H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


-chizma. Nomoddiy ishlab chiqarish


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

6.4-chizma. Nomoddiy ishlab chiqarish. 
4. Hozirgi zamon ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishida infratuzilmasi 
u bevosita moddiy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatadi (avtomobil yo‘llari, 
kanallar, portlar, ko‘priklar, aerodromlar, omborxonalar, qurilish va ulardan 
foydalanish, energetika xo‘jaliklari, temir yo‘l xo‘jaligi, suv ta’minoti, 
kanalizatsiya va hokazolar)
Ishlab chiqarish bog‘liq bo‘lmagan (yoki ijtimoiy) infratuzilma. Mazkur 
infratuzilma ishlab chiqarish jarayoni bilan vositalar orqali bog‘langan (kadrlar 
tayyorlash, maktab va oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash va hokazolar).
Infratuzilma hozirgi zamon ishlab chiqarishi va uning bo‘linmalari ich-
ichidan bir-biri bilan g‘oyatda keng va mustahkam uzviy aloqalarda 
bog‘langanligidan guvohlik beradi. Mazkur aloqalar xo‘jalik faoliyatini 
ma’lum darajada yaxlit birlikka birlashtiradi va unga tizim tavsifini beradi.
Tovar ishlab chiqarish va pul bozori bobida tadqiqotlarimizni davom 
ettiramiz, ammo bunga kirishishdan oldin yuqorida aytib o‘tilganlardan 
qisqacha xulosa chiqaramiz. 
 
6.5. Ishlab chiqarishda inson omili 
Ishchi kuchi, mehnat va mehnat unumdorligi. Ishchi kuchi – bu 
insonning mehnat qilish kobiliyati, uning ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan 
jismoniy va aqliy kuch-g‘ayrati yig‘indisidir. Ishchi kuchining amalda 
Moddiy ishlab chiqarish 
Nomoddiy ishlab chiqarish 
Moddiy 
ne’matlarni 
yaratish 
Moddiy 
xizmatlarni 
ko‘rsatish 
Nomoddiy 
xizmatlarni 
ko‘rsatish 
Nomoddiy 
ne’matlarni 
yaratish 
HOZIRGI ZAMON ISHLAB CHIQARISHI 


141 
qo‘llanilishi mehnat jarayonida yuz beradi, shuning uchun «ishchi kuchi» va 
«mehnat» tushunchalari ishlab chiqarishning inson resursi sifatida bir-biriga 
tenglashtiriladi. Ammo bu tug‘ri emas. Mehnatni odamlarning hayot 
ne’matlarini yaratish bo‘yicha aniq maksadga qaratilgan faoliyati, deb 
ta’riflash mumkin. Bu faoliyatning ahamiyati beqiyos, chunki aynan mehnat 
ham alohida bir oilaning, ham butun millatning gullab-yashnashini 
ta’minlaydigan to‘kinchilik manbaidir. Petti «Mehnat boylikning otasi va faol 
tamoyili», deb bejiz aytmagan. 
Ammo bu hammasi emas. Engelsning fikriga qaraganda, mehnatning roli 
yanada kengroq: u inson hayotining asosiy sharti hisoblanadi, shu darajadaki, 
insonning o‘zini mehnat yaratgan, desa bo‘ladi. Aynan mehnat tufayli odam 
xayvonot dunyosidan ajralib chiqdi va ijtimoiy taraqqiyot pog‘onalari bo‘ylab 
ko‘tarila boshladi. Jamiyatning butun tarixi – bu mehnatning rivojlanish, 
mehnat ko‘nikmalarining, odamlar ijodiy qobiliyatining, ishlab chiqarish 
texnikasi va texnologiyasining takomillashib borish tarixidir. 
Mehnat unumdorligi, ya’ni uning samaradorligi, natijasi ishchi kuchi 
omilidan foydalanishning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. U vaqt birligida 
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, yoxud mahsulot birligini ishlab 
chiqarishga sarflangan vaqt miqdori bilan o‘lchanadi. Samaradorlikning 
o‘sishi tufayli mehnat resurslari iqtisod qilinadi, ishlab chiqarish arzonlashadi, 
jamiyat boyligi ko‘payadi. Mehnat unumdorligi darajasini belgilaydigan 
asosiy omillarni quyidagi olti bandga guruhlash mumkin: 
Mehnat unumdorligini quyidagilar belgilaydi: 
• xodimlar bilimi, malakasi va kasb mahorati darajasi, ularning mehnatini 
tashkil etish va mehnat madaniyati; 
• ishlab chiqaruvchilarning mehnat natijalaridan manfaatdorlik darajasi, 
ularning intizomliligi va mas’uliyatliligi; 
• fan, texnika, texnologiyaning rivojlanganlik darajasi va ularni ishlab 
chiqarishda qo‘llanish samaradorligi; 
xom ashyo, material, yoqilgi, energiya va boshqa resurslardan oqilona 
va tejamli foydalanish; 
• mehnatning intensivligi, ya’ni uning tig‘izligi, shiddatliligi darajasi, 
mehnat operatsiyalarining tezligi darajasi; 
• tabiiy sharoitlar (foydali qazilma boyliklarining, o‘rmonlar, suvlarning 
mo‘l-ko‘lligi va qazib olish osonligi; tuproqning unumdorligi, iqlimning 
qulayligi). 
Mehnat sohasidagi tadqiqotchilar uning samaradorligini oshirish yo‘lida 
muntazam izlanishda. Jumladan, «Fanning ulkan taraqqiyoti» va «Inson 


142 
mehnati unumdorligini beqiyos oshirish yo‘lini ochib bergan» Teylor tizimi 
mana, yarim asrdan ko‘proq ma’lum. Mazkur mehnatni ilmiy tashkil etish va 
ishlab chiqarish boshqaruvini ratsionallashtirish bo‘yicha tadbirlarning yaxlit 
bir tizimi birinchi marta XIX – XX asrlar o‘rtasida AQShda amerikalik 
yangilik izlovchi muhandis Frederik Teylor (1856 – 1915) tomonidan ishlab 
chiqilgan va joriy etilgan edi. 
Jumladan, mehnatni ilmiy tashkil etish tizimi mehnatning chuqur 
taqsimotini [bunda xodimlar ayrim texnologiya operatsiyalariga safarbar 
etilgan (ixtisoslashgan) bo‘ladi], mehnat jarayonining batafsil tahlilini, 
ortiqcha, noqulay harakatlarni bartaraf etilishini, maqbul mehnat usullari 
belgilanishini va ularning avtomatik darajaga yetkazilishini, butun ish 
jarayonining qat’iy tartibga, mehnatning qat’iy me’yorga solinishini va yuqori 
ishlab chiqarish me’yorlari o‘rnatilishini, toliqishni kamaytirish uchun mehnat 
bilan dam olish almashib turishini va hokazolarni taxmin qilar edi. 
O‘z navbatida boshqaruvni ratsionallashtirish to‘rt asosiy bandni: (a) 
qattiq intizom va korxonada nazorat bo‘lishini; (b) unda xodimlar turi 
tanlanishi va joy-joyiga qo‘yilishini; (v) xodimlar malakasini oshirish va 
xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishining aniq tizimini; va nihoyat, (g) ish 
haqini mehnat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirish (ya’ni har bir xodimning 
mehnat unumdorligidan kelib chiqib, uning turli darajalarini belgilash) asosida 
ularning ishlab chiqarish samaradorligidan moddiy manfaatdorligi tamoyilini 
nazarda tutar edi. 
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimida kech qanday yon bosish 
bo‘lmasligi lozim, deb hisoblar edi, Teylor. Ishchi ko‘pincha omi, dangasa va 
loqayd bo‘ladi, yangiliklarni xush ko‘rmaydi, «o‘zini o‘rintirmay ishlashga» 
moyil. Shuning uchun odamlar ishlab topganlaridan ortiqcha haq olishlari 
kerak emas. Shunday qilish kerakki, har bir inson o‘z farovonligi uchun o‘zi 
javob bersin. Mehnat jarayoni maqsadga muvofiq, ishlab chiqarish me’yorlari 
yuqori bo‘lishi kerak. Kim o‘z ish me’yorini bajara olmasa, boshqalardan kam 
haq olishi kerak. Xodimning mehnat haqi uning ishlab chiqarishga qo‘shgan 
shaxsiy hissasiga mos bo‘lishi lozim. 
O‘zbekiston uchun mehnat unumdorligini oshirish – tub va uzoq davrga 
mo‘ljallangan vazifa. Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyot peshqadamlaridan bir 
necha asrlardan beri ortda qolib keladi, o‘rtadagi tafovut hamon katta: Jahon 
bankining ma’lumotlariga ko‘ra 1999 yilda mamlakatimizda har bir ishchi jon 
boshiga hisoblaganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish atigi bir 
necha ming dollarni tashkil etgan, ayni vaqtda bu ko‘rsatkich Chexiyada - 27 
ming dollarni, AQShda esa, 62 ming dollarni tashkil etgan. Nega shunday? 
Buning sabablari ko‘p narsalarga bog‘liq. 


143 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling