H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Birinchidan, Afrika, Lotin Amerikasida va Osiyoda shu kungacha iqtiso- 
diyotning industriyaga qadar davri saqlanib qolgan. Mehnatga layoqatli 
aholining 2/3 qismiga yaqini qishloq xo‘jaligi bidan mashg‘ul. Xodim qo‘l 
mehnatining eng oddiy qurollaridan foydalanib, nari borganda ikki kishini 
boqishi mumkin.


139 
Ikkichidan, xo‘jalik yuritishning industrlashgan ko‘rinishiga biz 
Yevropa (masalan, Gretsiyada), Osiyo va sobiq ittifoq hududidagi qator 
davlatlarda duch kelishimiz mumkin.
Uchunchidan, ishlab chiqarishning postindustrial bosqichi eng 
rivojlangan mamlakatlarda, masalan, aytaylik AQSh va Yaponiyada qaror 
topmoqda. Ana shu mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi xodimi iqtisodiyotning 
industriyaga qadar ko‘rinishi hukm surayotgan mamlakatlardagi xodimga 
qaraganda 15 baravar ko‘p mahsulot ishlab chiqarishga qodir. Ayni vaqtda 
axborotni olish, uni o‘zgartirish va undan foydalanish bilan bog‘liq holda 
bormoqda. 
Shu bilan bir qatorda, texnik-iqtisodiy jihatdan ortda qolgan xalqlarning 
aksariyati axborotlar jamiyati sari turli tezlikda harakat qilmokda. Shuning 
uchun nisbatan ishonch bilan taxmin qilish mumkinki, XX asrda butun 
dunyoda iqtisodiyotning eng yangi tarkibiy tuzilishi yanada keng yoyiladi. 
Ayni vaqda ayrim mamlmkatlar ehtiyojlarining o‘sib borishi va resurslarning 
cheklanganligi o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etishning o‘zlari uchun 
maqbulroq usullarini topishlari mumkin.
XIX asrning oxiri - XX asrning boshidagi ishlab chiqarishning tarkibiy 
tuzilishi 
Iqtisodiyotning industriyaga qadar va industrlashgan davrida yashagan 
odam ishlab chiqarish deganda, moddiy ne’matlarni yaratish bilan bog‘liq 
faoliyat sohasini ko‘z oldiga keltiradi. XVIII asr uchun, masalan, quyidagi fakt 
e’tiborga sazovor. Taniqli ingliz iqtisodchisi Adam Smit jamiyat boyligini 
faqat unumli mehnat – moddiy ne’matlarni yaratuvchi faoliyat vujudga 
keltiradi deb hisoblagan. U ruhoniy, huquqshunos, yozuvchi, aktyor, 
masharaboz, sozanda, opera xonandalari, raqqoslar va hokazolar xizmatini 
unumsiz mashg‘ulotlar qatoriga kiritgan.
Ammo hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi xo‘jalikning yangicha 
voqeligini aks ettiradi. XX asrning oxiri va XXI asrning boshi uchun 
postindustrial ishlab chiqarishning eng yangi tarkibiy tuzilishi xosdir. U 
boshqalardan farq qiluvchi qator xususiyatlarga ega.
1. Eng yangi ishlab chiqarish haqiqiy va istiqboldagi ehtiyojlarning butun 
doirasi yalpi qondirilishini ta’minlashga qodir.
2. Hozirgi iqtisodiyot ishlab chiqarishning bir-birini to‘ldiruvchi ikki 
sohasini: moddiy (ashyoviy boyliklarni yaratadi) va nomoddiy (ma’naviy, 
axloqiy va boshqa qadriyatlarni – madaniyat, san’at, fan va xokazo asarlarni 
yaratadi) sohalarini o‘z ichiga oladi.
3. Hozirgi zamon ishlab chiqarishiga xizmatlarning alohida sohasi uzviy 
ravishda kirib boradi. Xizmat – aniq maqsadga qaratilgan faoliyatning shunday 


140 
bir turiki, uning foydali natijasi mehnat jarayonida namoyon bo‘ladi va 
ehtiyojning u yoki bu to‘rini qondirish bilan bog‘liq. Xizmatlar ishlab chiqarish 
faoliyatining sohalariga muvofiq ravishda ikki turga bo‘linadi.
Ularni moddiy xizmatlar (bunday xizmatlarni yuk transporti, ishlab 
chiqarishga xizmat kursatuvchi - aloqa, savdo, uy-joy, maishiy xizmat va 
hokazolar amalga oshiradi) va moddiy bo‘lmagan xizmatlar (bunday 
xizmatlarni maorif, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, san’at ijtimoiy ta’minot, bank, 
ijtimoiy sug‘urta va hokazo muassasalar ko‘rsatadi) deb farqlashadi. Yuksak 
darajada rivojlangan ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishining chizmasi 6.4-
chizmada tasvirlangan. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling