H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Ikkinchi omil – mehnat vositalarini zarur ko‘lamga ko‘paytirib borish
mumkin. Ammo buni darhol amalga oshirib bo‘lmaydi. Sababi, ya’ni mashinalarni, binolarni yaratish uchun bir necha yillar ketadi va kapital mablag‘lar talab qilinadi. Uchinchi omil – avvalambor, yer va foydali qazilmalar mutlaqo cheklangan. Ayni vaqtda foydali qazilmalar topilib, hisob-kitob qilingan tabiiy boylik zaxiralariga va potensial (hali yetarli darajada hisob-kitob qilinmagan) resurslarga bo‘linada. Ko‘pgina mumlakatlarda olib borilgan tadkiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, razvedka qilingan neft, gaz va ko‘mir zaxiralari XXI asrning o‘rtalarigacha yetishi mumkin. Shu sababli butun mamlakatning yoki alohida korxonaning ishlab chiqirish imkoniyatlarini aniqlash amaliy ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish imkoniyatlari deganda, resurslardan to‘la - to‘kis foydalanilganda erishiladigan mahsulot ishlab chiqarishning eng katta hajmi tushuniladi. Xo‘jalik resurslari yetishmagan taqdirda quyidagi yo‘llardan birini tanlash mumkin: ishlab chiqarish omillarini qo‘llashning yo‘l qo‘yilgan barcha variantlaridan eng ma’quli, eng hayotiyligi tanlab olinadi. Mashinasozlik zavodlarida: a) fuqarolar ehtiyoji uchun (engil avtomobillar, sovutgichlar, changyutgichlar va hokazolar); b) armiya uchun mahsulot (tanklar, raketalar va hokazolar) ishlab chiqariladi, deb taxmin qilaylik. Hukumat mashinasozlik korxonalarining egalari vujudga kelgan talabni hisobga olib, qanday qilsa ishlab chiqarish resurslardan to‘laroq foydalanish mumkin, degan masalani hal etishi kerak. Urush davrida mo‘ljallangan miqdor bo‘yicha ishlab chiqarishning barcha omillari 170 ming dona qurol - yarog‘ vositalarini tayorlash uchun mahsulot va 300 mingta buyum ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Boshqa variantlarni tanlash imkoniyatlari 6.1- jadvalda yaqqol aks ettirilgan. Jadval resurslardan to‘la-to‘kis foydalanilgan taqdirda qanchadan-qancha , turli-tuman ne’matlarni yaratish mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling