H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami ijtimoiy mahsulot
- Sof ichki mahsulot
- 6.4. Ishlab chiqarishning taraqqiyot bosqichlari
6.3. Mahsulot Yalpi ijtimoiy mahsulot – ma’lum bir vaqt ichida (odatda, bir yilda) jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklarning qiymati va jamiyatning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun tayinlangan. Oraliq mahsulot – ishlab chiqarish jarayonida to‘liq, batamom iste’mol qilinadigan piravard tovar va xizmatlar yig‘indisi. Qo‘shilgan mahsulot – bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan bevosita yaratilgan zaruriy mahsulotning oshirilgan qismi bo‘lib hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarishdagi ishchilarning qo‘shilgan mehnati bilan yaratilgan natijadir. Jami ijtimoiy mahsulot – bu moddiy ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida bir yilda yaratilgan yalpi ijtimoiy mahsulot. Piravard mahsulot – ishlab chiqarishda iste’mol qilingan mehnat predmetlarini chegirib tashlanganidan keyin qolgan jami ijtimoiy mahsulotning bir qismidir. Sof ichki mahsulot – yalpi ichki mahsulotning iste’mol qilingan kapitalni, ya’ni amortizatsiya ajratmalarini chegirib tashlanganida qolgan qismidir. Milliy mahsulot – bir yil mobaynida xalq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot tovar va xizmatlarning puldagi ifodasi. Bularni jami yalpi milliy mahsulot va sof milliy mahsulot deb ajratish qabul qilingan, bular o‘z navbatida asosiy vositalarning ishlab chiqarish natijasida eskirgan qismidan qolgan qiymatni amortizatsiya ajratmalaridan chegirib tashlangan yalpi ichki mahsulotga tengdir. Zaruriy mahsulot – moddiy ishlab chiqarishdagi ishchilarning ishlab chiqargan sof mahsulotining bir qismi bo‘lib, bu o‘z navbatida ishchilarning va ularning oila a’zolarining jismoniy va ma’naviy qobiliyatlari takror ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 6.4. Ishlab chiqarishning taraqqiyot bosqichlari Tarix fani aniqlashiga qaraganda, insonning olis ajdodlari hayot faoliyatiga ko‘ra hayvonlardan juda kam farq qilgan. Ular tirikchilik vositalarini yig‘ish bilan topishgan. Tabiiyki, o‘sha vaqtlarda muntazam yo‘lga 137 qo‘yilgan ishlab chiqarish bo‘lmagan. Shu sababli, odam tez-tez och qolishga majbur bo‘lgan. Taxminan o‘n ming yil muqaddam tabiat mevalarini yig‘ish ilk buyuk kashfiyotga, o‘ziga xos inqilob – dehqonchilik (avvaliga Yerga eng sodda ishlov berish va urug‘ ekish) va chorvachilikka (yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish va uy mollari sonini ko‘paytirish) olib keldi. Shunday qilib, doimiy ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot paydo bo‘ldi, natijada, odamlar ma’lum darajada tabiatdan mustaqil bo‘lishdi. Ishlab chiqarishning muqaddimasi neolit inqilobi yutuqlariga asoslangan. Yangi tosh asri davrida kremniy, suyak va toshdan yasalgan mehnat qurollari paydo bo‘lgan. Keyinchalik oziq-ovqat mahsulotlari birmuncha takomillashgan, temirdan yasalgan texnik vositalar (omoch va g‘ildirak kashf etilgan) yordamida yaratiladigan bo‘lgan. Ishlab chiqarishning industriyaga qadar davri shunday boshlandi. Shu davrda iqtisodiyotning boshlang‘ich sohasi (qishloq xo‘jaligi) ustuvor bo‘lgan. Mehnatga layoqatli aholining aksariyat qismi dehqonchilik va chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Xo‘jalik faoliyatida qo‘l mehnati va uni tashkil etishning eng sodda shakllari hukmronlik qilgan. O‘troqlashgach odamlar uy- joy va xo‘jalik imoratlarini barpo etib, qurilish bilan shug‘ullana boshlagan. Moddiy madaniyatda ro‘y bergan jiddiy sifat o‘zgarishlari aholi sonining keskin ko‘payishiga ijobiy tas’ir etdi – birinchi demografik portlash sodir bo‘ldi. Neolit davrida Yer yuzi aholisining o‘sish sur’atlari deyarli uch barovar ko‘paydi. Yer yuzi aholisining ko‘payishi va uning iste’mol darajasi oshib borishi mavjud cheklangan imkoniyatlar bilan ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Qo‘l mehnati qo‘llanilgan ishlab chiqarishga xos. Bu ziddiyatlar sanoatdagi to‘ntarish natijasidagina yengib o‘tildi. Mazkur sanoat to‘ntarishi, XIX asrning 60-yillarida Angliyada boshlanib, XX asrning 50-60 yillarida G’arbiy Yevropa va AQSh da nihoyasiyaga yetdi. Sanoatdagi inqilobning mohiyati shundan iboratki, qo‘l mehnati keng ko‘lamda mashinalar bilan almashtirildi. Ishlab chiqarishning industrlashgan davrida iqtisodiyotning ikkilamchi sohasi – mashinalashtirilgan sanoat ishlab chiqarishi asosiy hisoblanadi. Sanoat mashina texnikasi yordamida qishlok xo‘jaligida, qurilishda, transportda va ishlab chiqarishning boshqa muhim sohalarda o‘zgarish yasadi. Mehnatkashlarning asosiy qismi xo‘jalikning industrial sohalari xodimlari hisoblanadi. (Masalan, XIX asrning 40-yillari o‘rtalaridayek Buyuk Britaniyada aholining 3/4 qismini fabrika-zavod ishchilari tashkil etardi). Shaharlarning aholisi jadal sur’atlar bilan ko‘payib boradi: jami aholining 2/3 qismi shaharlarda istiqomat qiladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlarining qudratli 138 o‘sishi va xo‘jalikning ko‘p tarmoqli tarkibiy tuzilishi odamlarning nisbatan keng darajadagi moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Ikki demografik portlash iqtisodiyotning industriallashgan davri bilan bog‘liq. Uch yuz yigirma yildan ko‘proq (1650 – 1974 yillar) vaqt mobaynida jahon aholisining soni 7 barobar ko‘paydi. (1650 yilda 650 million kishini tashkil etardi). Shunga qaramay industrlashgan iqtisodiyotning yutuqlari ehtiyoj va iste’molning bosib borayotgan hozirgi zamon bosqichi uchun yetarli emasligi ayon. Sababi, mexanizatsiyalashgan mehnat sharoitida xodim bir mashinani boshqaradi va buyumning yuksak sifatini muqim ta’minlashga qodir emas, vaholanki, busiz eng yangi texnikani yaratib bo‘lmaydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar tabiiy xom ashyo va energiya tashuvchi manbalarga tobora keskin ehtiyoj xis etmoqda. Natijada, nisbatan cheklangan ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan mutlaqo yangi son va sifat jihatidan qaraganda, iste’mol darajasi o‘rtasida chuqur ziddiyat vujudga keldi. Mazkur ziddiyat 40 – 50 yillarda boshlangan ulkan fan-texnika inqilobi davomida bartaraf etilmoqda. Bu inqilob ishlab chiqarishning industriyadan keyingi bosqichi sari harakatni ochib berdi. Bu axbarotlar jamiyatiga o‘tishni anglatadi. Ushbu eng yuqori bosqichda iqtisodiyotning uchunchi sohasi – barcha xodimlarning 50 – 70% gacha band bo‘lgan xizmatlar sohasi ayniqsa, rivoj topadi. Xo‘jalikning barcha sohalarida va ro‘zg‘orda informatika yutuqlari va hozirgi zamon hisoblash texnikasi keng joriy yetiladi. Bu axborotlarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini keskin oshirish hamda jismoniy va aqliy mehnatni avtomatlashtirish imkonini beradi. Korxonalardagi ilmiy xodimlar va malakali mutaxassislarning roli jadal sur’atlar bilan oshib boradi. Endilikda yuksak samarali iqtisodiyot barcha fuqarolarning eng oddiy ehtiyojlari yetarli darajada to‘liq qondirilishini ta’minlashga, nisbatan yuqori darajadagi talablari bajarilishini kengaytirishga qodirdir. Aytganlarimiz butun insoniyat iqtisodiy faravonligining ana shunday yuksak chuqqisiga ko‘tariladi, degan ma’noni anglatadimi? Afsuski yo‘q. Bugungi kunda kurrai zaminimizning iqtisodiy - jug‘rofiy xaritasida ishlab chiqarish taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan mamlakatlarni ham topish mumkin. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling