H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Tizimlarning murakkabligi va o‘zgaruvchanligi mezoniga
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
7.4. Tizimlarning murakkabligi va o‘zgaruvchanligi mezoniga asoslangan tasnif. Xo‘jalik yuritish shakli bo‘yicha tizimlarni mazkur mezon ma’lumotlariga ko‘ra eng sodda tizimlar, deb hisoblash mumkin. Ularning zamirida faqat bir mezon – ishlab chikarish va iste’molni birlashtiruvchi usul (iqtisodiy faoliyatni muvofiklashtirish usuli) yotadi. 163 Formatsiyali tizimlar nisbatan murakkab hisoblanadi. Vaholanki, ular tizimlarni chegaralashning bir asosiy mezonini (ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik shaklini) taxmin qiladi. Shunga qaramay ular bundan avvalgi mezonni ham o‘z ichiga oladi. Har qanday formatsiya xo‘jalik yuritishning u yoki bu shakli bilan chambarchas bog‘liq, usiz yashay olmaydi: masalan, feodalizm – natural xo‘jaliksiz, kapitalizm – bozor iqtisodiyotisiz. Ma’lum bo‘lishicha, sivilizatsiyalashgan tizimlar nisbatan murakkab, sababi ular ta’kidlab o‘tilgan iqtisodiy elementlardan tashqari bir qator noiqtisodiy elementlarni (omillarni) ham o‘z ichigaoladi. Tizimlar natijada ko‘p o‘lchamlilik (ko‘p qatlamlilik) xususiyatini kasb etadi. Iqtisodiy tizimlar shuningdek «soflik» (gomogenlik) darajasi bo‘yicha ham farq qiladi. Mutlaqo «sof» iqtisodiy tizimlarning o‘zi bo‘lmaydi, ammo sof iqtisodiy tizimlarning ayrim jihatlarini tarixning ma’lum davrlarida ko‘zatish mumkin edi. Jumladan, buni sobiq sotsialistik mamlakatlarda jamoat mulkchidagi hukmronligiga asoslangan tizimni tashkil etishga urinishda ko‘rish mumkin. Bozor-kapitalistik xo‘jalik ham XIX asrda, o‘zining gullagan davrida sof tizim jihatlariga ega edi. Tizim sofligi nazariy tizimlarda alohida ahamiyatga ega, bunday tizimlarda iqtisodiy tizimlarning o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash boshqa, unga xos bo‘lmagan xususiyatlarni inobatga olmaslikni taxmin qiladi. Xo‘jalikning turli shakllari, formatsiyali tuzilmalar, sivilizatsiyalashgan tizimlar bir-biri bilan birlashgan va chatishib ketgan holda, shuningdek, tizimning turli elementlari nisbatan murakkab birlashgan hollarda aralash iqtisodiy tizimlar (aralash iqtisodiyot) haqida gapirish mumkin. Ularning farqlovchi xususiyati – tarkibiga kiruvchi elementlarning geterogenligi (turlarning rang-barangligi)dir. Aralash tizimlar turli tarixiy sharoitlarda kuzatilgan. Masalan, bir vaqtlar Qadimgi Rimda quldorlik va feodalizm munosabatlarining birlashishi zamirida vujudga kelgan kolonat ana shunday tizim bo‘lgan. Hozirgi shart- sharoitlarga nisbatan qo‘llaganda aralash iqtisodiyot quyidagi yiriklashgan shakllarda namoyon bo‘ladi: - rivojlanayotgan (ayniqsa kam rivojlangan) mamlakatlarning aralash iqtisodiyoti. Ularda «og‘ish» rivojlanishning past darajasi va qoloq iqtisodiy shakllar mavjudligi natijasida kelib chiqadi; - rivojlangan mamlakatlarning aralash iqtisodiyoti (rivojlangan aralash iqtisodiyot); - sobiq sotsialistik mamlakatlarning aralash o‘tish davri iqtisodiyoti. Iqtisodiy tizimlarni tushunishda tizimlarning harakat darajasi va 164 xarakterini (o‘zgarishlarini) baholovchi dinamik mezonlar ham muhim ahamiyatga ega. Ularga asoslanib iqtisodiy tizimlarni quyidagi tarzda tasniflash mumkin: turg‘un tizimlar va tarixan o‘zgarib boruvchi tizimlar. Ayni vaqtda shuni nazarda tutish kerakki, jamiyat hayotida o‘zgarmaydigan holatlar bo‘lmaydi, shu bilan birga, iqtisodiyotning o‘zgarish darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy tizimlarning rivojlangan holatlarida faoliyat ko‘rsatish mexanizmlari birinchi o‘ringa chiqadi, buning natijasida ana shu tizimlar, avvalambor, turg‘un tizimlar sifatida namoyon bo‘ladi. Tarixan o‘zgarib boruvchi tizimlarni ikki guruhga taqsimlash mumkin: −birinchidan, ularning sarhadlari nuqtai nazaridan: asosiy tamoyillari saqlanib qolishi bilan ichki evolyutsiya holatida bo‘lgan tizimlar (masalan, shag tarixan rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotin tizimi hamda iqtisodiyotning yangi sifat darajasiga o‘tishning aloxida davrini aks ettiruvchi tizimlar, ya’ni o‘tish davri tizimlariga (masalan, buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan tizim); −ikkinchidan, rivojlanish xususiyati nuktai nazaridan: olg‘a tomon harakat qilishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan farq qiluvchi chiziqli rivojlanayotgan tizimlar hamda jarayonlarning uzuq-yuluqligi va davriyligi, voqealarning tartibsizligi va hokazolar bilan farq qiluvchi chiziqsiz rivojlanayotgan tizimlarga. XX asr jamiyatining amaliyoti ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning chiziksizligi tizimlar rivojlanishining ko‘zga tobora yaqqol tashlanayotgan xususiyatiga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling