilmiy - tadqiqot tajriba - konstruktorlik ishlari fanning ishlab chiqarish bilan bog‘lanishini nihoyasiga yetkazadi, shu yo‘l: bilan loyihaning ham ilmiy, ham texnik - muhandislik yechimini ta’minlaydi. Masalan, yangi buyumni ko‘plab ishlab chiqarish oldin odatda, ilmiy tadqiqot tajriba - konstruktorlik ishlarining quyidagi bosqichlari amalga oshiriladi: muhim tadqiqotlar; amaliy tadqiqotlar; loyihalashtirish; konstruksiyasini yasash; buyumni sinovdan o‘tkazish; uning tajriba namunalarini maromiga yetkazish. Fan azaldan rivojlanib keladi va ishlab chiqarishni yangi g‘oyalar bilan ta’minlaydi. Shuning uchun fan-texnika taraqqiyoti – ishlab chiqarish texnikasi va usullarini tadrijiy, asta-sekin yangilab borish u yoki bu darajada barcha texnologiya davrlariga hosdir. Fan-texnika inqilobining barcha sohalarda hujumga o‘tishi hozirgi davrning o‘ziga hos xususiyati hisoblanadi. U asta-sekinlik bilan kechuvchi qisqa taraqqiyotni emas, fan va texnika taraqqiyotidagi sifat jihatidan katta odimni, shu asosda jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining tubdan qayta tashkil etilishini anglatadi. Fan-texnika taraqqiyoti bilan fan-texnika inqilobi o‘rtasidagi farkni metallga ishlov berish misolida ko‘rgazmali kuzatish mumkin. Bu jarayon yo‘nish asosida asrlar mobaynida asta-sekin takomillashib bordi (ammo tubdan o‘zgargani yo‘q) – bu fan-texnika taraqqiyotidir. Bugungi kunda esa, metallni yo‘nish, kukunli metallurgiya (detallarni metall va qorishma kukunlardan yasash) va boshqa yangi usullar bilan tobora siqib chiqarmoqda – bu fan-texnika inqilobidir. Fan-texnika inqilobining muhim jihatlaridan biri – fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi, ularning uzviy birlashishi hisoblanadi. Bamisoli 150 ishlab chiqarishni fan bilan to‘yintirish va fanni ishlab chiqarishning bevosita omiliga, iqtisodiy taraqqiyotning qudratli kuchiga aylantirish kechmoqda. Ishlab chiqarishning fan bilan to‘yinganlik darajasini ifodalash uchun alohida ishlab chiqarishning fan bilan to‘yinganlik ko‘rsatkichidan foydalana boshlanganligi bejiz emas. Bunda fan va ishlab chiqarishni rivojlantirishning ilgari tarqoq bo‘lgan jarayonlari yagona, bo‘g‘inlar bo‘yicha doimo taraqqiy etib boruvchi tizimga birlashadi: «fan + texnika + texnologiya + ishlab chiqarish». Shubhasiz, fan-texnika inqilobi ham ziddiyatlardan holi emas (6.5- chizmaga qarang). Bir tomondan u, odamlar imkoniyatini kengaytirishi, ular faoliyatining samaradorligini oshirishi, mehnatini yengillashtirishi va yoqimli qilishi, turmush sharoitini yaxshilashi bois odamlarning imkoniyatlarini kengaytiradi. Ammo boshqa tomondan, u qator muammolarni va salbiy hodisalarni keltirib chiqaradi. Masalan, ishsizlik muammolari (texnika, mashinalar va avtomatlar ishlab chiqarishdan odamlarni siqib chiqaradi); inson hayotining ekologiya va texnika xavfsizligi muammolari; yalpi qirg‘in qurollaridan muhofaza qilish muammolari; axborotlar urushi xavfi, «elektron ta’sir» shular jumlasidandir. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling