H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Uchinchi omil ham moddiy bo‘lib, u – mehnat ashyolaridir. Bu o‘z 
ehtiyojlari uchun inson tomonidan moslashtarilgan buyum yoki buyumlar 
yig‘indisidir. Mehnat ashyolari ham berilgan (masalan, shaxtadagi ko‘mir 
qatlami, kondagi qazilma boylik) tabiiy moddalarga va inson mehnati ta’sir 
etgan xom ashyoga (xom ashyo materiallariga) bo‘linadi. Xom ashyolar 
sirasiga qatlamdan qazib olingan ko‘mir, qayta ishlash uchun jo‘natilayotgan 
yer osti boyliklari kiradi. Umuman, hozirgi zamonda mehnat, kapital va tabiiy 
resurslar (er) omillari deb ataladi.
Barcha uch omil texnologiya yordamida birlashadi. Texnologiya ishlab 
chiqarish jarayonlarini olib borish usullari va vositalari haqidagi bilimlar 
yig‘indisidir. 
Ishlab chiqarishning ichki tarkibiy tuzulishini 6.2-chizmaga qarab ko‘z 
oldingizga keltirishingiz mumkin.
 
 
6.2-chizma. Ishlab chiqarish omillari. 
Aytib o‘tilgan omillarning barchasi (yoki ishlab chiqarish resurslari) vaqti 
kelganda ehtiyojga nisbatan cheklangan bo‘lishi mumkin. Bu cheklanish ham 
mutlaq (resurslarni umuman oshirib bo‘lmaydi), ham nisbiy (omillarni 
Ishlab chiqarish vositalari 
Mehnatning tabiiy sharoitlari
shsharoitlari sharoitlari 
Texnika 
Mehnat ashyolari 
Tabiiy modda 
Xom ashyo 
Mehnat qurollari 
Umumiy mehnat sharoitlari 
Xodimlar 
Mehnat vositalari
 


134 
ko‘paytirish mumkin, ehtiyojning o‘sib borishiga nisbatan kamroq darajada) 
bo‘lishi mumkin.
Birinchi omil – xodimlar sonini tezda oshirib bo‘lmaydi yoki deyarli 
mumkin emas. Bu borada har bir mamlakat aholisining yalpi soni va ayniqsa, 
mehnatga layoqatli kishilar ulushi chegara hisoblanadi. O‘zbekistonda bunga 
16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan, ya’ni mehnat qilish qobiliyatiga ega 
bo‘lganlar kiradi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling