H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Fan-texnika inqilobi sharoitlarida inson omili
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Fan-texnika inqilobi sharoitlarida inson omili
Hozirgi zamon gurkiragan fan-texnika inqilobi iqtisodiyotda ulkan o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Kompyuterlar, elektronika, avtomatlashgan tizimlar, boshqa g‘oyatda unumli texnika ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. Natijada, mehnatning texnika bilan jihozlanganligi, uning unumdorligini oshirmoqda, bevosita (jonli) mehnatni inson mehnati bilan yaratilgan mashinalar siqib chiqarmoqda. Bularning hammasi inson- xodimning ishlab chiqarishdagi rolini tubdan o‘zgartirmoqda. U alohida bir mashina huzuridagi mexanik ijrochi bo‘lmay qolayapti, mashinalarning butun tizimini boshqarmoqda, texnologiya jarayonida asosiy bo‘g‘inga – uning nazoratchisi va boshqaruvchisiga aylanmoqda. Shaxs omili rolining bunday o‘zgarishi yangi tipdagi xodimga ehtiyojni izohlaydi, bunday xodim avvalgisidan davr bilan birga odim tashlaydigan va har tomonlama yuqori darajada ilmli, mahoratli va vakolatli, mustaqil ijodiy fikr yurita oladigan, faol va mas’uliyatli ekanligi bilan ajralib turadi. Mamlakat miqyosida yangi tipdagi xodimni shakllantirish – murakkab va uzoq davom etadigan jarayon, uning quyidagi to‘rt asosiy yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi yo‘nalish hozirgi zamon xodimlarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash – o‘sib boruvchi, keng ko‘lamli va uzluksiz ta’lim berish asosida olib borilishi bilan ta’minlanadi. Demak, yangi texnika va texnologiyalar zavodlardan oldin darsliklarda va o‘quv auditoriyalarida paydo bo‘lishi, xodimlar malakasini oshirish va takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi bilan birgalikda muntazam olib borilishi kerak. Bugungi kun alohida, rivojlanib boruvchi va yangiliklarni inobatga oluvchi ta’limning davridir. Bu bizni oldindan ma’lum bo‘lgan narsani shunchaki takrorlashga emas, yanada samarali yechimlarni mustaqil, ijodiy izlanishga, yangiliklarning uzluksiz oqimini boshqarishga tayyor turishga, «taraqqiyot bilan hamnafas» harakat qilishga, doimo bilimni oshirib borishga safarbar etadi. Yangi tipdagi xodimni shakllantirish uchun kadrlarni har tomonlama o‘qitish va kasbiy tayyorlash, mehnatni zakovat bilan birlashtirish, insonparvar qilish, ishlab chiqarishni demokratiyalashtirish zarur. Bunday sharoitlarda ishga joylashish vaqtida va bevosita mehnat jarayonining o‘zida odamlarning shaxsiy qobiliyatlari va yutuqlariga qarab baholash birinchi o‘ringa chiqadi. Ya’ni aqliy zakovat va yaxshigina ijodiy imkoniyatlar, bilimning yuksak darajasi va zamonaviyligi, keng doiradaligi va yuqori darajadagi mahorat, sidqidildan mehnat qilishga moyillik va uning natijasi uchun mas’uliyat kerak bo‘ladi. 144 G’arb tadqiqotchilarining fikriga qaraganda, ilg‘or jamiyatlarda «shaxsiy xizmatlar hukmronligi», ish o‘rniga nomzodni «boshliqlar» bilan aloqasiga yoki «yuqoridan» bo‘ladigan qo‘ng‘iroqlarga qarab emas, shaxsiy yutuqlaridan kelib chiqib ishga qabul qilish (yoki qabul qilmaslik) tamoyili qaror topib bormoqda. Bu, avvalambor, biznes uchun muhim: uni serg‘ayrat va olg‘a intiluvchi shaxslar olib borsa, biznes rivojlanadi. Har bir insonni «hayotining ko‘lami jamiyatga ko‘rsatayotgan xizmatlariga mos darajada bo‘lishi uchun» qilmishiga qarab baholash kerak, deb ta’kidlar edi XX asrning eng yirik ish beruvchilaridan biri Genri Ford. O‘z navbatida mehnatning zakovatlashib borishi mehnat tobora aqliy, tahliliy, tezkor ijodiy xususiyat kasb etib borayotganligida, odam qo‘li bilan emas, aqli bilan mehnat qilayotganligida, ishlab chiqarish vazifalarini mustaqil va oqilona hal etayotganligida, tobora ko‘proq axborotlar oqimi bilan ish olib borayotganligida, murakkab texnikani, hatto, mashinalarning yaxlit tizimini boshqarayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Ishlab chiqarishni insonparvarlashtirish jarayoni go‘yo uning odamiylashtirilishini, xodimlarning ehtiyojlariga moslashuvini anglatadi. Bu «inson elementiga e’tibor» kuchaytirilishini va ergonomika (mehnat sharoitlarini yengillashtirish va sog‘lomlashtirish, mehnat jarayonlarini ratsionallashtirish va texnikalashtirish, xodimlar mustaqilligi va ijodkorligini oshirish) talablarining bajarilishini taxmin qiladi. Ford bunga qo‘shimcha qilib, mehnat sharoitlarining yaxshilanishi o‘zi bilan ishlab chiqarish chiqimlarining kamayishini ham olib keladi, deb ta’kidlaydi. «Yaxshigina mehnat sharoitlari va daromadlilik aslida bir-biri bilan uzviy bog‘liq», deydi sarmoyador. Bugungi kunda odamlar ko‘pincha eng qulay sharoitlarda – o‘z uyida mehnat qilayotgani, sexdagi ish joyi uning egasi didiga moslashtirib jihozlanishi, dastgohlar va mashinalar yonida manzarali daraxtlar va gullarning yashnab turishi tasodifiy emas. Buning oqibat-natijasida mehnatning jozibadorligi va samaradorligi oshib bormoqda. Nihoyat ishlab chiqarishni demokratiyalashtirish xodimlarning o‘z firmasi aksiyadorlik kapitalida, uni boshqarishda, olingan daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishi, korxonaning moliyaviy ahvoli va ijtimoiy- iqtisodiy istikbollarining oshkoraligi, ishlab chiqarishda «odamlarning o‘zaro o‘rtoqlik munosabatlari» qaror topishi orqali amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotda insonparvarlashtirish va demokratiyalashtirishning muhimligini «sog‘lom fikr yurituvchi ish beruvchilar» va olimlar anglab yetganiga ancha vaqt bo‘ldi. Yevropada ana shu ilg‘or g‘oyani ingliz iqtisodchisi Artur Pigu (1877 – 1959) ilgari surgan. AQShda esa XX asrning 20 – 30-yillari oralig‘ida bir guruh jamiyatshunoslar va psixologlar «insoniy 145 munosabatlar», deb atalmish nazariyani ishlab chiqdi va uni tajribalar bilan tasdiqladi. Ana shu nazariyaga muvofiq har qanday ishlab chiqarish tizimining markazida inson-xodim turadi, u bilan «biologik mashina» sifatida emas, «ijtimoiy-ruhiy mavjudot» sifatida muomala qilish lozim. Xo‘jalik samaradorligini oshirish uchun birgina moddiy omillar muhim emas. Mehnatni rag‘batlantirish xilma-xil bo‘lishi kerak. Jumladan, ruhiy kayfiyat va mehnat jamoasidagi odamlarning munosabatlari bilan bog‘liq, ruhiy-ijtimoiy omillar (yunoncha psyche – qalb, pyh - socialis – so‘zlaridan tashkil topgan) ulkan ahamiyatga ega. Xodimlarning o‘z ishchi guruhlaridagi o‘zaro samimiyligi, jipsligi undagi qulay axloqiy muhit, rahbarlar bilan o‘zaro yaxshi munosabatlar, har bir xodim manfaatlarining hisobga olinishi, uning o‘z mehnatidan qoniqish hosil qilishi va hokazolar ana shunday omillar qatoriga kiradi. Demak, ishlab chiqarishni boshqarishda xodimlar haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularning o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro ishonch va totuvlik muhitini vujudga keltirish, mehnat uchun yakka tartibdagi mukofotlarni jamoa mukofotlari bilan to‘ldirish, boshqaruvda demokratiyani (oshkoralikni, odamlaring xabardorligini, boshliqlar bilan xodimlar o‘rtasida ishonch va hamkorlikni, qarorlarning birgalikda qabul qilinishini) rivojlantirish muhimdir. Ishlab chiqarishni insonparvarlashtirish samarali ekanligini Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya va Osiyodagi boshqa mamlakatlarning tajribalari ham tasdiqlaydi. Ana shu mamlakatlarda Konfutsiy ta’limoti keng yoyilgan. Odamlarning o‘zaro munosabatlari konfutsiycha madaniyati zamirida xitoy tilidan tarjima qilganda, odamiylik, insonga hurmat, mehribonlik, rahmdillikni anglatuvchi tamoyil yotadi. Aynan ana shu hayotiy qo‘llanmalar korxonalarda o‘ziga xos hamjihatlik ruhini vujudga keltirish imkonini beradi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling