7.1. Iqtisodiy tizimlarni tasniflashning mezonlari va turlari
Iqtisod fani tarixi iqtisodiy tizimlar tasnifi turli mezonlar (belgilar)
asosida amalga oshirilishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Ana shu ko‘p sonlilik
asosida iqtisodiy tizimning ob’ektiv hilma-hillik xususiyatlari yotadi.
Iqtisodiy tizim mezonlarini yiriklashgan ko‘rinishda uch guruhga bo‘lish
mumkin:
- fanni tashkil etuvchi mezonlar;
- ijtimoiy-iqtisodiy (mazmun jihatidan) mezonlar;
- hajm va harakat mezonlari shular jumlasidandir.
Fanni tashkil etuvchi mezonlar – bu iqtisodiyot nazariyasi fanini tashkil
etuvchi tarkibiy elementlar tomonidagi mezonlardir. Funksional iqtisodiy
aloqalar, ishlab chiqarish munosabatlari (avvalambor, o‘zlashtirish munosabati
sifatida tushuniladigan) va institutlar shular katoriga kiritilishi mumkin.
Shunga ko‘ra, iqtisodiy tizimlar funksional aloqalari, ishlab chiqarish
munosabatlari tizimlariga, institutlar bilan bog‘liq tizimlarga ham bo‘linadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar – iqtisodiy tizimning tub mazmuni bilan
bog‘liq jihatlarini ajratib ko‘rsatishga asoslangan mezonlardir. Ishlab
chiqarishni
va
iste’molni birlashtirish usuli (iqtisodiy faoliyatni
muvofiqlashtirish usuli); bevosita ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish
vositalari bilan bog‘lash usuli (mulkchilik turi); ijtimoiy – madaniy omilning
roli, industrial va iqtisodiy asoslarning rivojlanganlik darajasi shular
jumlasidandir. Shunga ko‘ra, iqtisodiy tizimlar xo‘jalik shakllari bo‘yicha
hamda shakli, nazariy va texnologik belgilari bo‘yicha taqsimdanadi.
Hajm va harakat mezonlari – bu tizimning murakkabligi va
o‘zgaruvchanligini tavsiflovchi mezonlardir. Tizimning bir hilligi va
farqliligini, tizimning turg‘unligi yoki harakatda ekanligini shular sirasiga
kiritsa bo‘ladi. Shunga muvofik, iqtisodiy tizimlar «sof» va «aralash», turg‘un
va tarixan rivojlanayotgan tizimlarga bo‘linishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha mezonlar va tasniflar hayotda va
fanning o‘zida bir – birini to‘ldiradi, iqtisodiy tizimning turli tomonlarini aks
ettirishiga qaramay, o‘zaro chatishib ketadi. Faqat mezonlar va tasniflarning
butun yig‘indisini ko‘rib chiqish tizim sifatidagi iqtisodiyot haqida yaxlit,
atroflicha tushuncha hosil qilish imkonini beradi.
156
Do'stlaringiz bilan baham: |