tamoyili shunday shakllanadi. Iste’molda to‘liq almashinish munosabatlari
mavjud bo‘lgan ne’matlar – mutlaq bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar
(mutlaq substitutlar) to‘g‘ri ko‘rinishidagi befarqlik egri chizig‘i yagona
ehtiyojni qondirish uchun birgalikda iste’mol qilinadigan, iste’molda bir-
birining o‘rnini mutlaqo bosa olmaydigan ne’matlar, iste’molda bir-birini
mutlaq to‘ldiruvchi tovarlardir (mutlaq komplementar ne’matlardir).
5.3. Budjet cheklashlari
Iste’molchi fe’l-atvori tahlilidagi navbatdagi qadam–tovarlar narxi va
iste’mol budjetini hisoblashdir. Tovarlarning narxi talab va taklifning
bozordagi nisbati bilan belgilanadi, ayrim iste’molchining qaroriga bog‘liq
emas. Budjet cheklashi iste’molchining sotib olish uchun ajratilgan daromadi
va narx – navo P
1
P
2
bo‘lganida xarid qilinishi mumkin bo‘lgan tovarlarning
barcha kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. U odatda, P
1
X
1
+P
2
X
2
≤ I tarzida
yozishadi, bu barcha tovarlarga xarajat qilingan mablag‘ tegishli daromaddan
ko‘p emasligini anglatadi. X
1
X
2
uchun manfiy bo‘lmagan shart-sharoitlarni
qo‘shib iste’molchining (5.5-chizmadagi chiziqlar bilan belgilangan), iste’mol
ko‘lamini yoki budjet imkoniyatini qo‘lga kiritamiz.
Budjetning cheklovchi chizig‘i (budjet chizig‘i)–bu eng oddiy holda
P
1
X
1
+P
2
X
2
=L to‘g‘ri chizig‘i bo‘lib, uning nuqtalari ajratilgan daromad xarid
vaqtida to‘liq sarflanadigan ne’matlar termalarini ko‘rsatadi. Ne’matlar
foydaliligi eng yuqori musbat holida bo‘lganida iste’molchi ana shu chiziqdagi
nuqtalardan biri tasvirlaydigan termani tanlab oladi, aks holda, ajratilgan
pulning bir qismi sarflanmay qoladi, vaholanki ularga qo‘shimcha tovarlarni
sotib olib, shaxsiy farovonligini oshirishi mumkin bo‘lardi. Budjet chizig‘i
koordinata o‘qini
1
1
P
l
X =
va
2
2
P
l
X =
nuqtalarda kesib o‘tadi, bu muayyan
daromad bilan mavjud bo‘lgan narxlarda qancha X
Do'stlaringiz bilan baham: |