H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Ijtimoiy - iqtisodiy mezonlar asosida tasnif


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

7.3. Ijtimoiy - iqtisodiy mezonlar asosida tasnif 
Iqtisodiy tizimlarning fan uchun eng xarakterli tasnifi iqtisodiy tizimning 
quyidagi turlarini farqlashdan iborat: 
1. Xo‘jalik shakllari (ishlab chiqarish shakllari yoki «iqtisodiyot 
turlari»). Ularni farqlashning asosiy mezoni ishlab chiqarish va iste’molning 
aloqa usuli yoki shaxs mehnatini jamiyat yalpi mehnatiga kiritish usuli yoki 
iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish usulidir. 
Xo‘jalikning tarixiy ilk shakli – natural xo‘jalikdir (patriarxal xo‘jalik 
yoki an’anaviy iqtisodiyot). Unda ishlab chikarish va iste’mol bir-biri bilan 
bevosita bog‘liq, faoliyatni muvofiqlashtirish esa, tarkib topgan an’analar va 
mehnatga iqtisodiyotdan tashqari majburlash asosida amalga oshiriladi. 
Natural xo‘jalik munosabatlarining qoldiqlari nisbatan kechki sharoitlarda
masalan, hozirgi kam rivojlangan qoloq mamlakatlardagi tartib ko‘rinishida uy 
xo‘jaliklarining va korxonalarning o‘z ta’minotini kuchaytirish, odat tarziga 
kirgan, hozirgi tanglik holatidagi o‘tish davri iqtisodiyotlari uchun xos bo‘lgan 
to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik ko‘rinishida ham yashab qolishi mumkin. 
Xo‘jalikning boshqa, nisbatan keng yoyilgan shakli-bozor iqtisodiyoti 
(yoki tovar xo‘jaligi). Unda ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasidagi aloqa 
yoki iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish tovarlarni bozorda raqobat 
sharoitlarida sotib olish va sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Xo‘jalikning uchinchi shakli – ehtimol mavjudligi bahsli masala. Asosiy 
nuqtai nazarlar quyidagilardan iborat: 
a) uchinchi shakl mavjud emas, chunki bozor iqtisodiyoti o‘zida «tabiiy 
va oqilona tartib»ni (A.Smit) yoki «insonning tabiiy me’yorlariga» muvofiq 
bo‘lgan (F.Xayek) «o‘z-o‘zidan tarkib topgan, kengaytirilgan tartib»ni aks 
etgiradi; 
b) bu – rejali iqtisodiyot (rejali xo‘jalik), iqtisodiyotning nisbatan yuqori 
darajasidir. Bunda ishlab chiqarishning oshib borayotgan umumlashuvi 
asosida ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xo‘jalik aloqalari mustahkamlanib boradi, faoliyatni muvofiqlashtirish esa 
ongli ravishda, ilmiy asoslangan xo‘jalik rejalari asosida amalga oshiriladi; 
v) bu – iqtisodiyotni boshqarishning buyruqbozlik (ma’muriy, 
buyruqlarga asoslangan, majburiy va hokazo) usullari hukmronlik qilishida 
ifodalanuvchi buyruqbozlik iqtisodiyoti (buyruqbozlik – ma’muriy tizim, 


158 
totalitar iqtisodiyot). Bu «tabiiy iqtisodiy tartib»dan chekinishning qonuniy 
oqibati sifatida tarixan boshi berk ko‘cha hisoblanadi; 
g) bu – bozordan keyingi iqtisodiyot, bunda industrlashtirishdan keyingi 
rivojlanish sharoitida bozor aloqalari sub’ektlarining o‘zaro hamjihatliligiga 
va «sub’ekt – sub’ekt»li munosabatlarga asoslangan maqbul aloqalar bilan 
almashuvi ruy beradi; 
d) bu - bozor mexanizmini va iqtisodiyotga davlat boshqaruvini (bozor va 
rejani) bir-biri bilan birlashtiruvchi aralash iqtisodiyot. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling